Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

Arxallaksis
yunoncha 
arshe 
— boshlang`ich, 
allaxis 
almashinish degan 
ma’noni bildiradi. Morfogenezning dastlabki bosqichida ro`y beradigan o`zgarish — 
arxallaksisda organ tamomila o`zgarib yangilanadi hamda uning rivojlanishi 
ajdodlarinikiga nisbatan tamomila boshqacha yo`nalishda boradi. 
Shunga ko`ra, arxallaksisda faqat organning asosi vujudga kelgandagina 
rekapitulyatsiya amalga oshadi. Uning keyingi rivojlanishi esa o`zgacha yo`nalishda 
bo`ladi. Ilonlardagi umurtqalar, ko`p baliqlarning suzgich pardalaridagi shu’lalar, 
tishli kitlardagi tishlar sonining miqdor jihatdan ortishi arxallaksisga misoldir. Sut 
emizuvchilar junining rivojlanishini ham arxallaksisga misol qilib ko`rsatish 
mumkin. Jun rivojlanishining eng ilk davri tangacha rivojlanishining dastlabki 
davrlariga o`xshaydi. Bu epidermis hujayralarining to`plana borishi bilan 
ifodalanadi. Lekin keyinchalik bu to`plangan epidermis hujayralari rivojlanayotgan 
biriktiruvchi to`qima so`rg`ichlari tazyiqi ostida oldinga bo`rtib chiqish o`rniga, 
chin teriga botib, ichkariga kiradi. Binobarin, junning keyingi rivojlanishi o`ziga xos 
usulda boradi. Demak, sut emizuvchilar junining ontogenezida plakoid tangacha 


210 
strukturasining filogenezi batamom takrorlanmaydi. Arxallaksis hayvonlarga 
nisbatan o`simliklar olamida keng tarqalgan. Arxallaksis yo`li bilan ikki pallali 
murtakdan bir pallali murtak rivojlangan, murakkab bargdagi barglar soni yoki 
androtseydagi changchilar soni ortgan. 
Organlarning rivojlanish yo`nalishini o`zgartira oladigan filembriogenez bilan 
bir qatorda, organizm rivojlanishidagi belgi va organlarning tamoman yo`qolish 
xollari ham uchraydi. Seversov bularni salbiy anaboliyalar, arxallaksislar va 
deviatsiyalar deb atagan. U salbiy filembiriogenezning 2 xilini farq qilgan. Salbiy 
filembriogenezning birinchi xilida organ embrionining dastlabki bosqichi qisqaradi
natijada uning tuzilishi soddalashib, voyaga etgan hayvonlarda o`z funksiyasini 
yo`qotadi va rudiment holda saqlanib qoladi. Ikkinchi xilida embrionning asosi normal 
vujudga keladi, biroq rivojlanishning keyingi bosqichlarida kichrayib, reduksiyaga 
uchraydi va voyaga etgan organizmlarda butunlay yo`qolib ketadi.
Organlarning reduksiyalanish jarayoni filogenezdagi ixtisoslashgan evolyutsion 
rivojlanishdir. Uning yo`nalishini tabiiy tanlanish jarayoni belgilaydi. Tabiiy tanlanish 
yo`nalishining o`zgarishi oddiy va murakkab tuzilishdagi sabab bo`ladi. Organlar 
tuzilishining reduksiyalanish yo`nalishi bilan bog`liq makroevolyutsiya jarayoni 
mikroevolyutsiya jarayonlari orqali amalga oshadi.
Seversovning filembriogenez nazariyasi ontogenez bilan filogenez o`rtasidagi 
o`zaro qarama- qarshilik va bog`liqlikni ko`rsatib, uning dialektikasini namoyish 
etadi. Seversov ta’limoti Shmalgauzen, Matveyev va boshqalar tomonidan 
rivojlantirildi. Ular ontogenez yangilanishining yoki o`zgarishining asosiy 
yo`nalishlari, ularning ekologik-fiziologik asoslari, bu jarayonda funksiyaning roli, tur 
ichidagi o`zgarishlar hamda divergensiya sabablarini aniqlashga o`z e’tiborlarini 
qaratdilar. Chunonchi, Shmalgauzen forma hosil qilish jarayonida korrelyatsiya va 
koordinatsiyaning ahamiyatini ko`rsatdi. A.A.Paramonov evolyutsion rivojlanish 
uchun boshlang`ich material hisoblangan mutatsion va kombinatsion o`zgarishlar 
ontogenezning turli bosqichlarida ro`y berishini, lekin ulardan faqat tanlanish 
nazoratida bo`lib, forma hosil qilish jarayonida qatnashgan o`zagarishlar 
filembriogenetik ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish