Irsiy kasalliklar genetik informatsiya (irsiy axborot) ning buzilishi natijasida kelib chikadigan kasalliklar; asosan, xromosomalar yoki genlardagi mutatsiyalar tufayli paydo boʻlib, nasldannaslga oʻtadi



Download 54 Kb.
bet1/3
Sana04.02.2022
Hajmi54 Kb.
#429712
  1   2   3
Bog'liq
Irsiy kasallikl-WPS Office


Irsiy kasalliklar - genetik informatsiya (irsiy axborot) ning buzilishi natijasida kelib chikadigan kasalliklar; asosan, xromosomalar yoki genlardagi mutatsiyalar tufayli paydo boʻlib, nasldannaslga oʻtadi. Mutatsiyalar tashqi muhit omillari (ionlashtiruvchi nurlar, ayrim biologik faol kimyoviy birikmalar) hamda organizm va hujayralardagi salbiy taʼsirlar oqibatida roʻy berishi mumkin.

I. k. asosan, klinikgenealogik usul bilan oʻrganiladi, bunda avlodlar shajarasi tuziladi. Bu usul yordamida I. k. (autosomdominant, autosom-retsessiv va jins bilan bogʻliq kasalliklar)ning turli yoʻllar bilan nasldannaslga utishi aniqlanadi. Autosomdominant kasalliklarda, kasallik autosomada joylashgan dominant genlar orqali nazorat qilinadi. Bunda kasallik har avlodda 50% dan ortiq hollarda uchraydi. Braxidaktiliya, araxnodaktiliya, retinoblastoma, psoriaznnng maʼlum bir turlari va b. shu yoʻl bilan nasldannaslga oʻtadi.

Autosom-retsessiv I.k. da patologik retsessiv genlar ota-onada boʻlsa, kasal bola tugʻilish ehtimoli bor, shuning uchun bu kasalliklar har avlodda uchramaydi. Lekin, bu ehtimollik oʻzgargan gen tutuvchi yaqin qarindoshlar oʻrtasida oila qurilganda oshadi. Bularga fenilketonuriya, mi-okloniya, epilepsiya, oligofreniyaiknt maʼlum bir turlari va b. misol boʻla oladi.

Maʼlum bir autosomdominant va autosom-retsessiv I. k. (mas, dalto-nizmnit maʼlum bir turi, gemofiliya A, sideroaxrestik anemiya va b.) jins bilan bogʻliq holda nasldannaslga oʻtadi.

Irsiy belgilarning ayrim xususiyatlarini oʻrganishda egizaklar usulidan ham foydalaniladi. Maʼlumki, egizaklar bir tuxumli yoki ikki tuxumli boʻladi. Bir tuxumli egizaklar genotip va tashqi koʻrinishlarining bir xilligi (fenotip) hamda bir jinsga mansubligi bilan tavsiflanadi. Ikki tuxumli egizaklar genotipi har xil va bir-biridan tashqi koʻrinishi, jinsi bilan farq qiladi. Egizaklar usuli ayrim kasalliklarning nasldannaslga oʻtish qonuniyatlarini oʻrganib kolmay, organizmning ayrim I. k. ga moyilligini ham aniqlash imkonini beradi.

Xromosoma va gen I. k.i farqlanadi. Xromosoma kasalliklari, asosan, xromosoma tuzilishi va sonining oʻzgarishi tufayli kelib chiqadi, bu yangi tugʻilgan bolalarda 1% ni tashkil etadi. Xromosomadagi jiddiy oʻzgarishlar koʻpincha organizmning hayot faolligini cheklab, rivojlanayotgan qomilaning nobud boʻlishiga olib keladi. Bu kasalliklar autosomalar va jinsiy xromosomalarda roʻy bergan oʻzgarishlar oqibatida kelib chiqadi. Bularga Shereshevskiy-Terner (karioti-pi — XO), Klaynfelter (XXY), Patau (13 trisomiya), Daun, "mushuk chinqirigʻi" kabi sindrom va kasalliklar kiradi.

Umuman koʻpgina xromosoma kasalliklarida odam skeleti tuzilishi va nerv sistemasi oʻzgaradi, tashqi va ichki aʼzolarning tugʻma nuqsonlari, oʻsishdan orqada qolish, nerv, endok-rin va b. sistemalarning buzilishi kuzatiladi, bemorlarning generativ faolligi pasayadi.

Gen kasalliklari nuqtali mutatsiyalar natijasida yuzaga keladigan moddalar almashinuviga aloqador. Hozir ularning 30 dan ortiq xili aniqlangan. Mas, yogʻ almashinuvining buzilishi markaziy nerv sistemasi faoliyatining oʻzgarishi bilan kechadi. Bulardan eng ogʻiri Tey-Saks amavrotik idiotiyasidir, bunda koʻrish krbiliyatining susayishi, esi pastlik va b. nevrologik simptomlar kuzatiladi.

Uglevod almashinuvining oʻzgarishiga aloqador I. k. dan galaktozemiya uch-raydi. Bunda galaktozani glyukozaga aylantiruvchi fermentativ jarayon oʻzgaradi, galaktoza va uning mahsulotlari qujayralarda toʻplanib, markaziy nerv sistemasi va aʼzolar faoli-yatiga zarar yetkazadi. Qandli diabet ham uglevod almashinuvining buzilishiga aloqador I. k. dandir.

Bruton kasalligida immunoglobulin fraksiyalarining sintez qilinishi buziladi, kasallik, asosan, oʻgʻil bolalarda uchraydi. Bunda bolalar deyarli soglom tugʻiladi, lekin 3—4 oyligidayoq yuqumli kasalliklarga beriluvchanligi aniqlanadi.

Qonga aloqador I. k. ga chaqaloklarning gemolitik kasalligi kiradi. Bu, asosan, ona va bola qonidagi rezus-omil hamda er-xotin qon guruxlarining mos kelmasligi oqibatida roʻy beradi.

Oq qon tanachalari — leykotsitlar patologiyasi bilan bogʻliq I. k. ham boʻlishi mumkin. Mas, leykoz (oq qon kasalligi)ning vujudga kelishida gen mutatsiyalarining ahamiyati borligi maʼlum. Gemofiliya ham kon sistema-sining irsiy kasalligi boʻlib, bunda, asosan, qonning ivish xususiyati pasayadi; kon ivishida ishtirok etadigan ayrim oqsillar sintezi buziladi.

I. k. ni aniqlash va oldini olish bilan tibbiygenetika shugʻullanadi. Uning asosiy vazifasi I. k. ningtarqalishini, oilada irsiy kasal bola tugʻilishi ehtimoli borligini aniqlashdan iborat. Odam irsiy patologiyasini oʻrganishda boshqa usullar ichida sitogenetik usul alohida oʻrin tutadi. Bu usul yordamida irsi-yat asoslarini, odam kariotipining meʼyor va patologiyasini, mutatsion va evolyusion jarayonlarning maʼlum bir qonuniyatlarini oʻrganish mumkin.

Oʻzbekistonda "Ona va bola" shifoxonalarida tibbiy genetika xonalari mavjud, Toshkentda va viloyatlar markazlarida "Skrining" markazlari ochilgan, ularda yangi tugilgan chaqaloqlar bir necha I. k. ga tekshiriladi.

Darsliklarimizda xromosoma kasalliklariga asosan Daun, Klaynfelter va Shershevskiy-Terner sindromlarini misol qilib keltirgani uchun ko’pchilik bundan boshqa xromosoma kasalliklari haqida ma’lumotga ega emas ekan. Buni shaxsiy shu haqidagi ko’plab savollardan sezmoqdaman. Shu bois ushbu postda xromosoma bilan bog’liq bir nechta sindromlarni sanab o’tmoqchiman.

Autosoma trisomik sindromlar


Daun sindromi — 21-juft xromosomaning bittaga ortishidan kelib chiqadi. Bugungi kunda har 1000 ta chaqaloqdan bittasi ushbu sindrom bilan tug’iladi.
Edvars sindromi — 18-juft xromosomaning bittaga ortishidan kelib chiqadi. Asosan qizlar bu kasallik bilan og’riydi. Ko’p chaqaloqlar tug’ilmasdanoq nobud bo’ladi. Bir yoshgacha 5-10 foizi yetib boradi xolos. 5000 ta boladan bittasi mana shu sindrom bilan tug’iladi.
Patau sindromi — 13-juft xromosoma trisomik bo’lib qoladi. Bu sindrom bilan tug’ilgan bolalarning 80 foizi bir yoshga yetmasdan halok bo’ladi. Uchrash ehtimoli 1 : 10 000 va 1 : 21 700.
Varkani sindromi — 8-juft xromosomaning bittaga ortishidan kelib chiqadi. 97,5% holatda aqliy zaif bo’ladi, yana boshqa ko’plab simptomlari mavjud. 1 : 50 000 (5000) nisbatda uchraydi.
Shmid Frakko sindromi — 22-juft xromosomaning trisomik bo’lishidan kelib chiqadi. Mushuk ko’zi sindromi nomi bilan ham yuritiladi. Kamyob kasallik.
Xromosoma kesellikleri
Autosoma monosomik va deletsiya sindromlari
Volf-Xirshxorn sindromi — 4-juft xromosomaning kichik yelkasidagi ayrim genlarning bo’lmasligidan kelib chiqadi. Jinslar orasida uchrash nisbati 1:2 – erkak:ayol. Nisbatan kam uchraydi, 1 : 50 000. 30 yoshgacha yashaydi.
Mushuk chinqirig’i sindromi — 5-juft xromosomaning monosomik bo’lishidan kelib chiqadi. 50 000 ta boladan bittasi mana shu sindrom bilan tug’iladi.
Vilyams sindromi — 7-juft xromosomadan 27 ta genning deletsiyasi hisobiga yuzaga keladi. Ushbu sindromda barcha bolalar aqliy zaiflik bilan tug’iladi. IQ darajasi 50 dan past bo’ladi. 20 000 tadan bitta bola shu sindrom bilan tug’iladi.
Jakobsen sindromi — 11-juft xromosomadagi ayrim genlar deletsiyasidan kelib chiqadi. Bunda ushbu xromosomadan 5 – 16 mln DNK nukleotidlari deletsiya bo’lgan bo’ladi. Bolalarning aksariyati 2 yoshgacha vafot etadi. 100 000 ta boladan bittasi mana shu xastalik bilan og’riydi deb hisoblanadi.
Smit-magenis sindromi — 17-juft xromosoma kichik yelkasidagi ayrim genlarnign deletsiyasidan kelib chiqadi. Aqliy zaiflikka sabab bo’ladi. 1 : 15 000 va 1: 25 000 nisbatda uchraydi.
Di Jorj sindromi — 22-juft xromosomadagi 30 – 40 ga yaqin genlarning deletsiyasidan kelib chiqadi. Har 4 000 ta boladan bittasi mana shu sindrom bilan og’riydi.

Ushbu ro’yxatni uzoq davom ettirish mumkin. Xromosoma sindromlari juda ko’plab belgilarni namoyon etadi va buning oqibatida ko’plab xastaliklar kelib chiqadi. Aksariyat holatda ushbu sindromlar odamning yashovchanlik xususiyatini keskin susaytirib yuboradi va u ontogenezning dastlabki bosqichlaridayoq nobud bo’ladi.

Xromosoma kasalliklari - xromosomalar soni yoki tuzilishining oʻzgarishi bilan kechadigan irsiy kasalliklar. Xromosomalardagi u yoki bu oʻzgarishlar mutatsiyalarning bir turi hisoblanadi. Agarda xromosoma mutatsiyalari jinsiy hujayralar yoki urugʻlangan tuxum xujayralari boʻlinishining birinchi bosqichlarida yuzaga kelsa, ular rivojlanayotgan organizmning koʻpgina hujayralariga oʻtadi, natijada qator rivojlanish nuqsonlari kuzatiladi. Xromosomasida meʼyordan tashqari oʻzgarishlar bor embrionlar tugʻilgunga qadar nobud boʻladi, oʻlik tugʻilgan chaqaloqlarning 6%i xromosomalarida buzilishlar borligi aniqlangan.


Download 54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish