116
iqtisodiy rayonlarida jamlangan. Yirik markazlari: Nijniy Tagil, Magnitogorsk,
Chelyabinsk, Novotroitsk,
Novokuznetsk, Cherepoves, Stariy Oskol, Lipetsk va
boshqalar.
Rangli metallurgiya.
Qo‘rg‘oshin-rux sanoati ishlab chiqarishning joylashishi
murakkabligi bilan xarakterlanadi. Polimetall rudalari Shimoliy Kavkaz,
Zabaykalye, Uzoq Sharq va Primoryeda qazib olinadi. Xomashyoni metallurgik
qayta ishlash, odatda, boshqa rayonlarda amalga oshiriladi (qo‘rg‘oshin-rux
konsentratlari tashish uchun qulay).
Achinsk, Bratsk, Boksitogorsk, Volxov, Volgograd, Kamensk-Uralsk, Kanda-
laksha,
Krasnoyarsk, Novokuznetsk, Shelexov aluminiy sanoatining asosiy
markazlaridir.
mashinasozlik
Rossiyaning barcha hududlarida bir tekis tarqalgan. Lekin
ba’zi rayonlarda u asosiy tarmoq hisoblansa, boshqa rayonlarda ichki ehtiyojlarni
qondirishga qaratilgan, xolos.
Energetika mashinasozligi korxonalarida bug‘ qozonlari, bug‘ turbinalari va
generatorlar, gidroturbinalar, dizel va elektrodvigatellar tayyorlanadi. bunday
korxonalar Biysk, Barnaul, Taganrog, Belgorod,
Sankt-Peterburg, Novosibirskda
ishlab turibdi.
Stanoksozlik korxonalari birmuncha tekis tarqalgan.
Biroq mahsulotning
katta qismi Markaziy, Shimoli-g‘arbiy iqtisodiy rayonlarda va Uralda ishlab
chiqariladi.
Rossiyaning avtomobil sanoati yengil avtomashinalar, yuk mashinalari,
avtobuslar, trolleybuslar ishlab chiqaradi. Bu tarmoqning ilk yirik korxonalari
Moskva, Yaroslavl va Nijniy Novgorodda qurilgan edi.
Hozirgi vaqtda
Nijniy Novgorod, Ijevsk, Miass, Ulyanovsk, Moskva, Tolyatti shaharlaridagi
korxonalarda yengil avtomobillar ishlab chiqariladi. Pavlovo (Nijniy Novgorod
oblasti) va Likino (Moskva oblasti) shaharlarida avtobuslar ishlab chiqariladi.
Yuk avtomobillari Moskva, Nijniy Novgorod, Ulyanovsk, Naberejniye Chelni
shaharlarida ishlab chiqariladi. Shu bilan bir qatorda motorlar va dizellar ishlab
chiqaruvchi maxsus korxonalar ham faoliyat ko‘rsatib turibdi. Engels shahrida
(Saratov oblasti) trolleybuslar ishlab chiqariladi.
Temiryo‘l mashinasozligining yirik korxonalari Nijniy Novgorod, Sankt-
Peterburg,
Ulan-Ude, Nijniy Tagil, Kolomna, Kaluga, Lyudinov, Murom,
Novocherkassk shaharlarida joylashgan. Vagonlar (metro vagonlari, tram-
vaylar va temiryo‘l vagonlari) Bryansk, Mitishi, Nijniy Tagil, Tver hamda
Abakan, Altaysk, Sankt-Peterburg, Ust-Katav va boshqa shaharlarda ishlab
chiqariladi.
117
Dengiz va daryo kemasozligi, kema ta’mirlash Sankt-Peterburg, Astraxan,
Nijniy Novgorod, Tyumen, Krasnoyarsk, Xabarovsk, Blagoveshensk, Kom-
somolsk-Amur, Arxangelsk, Murmansk, Yaroslavl, Ribinsk,
Zelenodolsk sha-
harlarida amalga oshiriladi.
samolyotsozlik Moskva, Qozon, samara, Voronej, saratov, smolensk,
Rostov-Don, Taganrog, Komsomolsk-Amur kabi yirik sanoat markazlarida
rivojlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: