Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

palingenezlar
 
— palingenetik belgilar deb atadi.
Quruqda yashovchi umurtqalilarning embrional rivojlanishida uchraydigan jabra 


205 
yoylari, ikki kamerali yurakni palingenezlarga misol qilib keltirish mumkin. 
Qadimgi belgilardan tashqari, organizmning embrional va lichinkalik davrida 
muhitga moslashtiruvchi belgilari borligini ko`rsatib, Gekkel ularni 
senogenetik 
belgilar

ya’ni 
senogenezlar 
deb atadi. Amniotlarning murtak pardasi (amnion, 
allantois, xorion), sut emizuvchilarning yo`ldoshi, qushlar tuxumining sariqligi 
senogenezlarga misoldir. Gekkel senogenezlarga organlarning rivojlanish muddati va 
o`rnining o`zgarishi bilan bog`liq bo`lgan o`zgarishlarni ham kiritdi, Odatda, ma’lum 
gruppa hayvonlarda progressga uchragan organlar rivoji doim oldin boshlanib, 
boshqa organlarga nisbatan uzoq muddat davom etadi. Masalan, umurtqalilarning 
yuksak vakillari (qushlar va sut emizuvchilar) da bosh miya va sezgi organlari 
tuban vakillari (amfibiya va boshqalar) dagiga nisbatan oldin rivojlanadi va uzoq 
muddat davom etadi. Aksincha, ontogenezda regressga uchragan organlarning 
individual rivojlanishi sekinlik bilan boradi. Umurtqalilarning yuksak vakillarida 
jinsiy bezlar tuban vakillariga nisbatan keyinroq rivojlanishi yuqoridagi qonun bilan 
izohlanadi. 
Embrional rivojlanishda organlarga asos solinish vaqtining bunday o`zgarishi 
geteroxroniya 
deyiladi. Ontogenezda organlarning tanada joylashishi ham o`zgaradi. 
Yuksak umurtqali hayvonlarda dastlab bo`yin vujudga kelishi hisobiga yurakning 
o`rni baliqlarnikiga nisbatan ko`krak qafasining ichkarisiga ancha surilgan. Bunday 
o`zgarish 
geterotropiya
 
deb a tal adi . 
Gekkel va Myuller tomonidan ilgari surilgan biogenetik qonun keyinchalik turli 
hayvon guruhlarining filogenetik tarixini tiklashga oid tadqiqotlarni avj olishiga 
sabab bo`ldi. Bu qonun paleontologiyaga ham tatbiq qilindi. Oqibatda L. 
Vyurtenberger qirilib ketgan boshoyoqli mollyuskalar — ammonitlarda, Gayett 
qazilma mollyuskalarda, Ryutimeyer qazilma holdagi otlarda rekapitulyatsiya 
hodisasini aniqlashga muvaffaq bo`ldilar. 
Rekapitulyatsiya botanika sohasida ham o`z ifodasini topdi. Natijada yuksak 
o`simliklarda tuban formalarga xos shoxlanish tipi, paporotniklarda birinchi 
barglarining dixotomik tuzilishi kabilar kashf qilindi. 
Asosiy mazmuni Darvin, keyinchalik F. Myuller, E. Gekkel tomonidan bayon 
etilgan biogenetik qonunga ko`ra, ontogenez bilan filogenez o`rtasidagi 
munosabatlar to`g`ri ifodalab berildi. Biogenetik qonun xilma-xil organizm 
guruhlari o`z ontogenetik rivojlanishi bilan ozmi-ko`pmi o`xshash ekanligini 
ko`rsatdi. Bu bilan organik olamniig monofiletik kelib chiqishi haqidagi g`oya
yana 
bir marta tasdiqlandi. Lekin Gekkel biogenetik qonunga uncha to`liq ta’rif bermadi. 
Chunki u ontogenez bilan filogenez muammosini bir tomonlama yoritgan. U 
biogenetik qonunga ta’rif berishda «ontogenez filogenezning qisqa va tez 
takrorlanishidan iborat» degan iborani ishlatib, filogenez uchun asosan palingenetik 
belgi-xossalar ahamiyatlidir, degan. E.Gekkel evolyutsiya jarayonida filogenezga 
katta o`rin berib, unda ontogenezning rolini to`liq ko`rsatmadi. Uning mulohazasiga 
ko`ra, ontogenezda paydo bo`lgan har qanday yangi lik filogenezni xiralashtirar ekan 
(masalan, geterotopiya va geteroxroniya). 
Darvin evolyutsiya jarayoni individual rivojlanishning hamma bosqichlarini 
qamrab oladi, ontogenez ham evolyutsiyani o`z boshidan kechiradi va uning yangi 
lanishi filogenetik tarixga kiradi, deb e’tirof qildi. U filogenezga nisbatan ontogenez 
har xil usullar bilan o`zgaradi va ular evolyutsion rivojlanishda muhim ahamiyatga 


206 
ega bo`ladi, deb ko`rsatdi. Darvinning bu sohadagi mulohazalari F. Myuller 
tomonidan aniqlashtirilgan bo`lsada, u Gekkel uchun tushunarsiz bo`lib qoldi. Shunga 
ko`ra, qayd qilingan Darvin — Myuller fikrlari Gekkelning biogenetik qonunida o`z 
ifodasini topmadi. 
Ko`pgina olimlar tomonidan olib borilgan kuzatishlar hamda ontogenezda 
rivojlangan ajdod belgilarini o`rganish shuni ko`rsatdiki, embrionda qadimgi ajdodlar 
voyaga etgan formalarining emas, balki ular embrionining belgilari takrorlanar 
ekan. E.Menert umurtqali hayvonlarda ajdod belgilarining rekopitulyatsiyasidagi 
o`zgarishlarni o`rganib, hech vaqt ontogenezda filogenez aniq va to`liq 
takrorlanmasligini, chunki takrorlanish organizmlarga emas, balki ayrim organlarga 
xosligini ta’kidladi. Chunonchi, sut emizuvchilar embrionining ma’lum rivojlanish 
bosqichida jabra yoylari va arteriyalar rivojlanadi. Lekin bu vaqtda ular baliq 
tuzilishini to`liq takrorlamaydi, chunki boshqa organlar o`z rivojida baliqlarnikiga 
nisbatan ancha ilgarilab ketgan bo`ladi. Gekkel filogenezning o`zgarishi faqat 
ontogenezning oxirgi davridagi o`zgarishlaridan iboratdir, degan edi. Ko`pgina 
tadqiqotlar Gekkelning bu fikri to`liq emasligiii ko`rsatdi. Bu sohada akademik
A.N. Seversovning 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish