Mavzu:Yer sharida inson.
Reja:
Yer shari aholisi va irqlar haqida tushuncha.
Yer shari aholisi va irqlar haqida tushuncha.
Insonninggeografik qobiq unsurlariga ta`siri.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Yer shari aholisi va irqlar haqida tushuncha.
Bosh miyasi taraqqiy etgan odamning vujudga kelishi, o‘z navbatida kishilik jamiyatini ham vujudga keltirdi. Bu davrga kelib odamlarda biologik evolyutsiya to‘xtadi. Lekin ularda ma’lum hudud tabiiy sharoitining ta’sirida uncha muhim boMmagan biologik belgilar saqlanib qolgan. Boshqacha qilib aytganda, tabiiy sharoit ta’sirida Yer sharining turli joylarida yashagan odamlar tashqi qiyofasi (terisining rangi, sochi, burni va boshqalar) jihatdan bir-biridan farq qila boshlaganlar, ya’ni irqlar paydo boMgan. Dunyo aholisi uchta asosi irqqa ular: yevropoid, mongoloid, ekvatorial (negroid) irqlardir. Lekin shuni esdan chiqarmaslik kerakki, bu uchta irqqa kiruvchi hamma odamlar anatomik-fiziologik jihatdan farq qilmaydi, ya’ni ularning qon aylanish tizimi, miya tuzilishining strukturasi bir xil. Har xil irq vaki 1 larining chatishishi (metisatsiya) natijasida oraliq irqlar paydo bo`lari. Bu jarayon irqlarning qon-qarindoshligini va ularning kelib
chiqishi birligini bildiradi. Shunday qilib, irqlar odamlarning ma’lum hududda, o‘sha tabiiy
sharoitga moslashishi oqibatida ularning tashqi qiyofasining okzgarishidan vujudga kelgandir. Darhaqiqat, sovuq va Quyosh radiatsiyasi uncha kuchli boMmagan joylarda yashagan xalqlarning badani oq, burun kataklari esa sovuq iqlim shroitida nafas olishga moslashgan. Bunday alomatga ega boMgan katta bir guruh odamlar yevropoid irqiga mansubdir. Yevropoid irqi okz navbatida ikkita kichik irqqa shimoliy va janubiy irqlarga boMinadi. Shimoliy kichik irqqa Skandinaviya yarim oroli va Boltiq dengizi atrofidagi odamlar kirib, ular sariq sochli boMadi. Janubiy kichik irqqa O'rta Yevropa, 0‘rta dengiz atrofi, Kavkaz, O'rta Osiyoda (olzbeklar va tojiklarning bir qismi) yashaydigan qora sochli odamlar kiradi. Yer sharining quruq, issiq, seroftob hamda qattiq shamol esib, chang-to‘zon va bo'ron boMib turadigan hududlarida yashagan bir guruh odamlar o'sha sharoitga moslashganlar, ularning ko‘zlari qisiq bo`lib, bular mongoloid irqi vakillari hisoblanadilar. Mongoloid irqi ikki kichik irqqa-Osiyo va Amerika kichik irqlariga
bo`linadi. Osiyo kichik irqiga O krta Osiyo (tojiklar va o‘zbeklarning bir qismi, qozoqlar, qirgMzlar), Mangoliya, Hindixitoy, Koreya, Xitoy, Yaponiya, indoneziya kabi hududlarda yashovchi xalqlar, shuningdek, buryatlar, yakutlar, tuvaliklar, chukchalar, koryaklar kiradi. Amerika kichik irqiga esa indeyslar kiradi. Yer sharining yil bo‘yi issiq va sernam, Quyosh radiatsiyasi intensiv bo`lgan yerlarda shu sharoitga moslashgan, badanlari qora, jingalak sochli, keng burunli, qalin labli ekvatorial irqqa mansub odamlar yashaydi. Ekvatorial irqqa kiruvchi odamlar terisida pigmentlar ko‘p bo`lib, pigmentlar kishilarni Quyoshning ultrabinafsha nurlaridan saqlaydi.
Sochlarini jingalak bo"lishi esa boshning oftobda haddan tashqari isib ketishdan saqlasa, burun va labning katta boMishi bugManishni osonlashtirishga moslashgan. Evatorial irq ham ikkiga - Afrika kichik irqiga va Okeaniya kichik irqiga boMinadi. Tayanch so‘z va iboralar Geografik qobiq, geologik rivojlanish, geosferalarning shakllanishi, yerda hayotning paydo boMishi, odamning paydo bo`lishi, noosfera, irqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |