Genetika va evolyutsion


Yangi turlar hosil bo`lishida poliploidiyaning roli



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

3.Yangi turlar hosil bo`lishida poliploidiyaning roli. 
Xromosomalarning soni, shakli va yirik-maydaligi har bir turda o`ziga xos bo`ladi. 
Xromosomalarning soni tabiiy tanlanishda katta ahamiyatga ega. Gaploid 
xromosomalarning birgalikda o`z vazifasini o`taydigan genlar yig`indisi 
genom 
deb 
ataladi. Xromosomalarning umumiy soni esa 
xromosoma to`plami 
deyiladi. Odatda, 
xromosomalar to`plami bir yoki bir nechta genomlarni o`zida birlashtiradi, Har bir 
genom 
«n» 
harfi bilan ifodalanadi. Ko`p hujayrali organizmlarning xromosomalar
to`plami 
2n, 3n

4n, 5n 
va hokazo bo`lishi mumkin. 
Hujayralar mitoz va meyoz bo`linishining normal kechmasligi, xromosomalarning 
qiz hujayralarga teng miqdorda tarqalmasligiga sabab bo`ladi. Natijada hosil bo`lgan 
hujayralarning birida xromosomalar soni ikkinchisiga qaraganda 1, 2, 3 ta ortiqcha 
yoki kam bo`lishi mumkin. Ayrim hollarda u yoki bu xromosomalar o`zaro 
translokatsiyada yo`qoladi yoki hosil bo`ladi. Ko`p organizmlarda xromosomalarning 
sentromerga yaqin qismi genetik jihatdan inyert hisoblanadi. Darlington taxminiga ko`ra, 
agar xromosomaning sentromerdan uzoq qismi translokatsiyada boshqa xromosomalar 
bilan qo`shilib ketsa, u holda xromosomaning sentromer bilan qolgan qismi 
konyugatsiyalanmaydi va yo`qolib ketadi. Bunday vaqtlarda genomda bitta xromosoma 
kam bo`lsa, mazkur genomga ega organizmlar ota-ona formadan alohidalashadi. Agar 
shunday o`zgarishga ega organizmlar yangi populyatsiya hosil etgudek bo`lsa, 
keyinchalik ham bu populyatsiyada alohidalanish davom etadi. 
Xromosoma mutatsiyasi tufayli ba’zan hujayra yadrosida bitta xromosoma ortib 
ketadi. Xromosomalari soni bir nechtaga oshgan yoki kamaygan shunday formalar 
aneuploid 
formalar deyiladi. Xromosomalarning aneuplodiya yo`li bilan o`zgarishi 
o`simliklarda ayniqsa yaxshi o`rganilgan. Chunonchi, murakkabguldoshlar oilasiga 
mansub avlodidagi skerda o`simligining genomi 3, 4, 5, 6, 7
n
xromosomadan iborat 
bo`ladi. Togbi aniqlashicha, 
C. foliginosa (n-3) 
turi C
. neg1esta 
turi yoki uning ajdodi 4
n
dan kelib chiqqan. Ma’lum bo`lishicha, C
. neg1esta 
turida C xromosomaning bir 
bo`lagi, aftidan, inert, boshqa bo`lagi esa 

xromosomaga qo`shilgan bo`lishi ehtimoldai 


188 
yiroq emas. Bu hodisa mazkur ikki tur chatishishidan hosil bo`lgan F
1
 
duragaylarning 
xromosomalari kon’yugatsiyasida ko`zga yaqqol tashlanadi. C
.Kotshijana 
(n-4) turi 
qayd qilingan usul bo`yicha C
. foetiga 
(
n
-5) ga yaqin turdan kelib chiqqan. 
Sarex 
(iloq) avlodida aneuploidiya qatorlari ayniqsa keng o`rin oladi. Unda 12 tadan 43 
tagacha xromosomali formalarni uchratish mumkin. 
Hujayralarning mitoz va meyoz bo`linishi xromosomalarning bo`g`indan-
bo`g`inga doimiy sonini saqlovchi mexanizm bo`lib xizmat qiladi. Axromatin 
iplarining qisqarish funksiyasining yo`qolishi yoki sentriolalarda ro`y beradigan 
o`zgarishlar tufayli ba’zi hollarda tsitokinez bo`lmasa ham xromosomalar soni 
endomitoz yo`li bilan karrali ortadi. Bunga 
poliploidiya 
deyiladi. Eski tur xromosoma 
genomining bir necha hissa ortishi hisobiga yangi turlar paydo bo`lishi mumkin. 
Ular poliploid turlar bo`lib, simpatrik usulda yangi turlar hosil bo`lishiga yaqqol 
misoldir. Tabiatda, ayniqsa, o`simliklar orasida poliploid turlar keng tarqalgan. 
Aniqlanishicha, gulli o`simliklarning ⅓ qismi poliploid turlardan tashkil topgan. 
Akad. P. M. Jukovskiy ta’biri bilan aytganda, insoniyat asosan poliploid o`simliklar 
hisobiga oziqlanadi. Xromosomalar sonining karrali ortishi natijasida yaqin turlar 
paydo bo`lib, poliploid qatorlar hosil qiladi. 
Triticum, Avena, Rosa, Uicia, Crepus, 
Purus, Gossupium, So1anum 
va boshqa avlodlar poliploid qatorlarga misol 
bo`ladi. Masalan, xrizantema avlodiga mansub turlarda xromosomalarning gaploid 
to’plami 9 ga teng. Ular diploid to’plamida 18, 36, 90 xromosomali turlar, 
Nicotiapa 
avlodida 24, 48, 72 xromosomali turlar, 
Triticum 
avlodida 14, 28, 42 xromosomali 
turlar uchraydi.
37-rasm.
 Evrosiyo florasida tarqalgan poliploid turlarning gulli o`simliklarning 
umumiy turiga nisbati (%). Poliploid turlar Arktikada va baland tog` 
rayonlarida ko`p uchraydi. 


189 
Binobarin, ana shu ma’lumotlarga asoslanib, yangi turlar dastlabki turga 
kiruvchi organizmlar genomining 4, 6, 8, 10 hissa ortishi hisobiga hosil bo`lganligini 
ko`rish mumkin. G`o`za avlodida 26 va 52 xromosomali turlar bor. G`o`zaniig 52 
xromosomali turlari 26 xromosomali tur duragayi xromosoma to’plamining ikki 
hissa ortishi hisobiga ro`yobga chiqqan degan taxminlar bor. Hayvonot 
dunyosida poliploid usulda tur paydo bo`lish hodisasi juda kam uchraydi. Ular 
hozirgacha askaridalar, yomg`ir chuvalchanglari, uzuntumshuq qo`ng`izlar, tut ipak 
qurti, losos balig`i va boshqa ba’zi bir hayvonlar guruhida aniqlangan. Poliploid 
turlar hayot uchun noqulay bo`lgan shimoliy kenglikda, baland tog`li rayonlarda 
ayniqsa keng tarqalgan. Masalan, Islandiyada gulli o`simliklarning 55%, O`rta 
Yevropada 40 % poliploid tur hisoblanadi (37-rasm).Jadvalda keltirilgan ma’lumotlar 
ham diploid o`simlik turlariga nisbatan poliploid o`simlik turlari muhitning noqulay 
sharoitiga ko`proq moslaShuvchan ekanligidan dalolat beradi.

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish