Geo iqtisod 9-uzb-5-2013. indd



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/166
Sana25.02.2022
Hajmi3,29 Mb.
#463772
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   166
Bog'liq
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi. 9-sinf (2014, A.Qayumov, I.Safarov) (1)

Savol va topshiriqlar
1. «Atlas» materiallaridan foydalanib, mintaqaning ko‘p tarmoqli asosiy sanoat markaz-
lari va ular joylashgan davlatlarni aniqlang. 
2. Mintaqaning qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi geografiyasini o‘rganing. Unda: birin-
chidan, sug‘oriladigan maydonlar keng tarqalgan mamlakatlarni, qanday daryolardan 
sug‘orishda foydalanishini; ikkinchidan, asosiy dehqonchilik va chorvachilik 
mamlakatlarini aniqlang.
54-§. Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari: 
iqtisodiy-geografik tavsifi
Tayanch iboralar
Arxipelag, malakka yarimoroli, malayya arxipelagi, dengiz sayozliklari, musson 
tipli.
Subregion mamlakatlari Osiyoning Hindi-Xitoy va Malakka yarimorol lari, 
Malayya arxipelagini o‘z ichiga oladi. Bu regionda Bruney, Vyetnam, Indo-
ne ziya, Kambodja, Laos, Malayziya, Myanma, Singapur, Tailand, Filippin va 
Shar qiy Timor joylashgan. Ikkinchi jahon urushiga qadar Buyuk Britaniya, 
Fran siya, Gollandiyaning mustamlakalari bo‘lgan bu mamlakatlar o‘z mustaqil-
liklarini, asosan, 1945–1984-yillar orasida qo‘lga kiritdilar.


167
hududi 4,5 mln. km
2
bo‘lib, uning yarmidan ko‘pi orollardan iboratdir. 
Jumladan, regionning eng yirik davlati bo‘lgan Indoneziya, shuningdek, Filippin 
davlatining hududi minglab orollarda joylashgan.
Iqtisodiy-geografik o‘rni,
asosan, ancha qulay. Mintaqa IGO‘ ning qulayli-
gi, avvalo, Yevropadan Tinch okeani havzasi mamlakatlariga olib boradigan ser-
qat nov savdo yo‘li ustida joylashganligi bilan belgilanadi. Zero, Laosdan bosh-
qa regionning barcha mamlakatlari dengiz bo‘yida yoki orollarda joylashgandir. 
Bu holat mamlakatlar iqtisodiy hayotida ijobiy rol o‘ynamoqda.
Mintaqada xilma-xil 
qazilma boyliklar bor.
Ayniqsa, qalayi, volfram kabi 
rangli metallarning yirik konlari bor. Shuningdek, rux, qo‘rg‘oshin, temir rudasi, 
turli nodir va asl metallar, ko‘mir, neft, tabiiy gaz boyliklariga ham ega. Keyingi 
yillarda dengiz sayozliklaridan ancha istiqbolli neft va gaz konlari topilmoqda. 
Yer osti boyliklariga, ayniqsa, Indoneziya, Malayziya, Bruney, Vyetnam kabi 
davlatlar ancha boy.
Janubi-sharqiy Osiyoning iqlimi musson tiplidir. U, ayniqsa, materik va unga 
tutash orollarda yaqqol seziladi.
Hozirgi vaqtda Janubi-sharqiy Osiyoning 
aholisi
629 mln. kishidan iborat. 
Mintaqada aholi tabiiy o‘sish hisobiga ancha tez (yiliga 8 mln. kishi) o‘smoqda. 
Aholining o‘sish sur’atlari Kambodja, Laos, Vyetnam kabi mamlakatlarda, 
ayniqsa, yuqori. Ularda tabiiy o‘sish har 1000 kishiga 20 – 22 kishidan to‘g‘ri 
keladi. Nisbatan yaxshi rivojlangan Singapur, Tailand, Indoneziya kabi 
mamlakatlarda esa bu ko‘rsatkich, aksincha past, 5 –10 kishini tashkil qiladi.
Aholi mintaqa bo‘ylab notekis joylashgan. O‘rtacha har 1 km
2
maydonga 
140 kishi to‘g‘ri kelgani holda, bu ko‘rsatkich Vyetnam, Filippin, Tailandda 200 
kishini tashkil qiladi. Indoneziyaning Yava orolida aholining o‘rtacha zichligi 
2,5 ming kishi va Singapurda 6,5 ming kishiga yetadi. Shu bilan birga, Laos, 
Kambodja, Bruney kabi davlatlarda aholining o‘rtacha zichligi 1 km
2
maydonga 
50 – 80 kishini tashkil qiladi.
Urbanizatsiya darajasi o‘rtacha 54,6 % ga teng. Ushbu ko‘rsatkich Singa-
pur da 100 % ni tashkil etadi. Nisbatan yuqori darajadagi urbanizatsiya darajasi 
Bru ney (76,1 %), Malayziya (73,0 %) davlatlariga xos. O‘rtacha urbanizatsiya-
lash gan ko‘rsatkichlar Filippin (49,6 %) va Indoneziya (44,6 %)ga xos. Eng past 
ko‘rsatkichlar Laos, Vyetnam, Timor-Leshtin, Kambodja davlatlarida kuzatiladi.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish