Genetika va evolyutsion


v. Funksiyaning aktivlashish



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

v. Funksiyaning aktivlashish
hodisasi yangi funksiyaga ega bo`lish 
natijasida organning yangi lanishidan iborat. Chunonchi, ilonlarda harakatsiz jag`li 
ajdodlardan keyinchalik harakatchan jag`li formalar rivojlangan. Bu xolat zaharli 
tishlarning harakatlanishi, oziqlanishga bo`lgan moslanish bilan bog`liq.
Baqalarda harakatchan tos suyak, mushuklar oyog`ida o`tkir tirnoqlar tarixiy 
jarayonda shu usul bilan rivojlangan. 
g. Funksiyaning immobilizatsiyasida 
funksiyaning ilgarigi aktivligi 
yo`qoladi yoki susayadi. Natijada ilgari aktiv bo`lgan organlar passiv organlarga


199 
harakatchan organlar harakatlanmaydigan organlarga aylanadi. Qayd qilingan
yo`nalish asosida qushlarda bel, dumg`aza birlashib ketib, harakatlanish 
funksiyasini 
yo`qotgan. 
Shuningdek, 
sink 
kaltakesagi 
ilonlarga 
o`xshab 
harakatlangani sababli oyoqlari yo`qolgan. 
d. Funksiyaning ajralishi.
Bunday filogenetik ajralishda bir organ bir qancha 
mustaqil bo`limlarga ajralib, ularning har bir bo`lagi alohida funksiya bajaradi. 
Masalan, baliqlarda toq suzgich qanotlarning ajralishi ularning ayrim bo`limlarida 
funksiyaning o`zgarishiga bog`liq. Oqibatda oldingi bo`limlari (yelka hamda anal 
suzgich qanotlari) rul, keyingi bo`limlari (dum suzgich qanotlari) esa 
harakatlanish organi vazifasini bajara boshlagan. Yuqorida bayon etilganlardan 
xulosa qilib, organlarning filogenetik o`zgarishi asosida ontogenetik o`zgarishlar kelib 
chiqishini qayd etish lozim. Ontogenezda organlarning o`zgarishi esa genotipik 
o`zgarishlar, mikroevolyutsiya jarayonlari bilan uzviy bog`liqdir. 
6. Organlar oligomerizatsiyasi, polimerizatsiyasi va koordinatsiyasi. 
Oligomerizatsiya hodisasi Dogel tomonidan aniqlangan. 
Oligomerizatsiya 
deyilganda, tarixiy rivojlanish jarayonida o`xshash organlar va tuzilishlarning 
birlashishi jarayoni tushuniladi. Bunday birlashish barcha o`xshash organlarning 
asosiy funksiyasi kuchayishiga sabab bo`lishi mumkin. Bu hodisa ba’zan asosiy 
funksiyaning keskin kuchsizlanganligidan dalolat beradi. Oligomerizatsiya hodisasi 
ko`p hujayrali organizmlarning barchasi, ayniqsa progressiv rivojlanayotgan, turlarga 
boy guruhlarida uchraydi. Bo`g`imoyoqlilar filogenezida tana segmentlari, qorin nerv 
zanjirining tugunlari; qisqichbaqasimonlarda oyoqlar, ko`zlar soni; umurtqalilarda 
bosh skeletsizlardan to`garak og`izlilar, suyakli baliqlar, amfibiyalarga o`tgan sari 
jabra yoriqlari; baliqlardan sudralib yuruvchilar, sut emizuvchilarga o`tgan sari tishlar 
sonining kamayishi; qushlar, sut emizuvchilar filogenezida kalla qutisi suyaklari
umurtqalar, 
oldingi, 
keyingi 
oyoq 
suyaklari 
sonining 
kamayishi 
oligomerizatsiyaga misol bo`ladi. 
Umurtqalilarda bir vaqtlar mustaqil bo`lgan dum suyaklari keyinchalik o`zaro 
qo`shilib ketib, tananing keyingi qismi— tayanch vazifasini kuchaytirgan. 
Oligomerizatsiya jarayonida o`xshash organlar qisqarsada, ularning hajmi ortadi, 
funksiyasi esa jadallashadi. Organlarning oligomerizatsiyasi bilan bir qatorda 
polimerizatsiya hodisasi ham keng tarqalgan. Polimerizatsiya deyilganda, bir xil 
organ yoki tuzilishning son jihatdan ortishi tushuniladi. Bu hodisa, jumladan uzun 
dumli sut emizuvchilarda dum umurtqalarining qayta ko`payishi holatida amalga 
oshadi va dumning harakatini kuchaytiradi. Dum umurtqalarining son jihatdan ortishi 
uning harakatchanlik funksiyasini orttirishdan tashqari, hasharotlarni ko`rish, 
tayanch va harakatlantirish orqali tuyg`uni ifoda qilish vazifasini bajaradi. 
Polimerizatsiya hodisasi bir qancha umurtqasiz hayvonlarga ham tegishlidir. 
Halqali va yassi chuvalchanglar, bo`g`imoyoqlilarda o`xshash tuzilgan ko`p 
segmentlarning takrorlanishi bunga yaqqol misoldir. Polimerizatsiya o`simliklarda 
ham uchraydi. Gultojibarglar, changchilarning son jihatdan ko`p bo`lishi 
polimerizatsiyani ifodalaydi. 
Har qanday organizm bir butun sistemani tashkil etadi. Uning organlari 
o`rtasidagi bog`lanishlar, evolyutsiya jarayonida murakkablashadi, takomillashadi. 
Tarixiy jarayonda tabiiy tanlanish organizm organlari va qismlarining faqat 


200 
ontogenezda emas, balki filogenezda ham o`zaro moslanishi bir butunligini vujudga 
keltiradi. 
Tarixiy 
jarayonda 
organlarning 
bir-biriga 
moslanish 
organlar 
koordinatsiyasi 
deb ataladi. Organlar korrelyatsiyasi va koordinatsiyasining 
evolyutsiyasi organizmning bir butunligini oshirishga qaratilgan. Tabiiy tanlanish turli 
sistemadagi 
organizmlar 
organlarining 
bir-biriga 
nomuvofiqligini 
hamda 
organizmning bir butunligiga putur yetkazuvchi irsiy o`zgarishlarni bartaraf etadi. 
Tarixiy rivojlanish jarayonida tabiiy tanlanish organizmlarning yashovchanligini, 
muhitga bo`lgan moslanishini oshiradi. Natijada organizmning o`zini-o`zi boshqarish 
qobiliyati takomillashib boradi. 
Progressiv ixtisoslashish qoidasi birinchi marta Sh. Depere tomonidan ifodalab 
berilgan. Bu qoidaga muvofiq, ixtisoslashish yo`nalishiga kirgan organizmlar guruhi 
o`zining keyingi rivojlanishidan ham chuqur ixtisoslashish tomon o`zgara boradi. 
Masalan, umurtqalilarning bir tarmog`i bo`lgan sudralib yuruvchilar evolyutsiya 
jarayonida uchishga moslasha boshlasa, u holda evolyutsiyaning keyingi 
bosqichlarida moslanishning mazkur yo`nalishi saqlanadi va kuchaya boradi. Bu o`z-
o`zidan tushunarli. Axir ma’lum tuzilishga ega organizm istagan muhitda yashay 
olmaydi. Chunki organizmning tuzilishi u ma’lum muhitni tanlashini cheklab qo`yadi. 
Agar organizmning tuzilishi ixtisoslashishga ega bo`lsa, u vaqtda organizm yanada 
yaxshiroq, yashash hamda nasl qoldirishga imkon beradigai muhitni tanlaydi. 
Progressiv ixtisoslashish qoidasining xususiy ko`rinishi evolyutsiya jarayonida 
organizmlar tanasining kattalashishi bilan bog`liq. Tana hajmining ortishi moddalar 
almashinuvini tobora iqtisod qilishi (tana yuzasi hajmining kamayishi) ham 
ixtisoslashishning xususiy ko`rinishi sifatida e’tirof qilinishi lozim. Ikkinchi 
tomondan, tana hajmining ortishi yirtqich hayvonlar hujumida, g`animning esa 
himoyalanishida afzallikka ega. Organizmlarning oziq zanjiridagi munosabatlari ko`p 
guruhlarda tana hajmini oshiradi. Boshqa guruhlarda esa tana hajmi kichrayadi. 
Keyingi hodisa tuproq ostida, shuningdek, berkinib yashashga moslashgan 
organizmlarda namoyon bo`ladi. Chunonchi, sichqonsimon kemiruvchilar bilan 
obligat oziqlanuvchi latchada ana shunday. Bu misol yuqoridagi qoida nisbiy 
ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish