191
zarur, degan mulohazalar keng tarqalmoqda.
Divergensiya evolyutsiyaning asosiy formalaridan biri bo`lib, bunda har xil
sharoitda turli yo`nalishda tanlanish borishi
natijasida ajdod tur ichida
belgilarning ajralishi ro`y beradi. Farqlar orta borishi hisobiga yangi -yangi
sistematik guruhlar paydo bo`ladi. Bir avlodga mansub barcha turlar, bir oilaga
mansub
avlodlar, chamasi, divergensiya asosida vujudga kelgan. Evolyutsiyaning
divergent formasi makroevolyutsiya, ya’ni xilma-xil sistematik guruhlarni vujudga
keltirish zaminida yotadi. Divergent evolyutsiya mexanizmi tur ichidagi boshlang`ich
evolyutsiya omillari ta’siriga asoslanadi. Tur ichidagi alohidalanish hayot to`lqini,
mutatsiya
jarayoni, populyatsiya va populyatsiya guruhlariga tabiiy tanlanish ta’sir
etishi tufayli boshlang`ich turdagi belgi va xossalarga qaraganda tobora farq
qiladigan belgi va xossalar hosil qiladi va ularni saqlay boradi.
Tur ichida (mikroevolyutsiya) va turga nisbatan yuqori taksonlarda
(makroevolyutsiya) ro`y beradigan divergensiya jarayoni o`zaro o`xshasada, biroq
ular orasida muhim farq mavjud. Odatda, mikroevolyutsiya
darajasidagi
divergensiya qaytariladigan hodisadir. Divergensiya tufayli bir-biridan ajralgan ikkita
populyatsiya kelgusida o`zaro o`ng`aylik bilan chatishishi va yangi bir
populyatsiyaga aylanib qolishi mumkin. Makroevolyutsiya darajasida amalga
oshadigan divergensiya qaytarilmaydigan jarayondir.
Bir filogenetik tarmoqda ro`y berib, bir taksonga oid o`zgarishlar, ya’ni
ajdod turning asta-sekin o`zgarib, boshqa turga aylanish jarayoni
filetik
evolyutsiya
nomini olgan. Filetik evolyutsiyada
ajdod tur bir necha turga
ajralmaydi. Shunga ko`ra, turlar soni o`zgarmay qoladi. Evolyutsiyaning bu formasi
o`simlik va hayvonlarning istalgan tarmog`ida uchraydi. Turning asta-sekin o`zgarishi
organizmlarning tashqi qiyofasiga yoki ichki tuzilishiga kam ta’sir, ko`rsatishi
mumkin. Keyingi holat qiyofadosh turlarda yaqqol ko`zga tashlanadi.
O`tmish era va davrlarda yashagan juda ko`p o`simlik va hayvon turlari,
shuningdek, hozirgi vaqtdagi mavjud turlar filetik evolyutsiyaga ajoyib misol
bo`ladi. O`tmishda
yashagan otlarni olsak, ularni evolyutsiyasi: eogippus
→miogippus →paragippus →pliogippus →yqius yo`nalishda borgan. Ular filetik
evolyutsiyaga yaqqol misoldir. Binobarin, bitta
taksonomik guruhga tegishli
o`zgarishlarning bir filogenetik ustunda namoyon bo`lishi filetik evolyutsiyaning
mazmunini tashkil etadi. Divergensiya va filetik evolyutsiya filogenetik shajara
barcha o`zgarishlarning negizi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: