Genetika va evolyutsion


 Ontogenez embrionizatsiyasi



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

 
5. Ontogenez embrionizatsiyasi.
Ontogenez embrionizatsiyasi deyilganda, evolyutsiya jarayonida rivojlanish 
bosqichlari bir qismining ona organizm yoki maxsus tuxum yoki urug` qobig`i 
himoyasida o`tishga layoqatlanishi tushuniladi. Bundan ko`rinib turibdiki, embrion 
rivojlanish tiriklikning boshlang`ich xossasi bo`lmay, aksincha, evolyutsiya natijasi 
hisoblanadi. Ontogenez embrionizatsiyasi tobora murakkablashayotgan murtakning 
himoyalanishi va muhim ichki muhitda rivojlanishiga qaratilgan. Embrionizatsiyaning 
himoyalanish ahamiyatini hayvonlardagi embrion rivojlanishining har xil tiplari 
evolyutsiyasi misolida ko`rish mumkin. Mayda va oziq zapasi kam bo`lgan tuxum 
qo`yyuvchi kovakichlilar, bulutlar, polixetalar, qisqichbaqasimonlar, chuchuk suvda 
yashovchi suyakli baliqlar, amfibiyalarda tuxumdan rivojlangan lichinka 
harakatlanib mustaqil hayot kechiradi. Aksincha, oziqqa boy yirik tuxum qo`yuvchi 
organizmlar — boshoyoqli molyuskalar, akulalar, ba’zi bir suvda va quruqda 
yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va tuxum bilan ko`payuvchi sut 
emizuvchilarda tuxumdan lichinka emas, rivojlangan embrion hosil bo`ladi. Mazkur 
organizmlarda murtak uzoq vaqt tuxum ichida rivojlangan, uning ozig`i hisobiga 
yashagan va qobig`i bilan himoyalangan bo`ladi. Sudralib yuruvchilarda va 
qushlarda amfibiyalarga nisbatan ontogenez embrionizatsiyasi kuchaygan bo`lib, u 
rivojlanishning dastlabki bosqichlarining suv muhitisiz taraqqiy etishiga va tuxumda 
murtakning to`liq rivojlanishiga qaratilgan. Ontogenez embrionizatsiyasining eng 
muhim natijalaridan biri murakkab holda bo`lgan murtakning tez va isrofgarchiliksiz 
rivojlanishini ta’minlashdan iborat. Murtak morfogenetik korrelyatsiyalarining 
sistemaliligi, murakkabligi tufayli embrion rivojlanishi postembrion rivojlanishga 
nisbatan turg`un va qadimiydir. Embrion rivojlanishining turg`unligi rivojlanish 
darajasidan o`zgarishiga sabab bo`ladigan har qanday kichik mutatsiyalar paydo 
bo`lganda, bunday mutatsiyalarga ega formalarning nobud bo`lishi hisobiga 
ontogenez embrionizatsiyasini zararsizlantirishga qaratilgan bo`ladi. Demak, 
embrionizatsiya evolyutsiyada ontogenezning bir butunligini kuchaytirishga safarbar 
etilgan. Embrionning rivojlanishidagi ba’zi bir xossalarning ontogenezning 
postembrion davrida saqlanishi 
fatalizatsiya 
deb ataladi. Chunonchi, suvda ham 
quruqda yashovchilar, tog`ayli baliqlar, to`garak og`izlilar skeletida tog`ay 
to`qimasining saqlanishi, odam miya qutisi suyaklarining jag` suyaklariga nisbatan 
katta bo`lishi fatalizatsiyaga misoldir. 


217 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish