1.
Tur paydo bo`lishi.
Tur tirik tabiatning alohida yashash formasi. Shunga ko`ra, tur hosil bo`lishi
evolyutsion nazariya uchun eng asosiy muammodir. Darvin davrida tur strukturasi
yaxshi o`rganilmagan edi. Shuning uchun tur hosil bo`lish masalasi to`liq
aniqlanmadi. Hozirgi vaqtda mikroevolyutsiya nuqtai nazaridan turning ichki
strukturasi to`liq o`rganildi. Bu esa tur hosil bo`lish muammosini hozirgi zamon fani
rivojlanishi zaminida ijobiy hal etishga imkon berdi.
Har qanday evolyutsiya jarayonining asosiy natijasi tabiiy tanlanish tufayli
vujudga keladigan va takomillashgan moslanishdan iborat. Binobarin, tur hosil
bo`lishi
ham
populyatsiyaning
tabiiy
tanlanish
ishtirokida
moslashgan
transformatsiyasidan boshqa narsa emas. Tur hosil bo`lishi populyatsiya va tur
doirasida vujudga kelgan xususiy, adaptiv o`zgarishlar asosida tarkib topgan
mikroevolyutsiya jarayonidir. Mikroevolyutsiya jarayonlarining tur hosil bo`lish
jarayoni bilan munosabati nihoyatda murakkab. Har qanday mikroevolyutsiya jarayoni
tur hosil bo`lishining turli bosqichlarini tashkil etadi. 1864 yildan boshlab to 1950
yilgacha tur to`satdan o`zgarish yo`li bilan paydo bo`lishi haqida har xil qarashlar
vujudga keldi. Bu qarashlar ayniqsa, olimlardan Kelliker, Mayvart va Vaagen, Zyuss,
De Friz, Lisenko tomonidan ilgari surildi. Yangi formalar hosil bo`lishi irsiylanish va
adaptiv ahamiyatidan qat’iy nazar, yangi struktura, belgi-xossalarning vujudga
kelishidir. Bu jarayon molekula, hujayra, organizm darajasida namoyon bo`lib,
tasodifiy hodisa hisoblanadi. Hosil qilingan har qanday yangi formalar tur paydo
bo`lishi uchun bevosita zamin bo`la olmaydi. U faqat boshlang`ich materialdir, xolos.
Tur paydo bo`lishi ma’lum vaqt ichida tabiiy tanlanish bosimi natijasida ro`y bergan
populyatsiyaning adaptiv transformatsiyasidan iborat. Shunga ko`ra, Komarov XX
asrning 20-30 yillarida tur hosil bo`lishini 3 bosqichdan: 1) yangi turlar hosil bo`lishi;
2) yangi turning tiklanish davri; 3) yangi turning turg`unlik davri hamda tabiat
ekonomikasida ma’lum o`rin egallashi bosqichidan iborat, deb qayd qildi.
Mikroorganizmlar, o`simliklar, hayvonlar tur hosil bo`lishida yagona reja yo`q.
Tur hosil bo`lishi har xil tipda boradi. Hozirgacha tur hosil bo`lishi tiplarining
klassifikatsiyasi ishlab chiqilmagan. Lekin bu jarayonda tabiiy tanlanish hamma vaqt
ishtirok etishi zarur. Olib borilgan tadqiqotlar tufayli tur paydo bo`lishiga doir juda
ko`p misollar to`plangan. Quyida ularning ba’zilari ustida to`xtalib o`tamiz.
Baltika va Shimol dengizi qirg`oqlarida baliqchi qushlarning 2 xili kumushsimon
baliqchi qush (Larus argentatus) va klusha (Laris fiscus) birgalikda yashaydi. Ular bir
territoriyada tarqalgan bo`lsa ham, bir-biri bilan chatishmaydi va ular orasida oraliq
formalar yo`q. Lekin bu 2 xil baliqchi qushlar, Mayr aniqlashicha, Shimoliy Muz
okeani, Labrador, Kanada, Shimoli -sharqiy va Shimoli-g`arbiy Sibirda tutash halqa
hosil qiladigan bir qancha kenja turlar orqali o`zaro bilvosita birlashadi. 35-rasmda
BCDF va L harflar bilan bu qushlarning o`zaro chatisha oladigan shunday kenja
turlari, A + M harfi bilan esa chatishmaydigan turlari ifodalangan. Agar baliqchi
qushlarning bu ikki turini bog`lovchi kenja turlar biror sababga ko`ra nobud bo`lsa, u
183
Do'stlaringiz bilan baham: |