Genetika va evolyutsion


Simpatrik usulda tur hosil bo`lishi



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

Simpatrik usulda tur hosil bo`lishi
. Simpatrik usulda tur xosil bo`lishi dastlabki 
tur arealida yangi tur vujudga kelishida kuzatiladi. Simpatrik tur hosil bo`lishi ma’lum 
jihatdan nisbiy, chunki doimiy adaptatsiya va raqobat simpatrik tur hosil bo`lishini 
bo`shashtiradi, hatto bartaraf qiladi. Shunga ko`ra, simpatrik usul tur paydo bo`lishining 
dastlabki bosqichlari sifatida shubha ostida olingan. XIX asrning o`rtalaridan boshlab 
ko`pgina tadqiqotchilar simpatrik tur hosil bo`lishini inkor etganlar. Ba’zi biologlar 
dastlabki tur zaminida ayrim o`zgarishlar ro`y bersa ham, bu o`zgarishlar o`zaro 
chatishish tufayli yo`qolib ketishi mumkin, degan fikrni aytganlar. 
Mendel va boshqa olimlarning ayrim belgilar irsiylanishiga doir tajribalarida 
yuqoridagi fikrning asossizligi tasdiqlandi. Keyinchalik populyatsiyalarning polimorfizmi 
haqidagi ma’lumotlar e’lon qilingandan so`ng, bir-biridan ko`p farq qilgan formalar 
panmiksiya va populyatsiyalarda faqat saqlanib qolmay, balki turg`un gruppalarni 
vujudga keltirishi ma’lum bo`ldi. Geografik yoki ekologik irqlar doirasida alohidalanish 
mexanizmlarining bo`lmasligi ham simpatrik yo`l bilan tur paydo bo`lmasligiga ro`kach 
sifatida ko`rsatiladi. Aralash populyatsiyalarda jinsiy tomondan alohidalanish borligi 
e’tiborga olinsa, bu e’tiroz ham asossiz ekanligini payqash qiyin emas. Hozirgi vaqtda 
turlar simpatrik yo`l bilan hosil bo`lishiga doir ko`p ma’lumotlar to`plangan. 
Ajdod tur tarqalgan arealda simpatrik yo`l bilan yangi turlar rivojlanishi bir 
necha usulda amalga oshadi. Birinchi usul ajdod turga mansub populyatsiyalarda jinsiy 
alohidalanish bilan uzviy bog`liq. Aytilgan hodisa ko`p hollarda xromosomalar sonining 
o`zgarishi natijasi hisoblanadi, chunonchi, hasharotlar yordamida changlanuvchi 
o`simliklar gulining changlanishida ixtisoslashgan ma’lum bir hasharotlarga 
bog`liq holda alohidalanish ro`y bergan. Oqibatda bunday organizmlar o`xshash 
territoriyada tarqalgan shu turga mansub qo`shni populyatsiyalardan jinsiy jihatdan 
to`liq alohidalashgan. Masalan, arilar itog`iz o`simligining har xil irqlari o`rtasida 
alohidalanishni vujudga keltiruvchi omil sifatida namoyon bo`ladi. Chunki arilar 
itog`izning bir irqidan ikkinchi irqiga qo`nmaydi. Simpatrik usulda vujudga kelgan 
irqlar boshqa entomofil o`simliklarga ham taalluqli. Simpatrik usulda tur paydo 
bo`lishining ikkinchi usuli mavsum jihatdan alohidalanish bilan bog`liq. Zavadskiy 
ma’lumotlariga ko`ra, oq sho`ra o`simligining erta gullaydigan formalari tanlanish 
tufayli kech gullaydigan formalaridan alohidalashgan. Selektiv alohidalanish gullash 
muddatiga ko`ra oraliq bo`lgan formalarning nobud bo`lishi bilan izohlanadi. 
Ba’zi bir baliq turlari (seld, okun, sazan) da bir populyatsiya doirasida o`sish 
tezligi, gavdaning hajmi, oziqlanish va urchish muddatlari bilan farq qiladigan 
xilma-xil simpatrik gruppalar rivojlangan. Ular yagona polimorf populyatsiyalarda bir 
qancha oraliq formalarga ega mavsumiy irqlarning vujudga kelishini ta’minlaydi. 
Ko`p mualliflar fikricha, baliqlarda qayd qilingan yo`l bilan tur hosil bo`lishi keng 
tarqalgan. Bunday jarayonda simpatrik guruhlarning alohidalanishi hech qanday 
geografik alohidalanishsiz amalga oshadi. Qiyofadosh turlar ham shu usulda 
paydo bo`lgan. 
F. G. Dobjanskiy fikriga ko`ra, tur tarqalgan arealdagi sharoitning o`zgarishi 
bilan ba’zi bir populyatsiyalarda ro`y beradigan mikroevolyutsiya jarayonlari ular 
morfologik-fiziologik jihatdan boshqa populyatsiyalardan alohidalanishiga mustaqil 
bo`lishiga sababchi bo`ladi. Bunday populyatsiyalar bilan shu turga mansub boshqa 


187 
populyatsiyalar orasida chatishish va genlar ayirboshlanishi amalga oshsa ham, lekin 
bu 
ayirboshlanish, 
morfologik-fiziologik 
jihatdan 
hali 
alohidalashmagan 
populyatsiyalarga qaraganda kamroq bo`ladi. Modomiki bunday alohidalashgan 
populyatsiyalar orasida kam bo`lsa ham chatishish, normal nasl qoldirish sodir bo`lar 
ekan, u holda tur murakkab bir butun sistema bo`lib qoladi. Kuchli alohidalanish 
bosimi tur doirasidagi populyatsiyalar orasidagi genlar axborot almashishini to`xtatib 
qo`ygan taqdirdagina ana shu populyatsiyada evolyutsiyaning boshlang`ich omillari 
ta’sirida yanada yangi o`zgarishlar hosil bo`lib, genetik jihatdan mustaqil yangi
turlarga aylanishi mumkin. Bu hodisa 35-rasmda tasvirlab berilgan. Xulosa qilib 
aytganda, genetik jihatdan ochiq sistemalarning genetik yopiq sistemalarga aylanishi 
yangi turlar kelib chiqishi uchun asos bo`ladi. Har bir populyatsiya ichidagi 
mikroevolyutsiya jarayonlari tufayli hosil bo`lgan o`zgarishlar chatishish orqali 
boshqa organizmlarga tarqalishi va oqibatda turli-tuman genlar kombinatsiyasidan 
iborat genotip va fenotiplarni hosil qilishi tabiiy tanlanish samaradorligini oshiradi. 
Oqibatda tanlanish endilikda tur ichida emas, balki turlar o`rtasida yuz beradi. Bu esa 
o`z navbatida yangi paydo bo`lgan turlar taqdirini, ya’ni ular yashash uchun kurashda 
g`olib kelishi yoki nobud bo`lishi, ajdod tur bilan birgalikda yashashini belgilaydi. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish