185
alohidalashib, to`rt qit’aga tarqalgan. Shunga ko`ra, hozirgi vaqtda ko`p
turlarning
alohida tarqalish areali mavjud. Chunonchi yovvoyi G. trilobum Meksikaning
shimoliy qismiga va AQSh ning Arizona shtatida, G.klotshianum Galapagos
arxipelagining Chatem va Chariz orollarida G.raimondi Shimoliy Peruning qirg`oqqa
yaqin tog`li rayonlarida, G. armarianum Kaliforniyaning janubida hamda San-Markos
orolida tarqalgan.
Juda ko`p ma’lumotlar turga xos har qanday belgi geografik jihatdan
o`zgaruvchan ekanligini tasdiqlamoqda. Bu o`zgaruvchanlik darajasi irqlar va
populyatsiyalarning alohidalanish xususiyatlariga bog`liq. Mabodo, bir tur yoki yaqin
turga mansub populyatsiyalar territoriyasi yondosh bo`lsa, ular o`zaro
chatishishi
hisobiga geografik o`zgaruvchanlik nisbatan kamayadi. Ularning territoriyasi alohida-
alohida bo`lganda esa geografik o`zgaruvchanlik orta boradi. Tur hosil bo`lishining
har xil usulida alohidalanish mexanizmi katta ahamiyatga ega. Geografik jihatdan
alohidalanish hamma vaqt asta-sekin biologik alohidalanishga olib keladi. Geografik
irqlarning jinsiy alohidalanishi etologik o`zgaruvchanlik bilan uzviy bog`liqdir.
Gomperts ma’lumotlariga ko`ra, katta chittakning tutqinlikda saqlangan Hind va
Britaniya irqlarini chatishtirish natijasida hosil bo`lgan duragaylar patining rangi va
sayrashi bilan ota-ona formalardan farq qilgan. Oqibatda katta chittakning Britaniya
irqi boshqa tur vakili sifatida qabul qilingan. O`simliklarda geografik irqlar orasidaga
alohidalanish gullash va hosil tugish muddatlarining o`zgarishi bilan bog`liq.
Urchish davrida biologik alohidalanish natijasida
populyatsiya va geografik
irqlardagi genlar takrorlanishi, tanlanish yo`nalishi, moslanish normalari keskin
o`zgaradi. Alohidalanishning asta-sekin kuchayib borish hisobiga geografik irqlar,
kenja turlar hosil bo`ldi. Kenja turlarni tur ichidagi eng yirik struktura birligi sifatida
emas, balki evolyutsion o`zgarishlarning bosqichi sifatida talqin etish kerak.
Geografik irqlar rivojlanib kenja tur darajasiga yetishi yumronqoziqlar, dengiz
mushuklari, rusak quyon va boshqa hayvonlarda aniqlangan.
Ekologik irqlarning alohidalanishi hisobiga yangi
turlar vujudga kelishi
o`simliklar va hayvonlarda ko`plab uchraydi. G`o`zaning barcha turlari ma’lum
darajada polimorf hisoblanadi. Polimorf turlar tarqalgan areal hajmi va hayot
sharoitining xilma-xilligi bilan uzviy bog`liqdir. F. M. Mauer aniqlashicha, G.
xirzutum turida meksikanum, punktatum, panikulatum,
yeuxirzutum kenja turlari
mavjud. Ularning har biri o`z navbatida ekologik-geografik irqlarga bo`linadi.
Chunonchi, g`o`zani punktatum kenja turi Markaziy Amerika, Vest- Indiya, G`arbiy
Afrika, Sharqiy Afrika va Janubiy Hind ekologik-geografik irqlaridan tarkib topgan.
X.Saydaliev ma’lumotiga ko`ra hozirgi vaqtda poliploid turlarida G hirsutumda
8361, G barbadenseda 2046, G. arboreumda 600, G. herbaceumda 636 madaniy va
yovvoyi o`simlik namunalari bor.
Ekologik tur hosil bo`lishi, odatda, «ekoelement→ekotip→tur» sxemasi asosida
boradi. Allopatrik usulda tur hosil bo`lishida ajdod tur tarqalgan arealning o`zgarishi
divergensiyaga sababchi hisoblansa, ekologik yo`l bilan tur hosil bo`lishida bu jarayon
o`zgargan formalar ajdod tur populyatsiyalarining saqlanib qolgan areali doirasidan
yangi hayot sharoitini egallab olishi hisobiga amalga oshadi. Buning natijasida ular
yangi
arealdagi populyatsiyalar, geografik, ekologik irqlar bilan bevosita yoki
bilvosita aloqada bo`ladi. Shu nuqtai nazardan, geografik va ekologik tomondan