59-variant
Korporativ boshqaruvning nemis va yapon modeli: umumiy va farqli jihatlar
Korporativ moliyaviy rejalashtirish
Forvard bitimlarining qoʻllanish xususiyatlari
Moliya bozorining islom modeli qoʻllanish xususiyatlari.
Javoblar
1 Korporativ boshqaruvning nemis va yapon modeli: umumiy va farqli jihatlar
Korporativ boshqaruvning german modeli kontinental-yevropa modeli deb ham ataladi. Bu model korporatsiyalar o‘rtasidagi munosabatlar barcha manfaatdor shaxslar – aksiyadorlar, moliyaviy tuzilmalar, xodimlar, davlat tomonidan muvofiqlashtirilishi bilan xarakterlidir. Ko‘pincha ular yirik aksiyalar paketiga egalik qiladilar, korporatsiyalarga o‘z vakillarini qo‘yadilar va boshqalar. Ular korporativ tuzilmalarning tarkibi sifatida qabul qilinadi va boshqaruvda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi, ya’ni ijtimoiy hamkorlik prinsipi amal qiladi. Germaniyada aksiyadorlik kapital boshqa qator mamlakatlarga qaraganda sezilarli darajada markazlashgan. Bunda aksiyadorlik kapitaliga bir necha yirik yuridik shaxslar – banklar va korporatsiyalarning o‘zaro egalik qilish amaliyoti kuzatiladi. Moliyaviy institutlar 70 foizgacha aksiyalarni nazorat qiladi. Tashqi aksiyadorlar va individual investorlarning roli minimal darajada. Banklar direktorlar kengashida o‘z vakillari orqali monitoring va nazorat funksiyalarini amalga oshiradi, qimmatli qog‘ozlar emissiyasini tashkil qiladi, ishonchnoma asosida aksiyalarni boshqaradi. Mazkur jihat german modelining eng asosiy xususiyati hisoblanadi. Korporativ boshqaruvning german modelida direktorlar kengashi ikki palatali, ya’ni mustaqil direktorlardan tashkil topgan kuzatuv kengashi va menejerlardan iborat ijroiya organi. Ular o‘rtasida funksiyalar, vakolatlar, javobgarlik aniq taqsimlangan holda belgilab qo‘yilgan. Kuzatuv funksiyasi qaror qabul qilish funksiyasidan ajratilgan. Ikki palatali direktorlar kengashining amal qilishi autsayderlar manfaatlarini himoya qilishni kafolatlamaydi, shunga ko‘ra ko‘pincha kengash nazoratni amalga oshiruvchi emas, balki maslahatchi funksiyasini bajaruvchi boshqaruv raisi yonidagi organ sifatida ko‘zga tashlanadi. Germaniyada direktorlar kengashining bosh maqsadi aksiyadorlarning alohida guruhlari manfaatlarini himoya qilish emas, balki umumiy holda korporatsiya raqobatbardoshligini oshirish hisoblanadi. Kengash tuzilmasi va son tarkibi korporatsiya ustavida emas, balki qonunchilik asosida belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra kuzatuv kengashi a’zolari soni 20 kishi bo‘lishi kerak va uning son tarkibi o‘zgarishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bank vakillari uning a’zolari bo‘lishi mumkin.
Korporativ boshqaruvning yapon modeli ma’lum bir kesishma asosida aksiyalarga egalik qilish va nazoratga asoslangan. Natijada nihoyatda yirik moliya-sanoat korporatsiyalari (keyretsu) va ular asosida murakkab birlashma hisoblangan moliya-sanoat guruhlari shakllangan. Moliya-sanoat guruhlarida ishtirokchilar manfaatlarini ichki muvofiqlashtirishning murakkab tizimi amal qilishini ham alohida qayd etib o‘tish lozim. Bunda moliyaviy muassasalar (banklar, sug‘urta va trast kompaniyalari), savdo firmalari, ishlab chiqarish korxonalari ishtirokchilar hisoblanadi. “Bu model keyretsu modeli deb ham ataladi” Moliya-sanoat guruhlarida boshqaruv organi bosh firma prezidenti yig‘ilishi hisoblanadi. U muhim masalalar bo‘yicha qaror qabul qiladi. Qarama-qarshi tarzda aksiyalar almashinuvi va resurslardan ichki foydalanish amaliyoti ko‘p kuzatiladi. Korporatsiyalarning aksiyalariga asosiy egalik qiluvchilar (aksiyadorlar) insayderlar hisoblanadi va ularning 70 foizi institutsional investorlar hisoblanadi. Bu yerda gap banklar va boshqa affillangan shaxslar haqida ketmoqda. “Yapon an’analaridan kelib chiqqan holda investorlar korporatsiyalar faoliyatida kichik ta’sirga ega. Bunda korporativ boshqaruv yapon klassik modeliga ko‘ra, ular aksiyadorlar bilan emas, balki manfaatdor tomonlar bilan birgalikda ish yuritadi. Yaponiyada ham Germaniyadagi singari banklar yirik aksiyadorlar hisoblanadi va ularga moliyalashtirishning muhim manbasi sifatida qaraladi. Banklar direktorlar kengashi yoki prezidentlik instituti orqali boshqaruvda ishtirok etadi. Ular korporatsiya faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi va to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida qo‘llab-quvvatlaydi. Davlat va jamoatchilik korporatsiyalarni va moliya-sanoat guruhlarini xorijiy investorlar tajovuzidan himoyalaydi. Ya’ni bir tomondan qonunchilik xorijiy investorlarning keskin faolligiga imkon bermaydi, boshqa tomondan milliy madaniyat vatanparvarlikka asoslanganligi korporativ madaniyatga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham yapon korporatsiyalarini qo‘shib olish amaliyotlari deyarli uchramaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |