Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

Deviatsiya.
Ontogenezda organlar rivojlanishning o`rta bosqichlarida sodir 
bo`ladigan o`zgarishlar 
deviatsiya 
deb ataladi (latincha 
deviatio 
— o`rta 
demakdir). Deviatsiya natijasida ontogenezning o`rta davridan boshlab organlarning 
embrional rivojlanishi oldingi ajdodlarning mazkur organlari rivojlanishiga nisbatan 
birmuncha boshqacha yo`nalishda boradi. Akula va reptiliyalarda tangachalarning 
rivojlanishi deviatsiyaga misoldir. Har ikkala gruppaga mansub hayvonlarning 
embrional rivojlanishida tangachalar ostki epidermisning qalinlashishi va uning 
ostida biriktiruvchi to`qima to`planishi hisobiga ro`y beradi. Akulasimon baliqlarda 
epidermis hujayralari va uning ichida to`plangan biriktiruvchi to`qima hujayralari 
tashqariga teshib chiqib, qirrali yoki uchi o`tkir «bo`rtma»lar — tangachalar 
hosil qiladi.Keyinchalik bo`rtmalarning ustki qavati suyak (emal) moddasi bilan 
qoplanadi. Reptiliyalarda esa tangachalarning dastlabki rivojlanishi baliqlarning 
plakoid tangachalari rivojlanishiga o`xshab ketadi, ya’ni epidermis qavatining 
zichlashuvi va uning ostida biriktiruvchi to`qima to`planishi kuzatiladi.
42-rasm
. Umurtqali hayvonlarda suyak, shox tangachalar va junning filogenetik 
rivojlanish sxemasi: A — akulaning plakoid tangachasi:
B -— kaltakesakning shox tangachasi; V — junning rivojlanishi 


209 
Biroq reptiliyalarda tangachalarning rivojlanishi keyinchalik baliqlar plakoid 
tangachalarining rivojlanishidan farq qila boshlaydi. Bu farq epidermis qism asta-
sekin shox moddasini singdirib tangachaga aylanishidan iborat. Reptiliyalarning ba’zi 
turlarida shox moddadan iborat tangachalar ostida suyak tangachalar joylashadi. Ular 
teri suyaklari tariqasida hosil bo`ladi (42-rasm).
 
Shunday qilib, deviatsiya usulida ontogenezda filogenez faqat dastlabki 
bosqichlarda takrorlanadi. Filembriogenezning deviatsiya usuli o`simliklarda ko`p 
uchraydi. Olimlardan A. L. Taxtadjyan ma’lumotlariga ko`ra, o`simliklardagi 
tugunak va piyozchalar yetuk novdadan hosil bo`lmay, balki shu novdaning 
embrional davri yoki kurtakdan hosil bo`ladi. Agar kurtakning o`q qismi o`ta 
rivojlanib ketsa, barglar yozilmasa tugunak, aksincha, kurtak, barglar rivojlanib 
himoya po`stiga aylansa va kurtakning o`q qismi rivojlanmasa, piyozcha hosil 
bo`ladi. 
Ontogenezda filogenezning qaytarilishi g`o`za o`simligida ham yorqin 
namoyon bo`ladi. Evolyutsiya jarayonida yopiq urug`li o`simliklarning barg 
plastinkasi dastlab butun bo`lgan. Keyinchalik ularning ayrimlarida 3—5, 7 bo`lakli 
barg plastinkali o`simlik formalari rivojlangan. Shu sababli g`o`za o`simligining 
asosiy poyasining pastki bo`g`imlarida hosil bo`lgan barg plastinkalari butun bo`lib, 
yuqori bo`g`imlarida 2, 3, 4, 5, ba’zan 7 bo`lakli bo`ladi. Bu dalillarga asoslanib
olimlar 
Gossypium 
avlodining nam joylarda tarqalgan daraxtsimon ajdod turlarida 
barg plastinkasi butun bo`lgan keyinchalik g`o`za nam kamroq joylarga tarqalishi 
tufayli daraxt yoki buta holidagi formalarda evolyutsiya jarayoni barg plastinkasi 
bo`lakli bo`lgan xillarini keltirib chiqargan, deydilar. G`o`zaning keyingi evolyutsiya 
jarayoni ikki yo`nalishda borgan. Afrika va Osiyoda tarqalgan g`o`zalarning barg 
plastinkasi kichraygan, lekin uning bo`laklarga bo`linishi saqlangan yoki kuchaygan. 
Cho`l zonalarda esa evolyutsiya jarayoni unchalik katta bo`lmagan tik yoki yotib 
o`suvchi poyali g`o`zalarda barg plastinkasi kichrayishiga sabab bo`lgan, lekin 
yaxlit (butun) bo`lgan. G`o`zaning ajdod formalarida barg plastinkasi butun 
bo`lganligi Abzalov M. F., Fatxullaeva G. N. tomonidan olib borilgan genetik 
tadqiqotlarda ham tasdiqlandi.

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish