199
harakatchan organlar harakatlanmaydigan organlarga aylanadi. Qayd qilingan
yo`nalish asosida qushlarda bel, dumg`aza birlashib ketib, harakatlanish
funksiyasini
yo`qotgan.
Shuningdek,
sink
kaltakesagi
ilonlarga
o`xshab
harakatlangani sababli oyoqlari yo`qolgan.
d. Funksiyaning ajralishi.
Bunday filogenetik ajralishda bir organ bir qancha
mustaqil bo`limlarga ajralib, ularning har bir bo`lagi alohida funksiya bajaradi.
Masalan, baliqlarda toq suzgich qanotlarning ajralishi ularning ayrim bo`limlarida
funksiyaning o`zgarishiga bog`liq. Oqibatda oldingi bo`limlari (yelka
hamda anal
suzgich qanotlari) rul, keyingi bo`limlari (dum suzgich qanotlari) esa
harakatlanish organi vazifasini bajara boshlagan. Yuqorida bayon etilganlardan
xulosa qilib, organlarning filogenetik o`zgarishi asosida ontogenetik o`zgarishlar kelib
chiqishini qayd etish lozim. Ontogenezda organlarning o`zgarishi esa genotipik
o`zgarishlar, mikroevolyutsiya jarayonlari bilan uzviy bog`liqdir.
6. Organlar oligomerizatsiyasi, polimerizatsiyasi va koordinatsiyasi.
Oligomerizatsiya hodisasi Dogel tomonidan aniqlangan.
Oligomerizatsiya
deyilganda, tarixiy rivojlanish jarayonida o`xshash organlar va tuzilishlarning
birlashishi jarayoni tushuniladi. Bunday birlashish barcha o`xshash organlarning
asosiy funksiyasi kuchayishiga sabab bo`lishi mumkin. Bu hodisa ba’zan asosiy
funksiyaning keskin kuchsizlanganligidan dalolat beradi.
Oligomerizatsiya hodisasi
ko`p hujayrali organizmlarning barchasi, ayniqsa progressiv rivojlanayotgan, turlarga
boy guruhlarida uchraydi. Bo`g`imoyoqlilar filogenezida tana segmentlari, qorin nerv
zanjirining tugunlari; qisqichbaqasimonlarda oyoqlar, ko`zlar soni; umurtqalilarda
bosh skeletsizlardan to`garak og`izlilar, suyakli baliqlar, amfibiyalarga o`tgan sari
jabra yoriqlari; baliqlardan sudralib yuruvchilar, sut emizuvchilarga o`tgan sari tishlar
sonining kamayishi; qushlar, sut emizuvchilar filogenezida
kalla qutisi suyaklari,
umurtqalar,
oldingi,
keyingi
oyoq
suyaklari
sonining
kamayishi
oligomerizatsiyaga misol bo`ladi.
Umurtqalilarda bir vaqtlar mustaqil bo`lgan dum suyaklari keyinchalik o`zaro
qo`shilib ketib, tananing keyingi qismi— tayanch vazifasini kuchaytirgan.
Oligomerizatsiya jarayonida o`xshash organlar qisqarsada, ularning hajmi ortadi,
funksiyasi esa jadallashadi. Organlarning oligomerizatsiyasi bilan bir qatorda
polimerizatsiya hodisasi ham keng tarqalgan. Polimerizatsiya deyilganda, bir xil
organ yoki tuzilishning son jihatdan ortishi tushuniladi.
Bu hodisa, jumladan uzun
dumli sut emizuvchilarda dum umurtqalarining qayta ko`payishi holatida amalga
oshadi va dumning harakatini kuchaytiradi. Dum umurtqalarining son jihatdan ortishi
uning harakatchanlik funksiyasini orttirishdan tashqari, hasharotlarni ko`rish,
tayanch va harakatlantirish orqali tuyg`uni ifoda qilish vazifasini bajaradi.
Polimerizatsiya hodisasi bir qancha umurtqasiz hayvonlarga ham tegishlidir.
Halqali va yassi chuvalchanglar, bo`g`imoyoqlilarda o`xshash tuzilgan ko`p
segmentlarning takrorlanishi bunga yaqqol misoldir. Polimerizatsiya o`simliklarda
ham uchraydi. Gultojibarglar, changchilarning son jihatdan ko`p bo`lishi
polimerizatsiyani ifodalaydi.
Har qanday organizm bir butun sistemani tashkil etadi.
Uning organlari
o`rtasidagi bog`lanishlar, evolyutsiya jarayonida murakkablashadi, takomillashadi.
Tarixiy jarayonda tabiiy tanlanish organizm organlari va qismlarining faqat
200
ontogenezda emas, balki filogenezda ham o`zaro moslanishi bir butunligini vujudga
keltiradi.
Tarixiy
jarayonda
organlarning
bir-biriga
moslanish
organlar
koordinatsiyasi
deb ataladi. Organlar korrelyatsiyasi va koordinatsiyasining
evolyutsiyasi organizmning bir butunligini oshirishga qaratilgan. Tabiiy tanlanish turli
sistemadagi
organizmlar
organlarining
bir-biriga
nomuvofiqligini
hamda
organizmning bir butunligiga putur yetkazuvchi irsiy o`zgarishlarni bartaraf etadi.
Tarixiy rivojlanish jarayonida tabiiy tanlanish organizmlarning yashovchanligini,
muhitga bo`lgan moslanishini oshiradi. Natijada organizmning o`zini-o`zi boshqarish
qobiliyati takomillashib boradi.
Progressiv ixtisoslashish qoidasi birinchi marta Sh. Depere tomonidan ifodalab
berilgan. Bu qoidaga muvofiq, ixtisoslashish yo`nalishiga
kirgan organizmlar guruhi
o`zining keyingi rivojlanishidan ham chuqur ixtisoslashish tomon o`zgara boradi.
Masalan, umurtqalilarning bir tarmog`i bo`lgan sudralib yuruvchilar evolyutsiya
jarayonida uchishga moslasha boshlasa, u holda evolyutsiyaning keyingi
bosqichlarida moslanishning mazkur yo`nalishi saqlanadi va kuchaya boradi. Bu o`z-
o`zidan tushunarli. Axir ma’lum tuzilishga ega organizm istagan muhitda yashay
olmaydi. Chunki organizmning tuzilishi u ma’lum muhitni tanlashini cheklab qo`yadi.
Agar organizmning tuzilishi ixtisoslashishga ega bo`lsa, u vaqtda organizm yanada
yaxshiroq, yashash hamda nasl qoldirishga imkon beradigai muhitni tanlaydi.
Progressiv ixtisoslashish qoidasining xususiy ko`rinishi
evolyutsiya jarayonida
organizmlar tanasining kattalashishi bilan bog`liq. Tana hajmining ortishi moddalar
almashinuvini tobora iqtisod qilishi (tana yuzasi hajmining kamayishi) ham
ixtisoslashishning xususiy ko`rinishi sifatida e’tirof qilinishi lozim. Ikkinchi
tomondan, tana hajmining ortishi yirtqich hayvonlar hujumida, g`animning esa
himoyalanishida afzallikka ega. Organizmlarning oziq zanjiridagi munosabatlari ko`p
guruhlarda tana hajmini oshiradi. Boshqa guruhlarda esa tana hajmi kichrayadi.
Keyingi hodisa tuproq ostida, shuningdek, berkinib
yashashga moslashgan
organizmlarda namoyon bo`ladi. Chunonchi, sichqonsimon kemiruvchilar bilan
obligat oziqlanuvchi latchada ana shunday. Bu misol yuqoridagi qoida nisbiy
ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: