Labaratoriya ishi
Mavzu: Test-talabning xossalari
Yuqorida aytib o‟tilganidek, test-talab tizimning barcha asosiy funktsiyalarini
tekshirish bo‟yicha talablar ro‟yxatini o‟zida mujassamlashtirgan. Test-talab etarli
darajada test-rejasida qurilgan bo‟lib, dasturiy matni bilan tanishmagan masalalarni
ishlab chiqishni tekshirishi bo‟lishi kerak, ya‟ni test-talab tizimning ichki tuzilmasidan
tozalangan xususiyatga ega bo‟lishi kerak.
Test-talabning tuzilishi tizimning funktsional talablarning bo‟linishli tuzilishi
tekshiradi. Xar bir talabning vazifasi – nima tekshirilishi kerakligini aniqlashdir. Xar bir
shunday tekshirishning bajarilishi – test-rejaning vazifasidir. Aloxida talabning oddiy
ko‟rinishi quyidagicha:
Tekshirish, nimani vaqtida [sodir bo‟ladi]
reaktsiyasi ro‟yxati >.
Funktsional yondashuv asosida qurilgan test-talablar quyidagi guruxlarga
bo‟linadi:
• kiruvchi ma‟lumotlarning nazorat funktsiyasi;
• xatoliklarni(kiruvchi, xisobdagi) to‟g‟irlash funktsiyasi;
• asosiy natijani oluvchi funktsiya;
• muxim xolatlarni ishlab chiqish funktsiyasi;
• natijani chiqarish va rasmiylashtirish funktsiyasi.
Tizimli talablar va DTga bo‟lgan talablar kabi test-talablar xam verifikatsiyalik
xususiyatiga ega bo‟lishi kerak. Ya‟ni xar bir talabda aniq tekshiruvni baxolashning
aniqlashga imkoniyati bo‟lishi kerak. Bu talab esa amalga oshirilgan tizimda bajariladi
yoki umuman bajarilmaydi.
Test-rejalar
Test-talablarnning asosiga test-rejalar kiradi. Test-reja –tizimning dasturiy ishlab
chiqishdagi sinov(tekshirish, testlash) dasturlaridir. Test-talabdan farqi test-rejada
tizimning funksionalligini tekshiruvchi aniq usullar yoziladi, ya‟ni funktsionallik qanday
tekshiriladi. Qoidaga ko‟ra test-rejalar xar biri bir qancha funksiyalarni yoki tizimning
to‟‟langan funkiyalarini tekshiruvchi aloxida test masalalaridan iborat bo‟ladi. xar bir test
masalasi uchun tizim xolati berilgan talablarga mos yoki mosmasligini tekshirish
yordamida muvaffaqiyatli o‟tish kriteriyasi aniqlanadi.
Test-rejaning sifat kriteriyasi barcha talablarda bajariluvchi dasturiy maxsulotning
to‟g‟ri funktsionallashtirilganligini tekshirish xisoblanadi. Test-rejaning kerakli
xarakteristikasi dasturiy ta‟minot sxemasining barcha tarmoqlarida tekshirishning
bajarilishi xisoblanadi.
Test-reja tuzilmasi test-talab tuzilmasiga mos kelishi kerak yoki tizimning tashqi
mantiqiy xolatida bo‟lishi kerak. Test-rejaning xar bir bandi dasturiy ta‟minot
funktsionallgining to‟g‟riligini tekshirishni ishlab chiqishni keltiradi va quyidagilarni o‟z
ichiga oladi:
• bu bandlarni tekshiruvchi talablarga manba;
• dasturga kiruvchi aniq ta‟sir(kiruvchi ma‟lumotlar);
• dasturning kutilayotgan reaktsiyasi(xabar matni, natijalarning axamiyati);
• test-rejaning kerakli bandlari bajarilishi uchun xarakatlar ketma-ketligining
ro‟yxati.
Do'stlaringiz bilan baham: |