Genetika va evolyutsion


 Organlarning filogenetik o`zgarish prinsiplari



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

5. Organlarning filogenetik o`zgarish prinsiplari. 
A.N. Seversov Darvinning organlarning tarixiy jarayonda o`zgarishi to`g`ri-
sidagi g`oyalarini rivojlantirdi va mazkur masalani anatomik tuzilishdan fiziologik 
yo`nalishga burdi. U A. Dorn, L. Plate, N. Kleynenberg, D. M. Fedotov kabi 
olimlarning ishlarini xulosalab, organlarning filogenetik o`zgarish prinsiplarini 
aniqladi va ular ikki yo`nalishda borishini e’tirof etdi. Har qanday organ oddiy va 
murakkab tuzilishidan qat’iy nazar, ko`p funksiya bajaradi (multfunktsionallik). 
Ayni vaqtda shu funksiyalardan biri asosiy funksiya bo`lib, ko`p ishlatiladi. 
Boshqalari esa ikkinchi darajali funksiya hisoblanadi va kamdan-kam ishlatiladi. 
Chunonchi, quruqda yashovchi sut emizuvchilarning oyoqlari birinchi navbatda 
yurish vazifasini bajaradi. Shu bilan bir qatorda bu organlar suzish, qazish, himoya 
va hujum qilish kabi vazifalarni ham bajaradi. Quruqda yashovchi qushlarda 
keyingi oyoqlar yurish vazifasini bajaradi va bu asosiy funksiya hisoblanadi. Suzish, 
himoya qilish, hujum qilish ikkinchi darajali funksiyadir. Organlar bajaradigai 
funksiyaning birinchi, ikkinchi darajaga bo`linishi boshqa organlarda ham ko`rinadi. 
Organlar bajaradigan funksiyaning miqdor jihatdan o`zgarishi: a) funksiyaning 
intensivligi; b) organlarning subtitsiyasi (almashinuvi); d) funksiya sonining 
kamayishi usulida borishi mumkin. 
A.
«
Funksiyaning intensivlashuvi»ning
birinchi marta L. Plate tomonidan 
1924 yilda qayd etilgan. Seversov bu jarayonni ikkiga, ya’ni hujayra hamda 


196 
to`qimalar 
funksiyasining 
intensivlashuviga 
bo`ladi. 
Hujayra, 
to`qimaning 
intensivlashuvi organlarning multfunktsional, ya’ni bir emas, bir necha funksiya 
bajarish xossasiga asoslanadi. Masalan, sodda organizmlarni olsak, ularda barcha 
hayotiy funksiyalar — oziqlanish, nafas olish, ta’sirlanish, harakatlanish, urchish, 
ayirish yagona hujayra tomonidan bajariladi. 
Ameba proteus 
da himoya funksiyasini 
protoplazmaning tashqi qismi — ektoplazma o`taydi. Qorinoyoqlilarning ma’lum 
guruhida tarixiy rivojlanish mazkur funksiyaning kuchayishiga olib keladi. 
Natijada 
Diflugia 
avlodiga mansub qorinoyoqlilarda qum zarrachalaridan tashkil 
topgan tuban chig`anoq, 
Euglapha 
avlodiga mansub formalarda esa sitoplazmadan 
ajralgan haqiqiy chig`anoq paydo bo`lgan. Sodda hayvonlar filogenezida 
harakatlanish funksiyasining intensifikatsiyasi ham ro`y bergan. Amyobalarda 
harakatlanish organlari tananing istalgan joyidan psevdopodiylar hosil bo`lishi, 
infuzoriyalarda uchraydigan maxsus harakat organlari — kipriklar bunga yaqqol 
misol bo`ladi. 
Ko`p hujayrali organizmlarda funksiyaning intensivlashuvi yanada jadalroq 
boradi. Filogenez jarayonida organ paydo bo`lishi uchun qancha ko`p hujayra 
ishtirok etsa, uning funksiyasi shuncha jadallashadi. Har qanday ko`p hujayrali 
organizmlarning to`qimalaridagi differensiyaga sabab shuki, murtak hujayralar 
bajarayotgan funksiyasining biri bosh funksiya bo`lib, boshqalari zarur vaqtda 
ishlatiladi. Chunonchi, muskul filogenezida murtak hujayralarining harakatlanish 
funksiyasi jadallashib, ular urchuqsimon shaklga kirgan va qisqaruvchi tolalar hosil 
bo`lgan. Ularning soni ortishi tufayli yassi muskullar, keyinchalik ular zaminida 
ko`ndalang-tolali muskul to`qimalari rivojlangan. Muskul hujayralarida boshqa 
funksiyalar, masalan, oziqlanish, ayirish, ta’sirlanish ikkinchi darajali bo`lib qolgan. 
Organlar funksiyasining jadallashuvi ba’zan ularning progressiv rivojlanishiga 
sabab bo`lgan. Masalan, umurtqali hayvonlarda nafas olishning jadallashuvi gazlar 
almashinuvi 
hajmining 
ortishi, 
o`pka 
epiteliysining 
ko`payishi 
natijasida 
alveolalarning miqdor jihatdan ko`payishi hisobiga ro`y bergan. Ilonlarda, oyoqsiz 
kaltakesaklarda tananing ixchamligi ajdodlaridagiga nisbatan muskul segmentlari 
sonining ortishi, kitlarda suzgich funksiyasining jadallashuvi esa qo`shimcha 
barmoqlar sonining rivojlanishi hisobiga amalga oshgan. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish