177
ko`payishning birinchi yili, ya’ni hali ishchi organizmlar ko`paymagan faslda ona
organizm atigi 20 ta tuxum qo`yadi. Koloniyadagi organizmlar soni ortgandan keyin
esa ularning soni bir kunda 7000 ga yetadi.
Turning qayta ko`payishi, undagi organizmlar sonini
saqlash bilan bevosita
bog`liq bo`lmagan, tur ichidagi asosiy munosabatlar zaminida vujudga kelgan
munosabatlar hosila tarzidagi munosabatlar deb qaraladi. Chunki ular muayyan turga
mansub organizmlarning qayta ko`payishiga va soniga bilvosita ta’sir ko`rsatadi. O`z
xarakteriga ko`ra, bunday munosabatlar yo davriy, yo epizodik bo`ladi. Tur ichidagi
hosila tarzidagi munosabatlar, odatda, ma’lum maydonda tarqalgan populyatsiyaga
mansub organizmlar sonining ortib ketishi hisobiga rivojlanadi. Populyatsiyaga
mansub organizmlar sonining ortib ketishi ular o`rtasidagi o`zaro
raqobatning
kuchayishiga hamda ontogenezning turli bosqichlarida bir gruppa organizmlarning
intensiv ravishda nobud bo`lishiga olib keladi. Bu hodisa o`simliklar urug`i zich
ekilganda va daraxt ko`chatlari zich o`tkazilganda namoyon bo`ladi. Ba’zi hasharotlar
sonining keskin ortib ketishi tufayli lichinkalar yoppasiga nobud bo`ladi. Tur ichidagi
hosila tarzidagi munosabatlar xar xil instinktlar, reflekslar, o`zini-o`zi saqlash, oziqda
ega bo`lish, uni qo`riqlash, himoyalanish asosida amalga oshadi. Ular populyatsiya
to`lqiniga bevosita bog`liq emas.
Organizmlar integratsiyasi tufayli bir organizmning ikkinchi organizmga
tobeligining ortishi hamma vaqt evolyutsiya jihatdan samarali bo`lmaydi. Masalan,
koloniya bo`lib yashaydigan hasharotlarda (chumolilar, arilar, termitlarda) funksiya
jihatdan tabaqalanish ba’zi bir organizmlar guruhini amalda koloniyaning
«organ»lariga aylantirib qo`yadi.Oqibatda bu holat turlarning progressiv evolyutsiya
bo`yicha rivojlanishini bartaraf etadi. Individlarning o`ta ixtisoslashishi natijasida
koloniyaning birorta funksiyasini bajarish layoqati
populyatsiya hosil etishda
organizmlarning teng ahamiyatga ega bo`lishini saqlashga qaraganda kam samara
beradi.
Xulosa qilib aytganda, tirik tabiatda organizm uyushmalari (to`dalar) xilma-
xildir. Ular o`z tarkibiy qismlarining miqdori, yashash vaqti, ichki munosabatlari
hamda turg`unligi va boshqa xossalari bilan bir-biridan farq qiladi. Bunday to`da bir
jinsli yoki har xil jinsli, bir xil yoshli yoki xar xil yoshli
organizmlardan tashkil
topadi, Organizmlar to`dasi uzoq muddatli yoki qisqa muddatli bo`ladi. Hayvonlarda
qisqa muddatli to`dalanish oila, gala, koloniya shaklida namoyon bo`ladi. Qisqa
muddatli to`dalanish bir yoki bir necha funksiyani bajarish bo`yicha yuqori darajadagi
moslanishlarni namoyon etadi. V. B. Shulik ma’lumotlariga ko`ra, qushlar galasi
uchishda, baliqlar to`dasi harakatlanishda shunday bir mexanik sistema hosil qiladiki,
u ayrim organizmlarning to`dadan qolib ketishiga to`sqinlik qiladi. Odatda, g`anim
organizmlarning vaqtincha to`planishi, ularni yirtqichlardan himoya qilishga yordam
beradi. Masalan, qashqaldoqlar yirtqich paydo bo`lishi bilanoq bir joyda to`planib,
oyoqlari bilan suvni shapillatib fontan hosil qiladi. Bu esa ayrim organizmlarni
dushman farqlay olmasligiga qaratilgan. Otlar esa yirtqich hayvonlar paydo bo`lishi
bilanoq to`planishib, boshlarini oldinga, keyingi oyoqlarini orqaga qilib,
doira hosil
qiladi hamda keyingi baquvvat oyoqlari bilan dushmandan o`zini himoya qiladi. Har
xil o`simlik, hayvonlar turidagi organizmlar orasidagi ma’lum munosabatlar bevosita
yoki bilvosita ravishda turga mansub organizmlarning ko`payishiga va yashab
qolishiga ta’sir ko`rsatadi. Bu munosabatlar ko`p hollarda tur uchun umumiy bo`lgan
178
adaptatsiyalarni ifodalaydi. Tur ichidagi munosabatlar xarakteri bo`yicha o`zaro
kurash, raqobat, hamkorlik, yordam formasida ro`y beradi. Individual va gruppa
o`rtasidagi kurash, raqobat, o`zaro yordam va hamkorlik ko`pincha biri-ikkinchisiga
o`tib turadi va bir hodisaning har xil ko`rinishi sifatida namoyon bo`ladi (32, 33-
rasmlar).Organizmlar o`rtasidagi munosabatlarning ijobiy va salbiy tomoni bor. Buni
dengiz mushuklarining poligam oilalarida ko`rish mumkin. Bu holatda poligamlik
turga mansub organizmlarning optimal sonini belgilash bo`yicha moslanish
hisoblanadi. Biroq bu moslanishning salbiy tomonlari ham bor. Yangi tug`ilgan
dengiz mushuklarida erkak va urg`ochi formalarning o`zaro nisbati 1:1 ga teng bo`lib,
voyaga etgan organizmlarda esa 30—50 ta urg`ochiga bitta erkagi to`g`ri keladi. Olti
yoshgacha erkak va urg`ochi formalar bir xil nisbatda nobud bo`ladi.
Yetti yoshdan
so`ng, ya’ni erkaklari to`la boshliq bo`lish uchun o`zaro kurash boshlaganidan keyin
o`lish birmuncha ko`payadi va erkaklari to`da soniniig ⅓ ga to`g`ri keladi (34-rasm).
Jinsiy tanlanish tufayli eng kuchli erkak individlar saqlana boradi. Bu esa jinsiy
dimorfizmning keskin ifodalanishiga olib keladi.
32-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: