Genetika va evolyutsion


 Gomologik va analogik organlar



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

7. Gomologik va analogik organlar. 
Darvingacha ko`p biologlar umurtqalilarning turli sinflariga mansub hayvonlarda 
ba’zi organlar o`xshash ekanligiga diqqat-e’tiborni qaratdilar. Sent-Iler birinchi 
marta analogik organlar to`g`risida mulohaza yuritdi. Bu termin asosida u hozirgi 
zamon tushunchasi bilan aytganda, gomologik organlarni e’tirof qildi. Keyinchalik 
qayd qilingan tushunchaga yanada aniqlik kiritildi. Funksiya jihatdan o`xshash 
organlar 
analogik, 
kelib chiqish jihatdan o`xshashlari 
gomologik organlar 
deb atala 
boshlandi. 
Odatda, 
gomologik organlar 
hayvonlar tanasida bir xil joylashgan, o`xshash 
murtakdan rivojlangan va tuzilishi ham o`xshash bo`ladi. Gomologik organlarga 
quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlarning oldingi oyoqlarini misol qilib 
ko`rsatish mumkin. Chunonchi, baqa, kaltakesak, ko`rsichqon, ayiqning oldingi 
oyoqlari, kitniig lasti, qushlarning qanoti, ko`rshapalaklarning uchish pardasi har xil 
vazifa bajarishidan qat’i nazar, bir xil tuzilgan bo`ladi. Ularning hammasi yelka, 
bilak, tirsak, kaftust, kaft va barmoq suyaklaridan tashkil topgan. Umurtqalilarning 


201 
har xil guruhlarida skeletning katta-kichikligi, shakli har xil bo`lsa ham tuzilishi 
o`xshashligi uchun ular gomologik organlar hisoblanadi. O`simliklarda novda 
metamorfozidan hosil bo`lgan tugunak, piyozbosh, ildizpoyani gomologik organlarga 
misol qilib ko`rsatish mumkin. 
Gomologik organlarni o`rganish u yoki bu organning kelib chiqishini isbotlashda 
muhim o`rin tutadi. Masalan, ilonlarning zahar bezlari so`lak bezlarining 
o`zgarishidan kelib chiqqanligi, kapalaklarning so`ruvchi xartumchasi boshqa 
hasharotlarning pastki jag` juftlariga gomolog ekanligi isbotlangan. 
Anologik 
organlar 
deganda, kelib chiqishi,
tuzilishi har xil, lekin vazifasi o`xshash bo`lgan 
organlar tushuniladi. Chunonchi, baliqlarning jabrasi ichakning halqum qismini teshib 
o`tgan jabra yorig`idagi jabra yoylariga joylashgan jabra yaproqlaridan tashkil 
topgan. Dengizda yashaydigan har xil halqali chuvalchanglarda harakatlanish 
organlari — parapodiyalar atrofidagi ayrim segmentlarning tashqi o`simtalari jabra 
vazifasini bajaradi. 
40-rasm.
 O`simliklar bilan hayvonlarning analogik organlari: 
A — zirkning tikani bargning: B-oq akatsiya tikoni yon bargning; V —do`lana 
tikoni novdasining; G — maymunjon tikoni po`stloqning o`zgarishidan hosil bo`lgan; 
D — umurtqali hayvon va boshoyoqli mollyuskaning ko`zi boshqa-boshqa 
boshlang`ich asosdan rivojlangan. 
Itbaliqning tashqi jabrasi, baliqlarning jabrasi, shuningdek, qushlar va 
kapalaklarning qanoti kelib chiqishi va tuzilishiga ko`ra har xil bo`lib, lekin bir 
xil vazifani bajaradi (40-rasm). 
Analogik organlar o`simliklar dunyosida ham ko`plab uchraydi. Chunonchi, 
tokning jingalaklari novdaning, oddiy no`xatniki bargning o`zgarishidan hosil 
bo`lgan. Ayrim hollarda gomologiya bilan analogiya, ya’ni organlarning tuzilishi 
bilan funksiyasi o`zaro o`xshash bo`ladi. Masalan, qushlarning qanoti bilan 


202 
ko`rshapalaklarning uchish pardasi taqqoslansa, ular tuzilishi, funksiyasiga ko`ra 
o`xshashligini ko`ramiz. Shuningdek, umurtqali hayvonlarning ko`p organlari 
(bosh miyaning har xil qismlari, orqa miya, sezuv organlari, yurak, jigar va 
boshqalar) ham tuzilishi va funksiyasiga ko`ra o`xshash bo`ladi. Organlarning 
analogik va gomologik o`xshashligini aniqlash evolyutsion rivojlanish yo`lini, turli 
formalar orasidagi qarindoshlikni va nihoyat tabiiy tanlanish ta’siri yo`nalishini 
ifodalashi mumkin.

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish