Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

(Be1one acus)
 
ning individual 


207 
rivojlanishi yaqqol misol bo`ladi. Bu baliq jag`ining tuzilishi bilan o`ziga yaqin
bo`lgan boshqa baliqlardan farq qiladi. Odatda, uning yuqorigi va pastki jag`lari 
uzunasiga cho`zilgan bo`lib, uzun tumshuq hosil qiladi. Bu baliqning uzunligi 10 mm 
keladigan embrionida ikkala jag` uzunlashmagan, faqat pastki jag` bir oz oldinga 
bo`rtib chiqqan bo`ladi. Sarganga qon-qarindosh baliqlarning ko`pchiligida, 
chunonchi, aterinkada bunday holat voyaga yetgan baliqlarda saqlanadi.
 
41-rasm.
 Sargan chavaqlarining rivojlanishidagi izchillik: 
I — uzunligi 10 mm li chavag`i; II — uzunligi 2 mm li chavag`i; III — uzunligi 91 
mm li chavag`i;IV — voyaga yetgan sargan; 1-yuqori jag`i; 2 — pastki jag`i. 
Sarganda esa avval pastki jag` uzunlashib, 20 mm ga yetadigan chavog`ida u 
yuqorigi jag`dan bir necha marta uzun bo`ladi. Sargan chavag`ining uzunligi 9 sm 
ga etgandan so`ng, yuqorigi jag` ham uzaya boshlaydi. Bu holat 
Hemiramphus 
avlodiga mansub baliqlarning voyaga etgan formalarida bir umr saqlanib qolgan. 
Sargan balig`ida esa yuqorigi jag`ning uzayishi keyinchalik ham davom etadi. 
Binobarin, aterinka balig`iga nisbatan sargan balig`ining individual rivojlanishida 
ikkita qo`shimcha faza — gemiramfus va aterinka fazasi bo`ladi (41- rasm). 
Xuddi shunga o`xshash, dengiz shaytoni deb ataluvchi baliqlarda ham ko`krak 
suzgich qanotlari individual rivojlanishda ikki marta o`z holatini o`zgartiradi. 
Rivojlanishning birinchi bosqichida ular ko`krak suzgich qanotining akulasimon 
baliqlarnikiga o`xshash gorizontal holati, keyin esa ko`pchilik suyakli baliqlarga xos 
bo`lgan vertikal holati namoyon bo`ladi. Keyingi rivojlanishda ko`krak suzgich 
qanoti yana gorizontal holatga o`tadi, lekin uning uchi orqaga qayrilgan bo`ladi. 
Anaboliya usuli ontogenezda organlarning hosil bo`lish davri ajdod 


208 
organlarnikiga nisbatan uzayishiga olib keladi. Filembriogenezning anaboliya usuli 
o`simliklar dunyosida ham keng tarqalgan. O`simliklardagi anaboliyaga palmalar 
bargining rivojlanishini misol qilib ko`rsatish mumkin. Kuzatishlardan ma’lum 
bo`lishicha, palma barglari kurtak holida yaxlit plastinkadan iborat bo`ladi. 
Ontogenetik rivojlanishning keyingi davrida barglar bo`laklarga bo`linib, patsimon 
yoki elpig`ichsimon shaklga kiradi. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish