Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

 
3. To`rsimon evolyutsiya. 
Organik olamdagi evolyutsiya jarayoni faqat divergensiya asosida emas, balki 
uning boshqa yo`nalishlari orqali ham amalga oshadi. Bunday yo`nalishlar qatoriga 
duragaylanish, simbiogenez, transduktsiya hodisalari kiradi. Duragaylanish tufayli 
yangi turlar, avlodlar paydo bo`lishi mumkin ekanligi yuqorida ko`rib o`tildi. 
Simbiogenez 
deyilganda, 
qon-qarindoshligi 
jihatidan 
uzoq 
bo`lgan 
organizmlarning o`zaro qo`shilishi natijasida uchinchi —yangi 
organizm hosil bo`lishi 
tushuniladi. Dastlabki bir hujayrali eukariot organizmlarning uzoq o`tmishdagi kelib 
chiqish tarixini simbiogenetik evolyutsiyaga misol qilib ko`rsatish mumkin. 
Simbiogenezga yana bir yaqqol misol lishayniklardir. Ular suvo`tlar va 
zamburug`larning birgalikda yashashi tufayli kelib chiqqan organizmlardir. 
Transduktsiya hodisasi deyilganda, bir organizm genomidagi genetik materialning 
boshqa organizm genomiga o`tkazilishi tushuniladi. Bu hodisa bakteriyalarda 
isbotlanib, bakteriofaglar tomonidan amalga oshirilishi kuzatilgan. Mikroevolyutsiya 
jarayoni har xil yo`nalish — duragaylanish, simbiogenez va transduktsiya orqali 
amalga oshganligini e’tiborga olib, u to`rsimon evolyutsiya deb ham nomlanadi. 
4.
Yo`nalishli evolyutsiya shakllari. 
Organik olamdagi evolyutsiya jarayoni yo`nalishli bo`lishi to`g`risida bir qancha 
farazlar mavjud. Ularning ko`pchiligida organizmlarni yo`nalishli evolyutsiyaga 
safarbar etuvchi qandaydir bir ichki kuch bor, deb talqin qilinadi va u har xil 
chunonchi «ehtiyoj», «ichki intilish» (Lamark), entelexiya (Drish), aristogenez 
(Osborn), ortogenez deb nomlanadi. Bunday qarashlarning eng keyingi shakli 


195 
bo`lgan ortogenez XIX asr oxirida G. Eymer tomonidan ilgari surildi va Ch. Darvinning 
evolyutsion nazariyasiga qarshi qilib qo`yildi. Yo`nalishli evolyutsiya to`g`risidagi 
ortogenez farazi paleontologlar o`rtasida keng tarqaldi. XX asrning o`rtalarida 
yo`nalishli evolyutsiya unga monand mutatsiyalar paydo bo`lishi bilan amalga 
oshadi, degan faraz vujudga keldi. Ortogenezning yangi varianti ko`rinishidan ilmiy 
go`yo tajriba yo`li bilan o`rganish mumkin bo`lsada, lekin tekshirishlar bu farazning 
noto`g`ri ekanligini ko`rsatdi. Chunki u yo`nalishli evolyutsiya tasodifiy hosil bo`lgan 
irsiy o`zgarishlarning tabiiy tanlanish hisobiga to`plana borishi orqali emas, balki 
organizmlardagi ichki kuch, ehtiyoji tufayli amalga oshadi, deb uqtiradi. Bunga 
qarama-qarshi o`laroq, yo`nalishli evolyutsiya to`g`risida ortoseleksiya nazariyasi 
vujudga keldi. yangi nazariyaga muvofiq, yo`nalishli evolyutsiyaning amalga 
oshishida faqat organizm emas, aksincha, uning muhit bilan o`zaro bog`liqligi rol 
o`ynaydi. Agar muhit omillari ta’sirida vujudga kelgan tanlanish uzoq muddat bir 
yo`nalishda davom etsa, u albatta, evolyutsiyaning ma’lum yo`nalishda borishiga 
sabab bo`ladi. Binobarii, ortogenez va ortoseleksiya bir-biriga qarama-qarshi faraz 
hisoblanadi. 
Paleontologik ma’lumotlarni tushuntirishda ortogenezga nisbatan ortoseleksiya 
bir qancha afzalliklarga ega. Birinchidan, qadimgi davrlarda yashagan organizmlar 
evolyutsiyaning ko`p yo`nalishlari ochiq-oydin moslanish xarakteriga ega ekanligidan 
dalolat beradi. Muhitning o`zgarishi tufayli otlar gavdasining kattalashishga, 
tishlarning chaynashga, pishiq bo`lishga moyilligi bunga misol bo`ladi. Ikkinchidan
agar yo`nalishli evolyutsiya ortogenezga muvofiq talqin qilingandek ro`y bersa, u 
holda o`simliklar bilan hayvonlarda evolyutsiya jarayoni filetik formada amalga 
oshgan bo`lishi kerak edi. Vaxolanki, evolyutsiya ko`proq divergensiya va 
parallelizm, konvergensiya, simbiogenez ko`rinishda namoyon bo`lgan. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish