Abu ali ibn Sino (980-1037) Abu Ali al Husayin ibn Abdulloh ibn al Hasan ibn Ali (980.8, Afshona qishlog„i - 1037.18.6, Hamadon sh., Eron) – jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo„shgan O„rta Osiyolik buyuk qomusiy olim. G„arbda Avitsenna nomi bilan mashhur.
Xusayn 5 yoshga kirgach, Ibn Sinolar oilasi poytaxt-Buxoroga ko„chib keladi va uni o„qishga beradilar. 10 yoshga yetar-yetmas ibn Sino Qur‟on va adab darslarini to„la o„zlashtiradi. Ayni vaqtda u hisob
va aljabr bilan ham shug„ullanadi, arab tili va adabiyotini mukammal egallaydi. Abu Ali tinmay mutolaa qilib, turli ilm sohalarini o„zlashtirishga kirishdi. U musiqa, optika, kimyo, fiqh kabi fanlarni o„qidi, xususan, tabobatni sevib o„rgandi va bu ilmda tez kamol topa boshladi.
Ibn Sino 17 yoshdayoq Buhoro xalqi orasida mohir tabib sifatida tanildi. U yunon mualliflarining, xususan, Aristotelning «Metafizika» asarini berilib mutolaa qildi. Lekin bu kitobda bayon qilinganlarning aksariyati Ibn Sinoga tushunarsiz edi. Tasodifan yosh olimning qo„liga Abu Nasr Forobiyning “Metafizika” ning maqsadlari haqidagi kitobi tushib qoladi va uni o„qib chiqibgina Ibn Sino metafizikani o„zlashtirishga muvaffaq bo„ladi.
Shunday qilib, ibn Sino zaruriy bilimlarning barchasini Buxoroda oldi. Olimning ilmiy ijodi 18 yoshidan boshlandi.
Qoraxoniylar 999-yilda Buxoroni zabt etib, samoniylar davlatini ag„darganidan keyin Ibn
Sino hayotida tashvishli, notinch va og„ir damlar boshlandi.
Xorazmshohlari Ali ibn Ma‟mun (997-1009) va Ma‟mun ibn Ma‟mun (1009-1017) ilm-
fanga e‟tiborli xukmdorlar bo„lib, olimlarga ilmiy ijod uchun qulay sharoit yaratib bergan edilar. Bu davrda Xarazmning poytaxti Gurganjda zamonasining ko„pgina taniqli olimlari to„rejadi. Yirik matematik va astronom Abu nasr ibn Iroq (vafoti 1034 y.), atoqli tabib va faylasuflar Abu Sahl Masihiy (1010 y. v. e.), Abul Xayr Xammor (942-1030) va buyuk olim Abu Rayhon Beruniy shular jumlasidan.
Ana shu ilmiy davraga 1005-yili ibn Sino ham kelib qo„shildi. Xorazmda Ibn Sino, asosan, matematika va astronomiya bilan shug„ullandi. Bu sohalardagi bilimlarining chuqurlashib, ilmiy dunyoqarashining shakllanishida ibn Iroq va Beruniy bilan bo„lgan ilmiy muloqotlar katta ahamiyat kasb etdi. Ibn Sinoning Aristotel ta‟limoti xususida Beruniy bilan va o„zining shogirdi Baxmanyor bilan yozishmalari tarixda mashhurdir.
Zamondoshlari Ibn Sinoni “Shayx ar rais”, “Donishmandlar sardori, “Sharaf Al mulk”, “O„lka, mamlakatning obro„si, sharafi”, “Xujjat Al xaqq”, “Rostlikka dalil”, “Xakim Al vazir”, “Donishmand, tadbirkor vazir” deb ataganlar. Jahon fani tarixida Ibn Sino qomusiy olim sifatida tan olingan, chunki u o„z davridagi mavjud fanlarning qariyb barchasi bilan shug„ullangan va ularga oid asarlar yozgan. Olim asarlarini o„sha davrda Yaqin va O„rta Sharqning ilmiy tili bo„lgan arab tilida, ba‟zilarini fors tilida yozgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asar yozganligi qayd etilgan, lekin bizgacha ularning 242 tasi etib kelgan. Shulardan 80 tasi falsafaga, 43 tasi tabobatga oid bo„lib, qolganlari mantiq, psihologiya, tibbiyot, astronomiya, musiqa, kimyo, axloq, adabiyot va tilshunosilikka bag„ishlangan.
Ibn Sinoning ilmiy merosini shartli ravishda 4 qisimga ya‟ni falsafiy, tabiiy, adabiy va tibbiy sohalarga bo„lish mumkin, olim shularning har birida chuqur iz qoldirgan. Lekin Ibn Sino asarlarining mikdoriy nisbatiga nazar solsak, olimning qiziqish va e‟tibori ko„proq falsafa va tibga qaratilganini ko„ramiz. Garchi, uni «Avitsenna» sifatida G„arbda mashhur qilgan uning tibbiy merosi, xususan, «Tib qonunlari» bulsada. Shayx ar rais nomi, eng avval, uning buyuk faylasufligiga ishoradir.
Olimning falsafaga eng yirik va muhim asari «Kitob ash-shifo» dir. U 4 qisimdan iborat:
1) Mantiq - 9 bo„lakka bo„lingan: al madxal mantiqqa kirish: al maqulot –kategoriyalar: al iborat - interpretatsiya: al qiyos – sillogizim: al burhon – isbot, dalil; al jadal – tortishuv, dialektika; as – safsata – sofistika; al xitoba – ritorika; ash-she‟r –poetika (she‟r san‟ati);
2) Tabiiyot (bu yerda minerallar, o„simliklar, hayvonot olami va insonlar haqida alohida-
alohida bo„limlarda gapiriladi;
3) Riyozat - 4 fanga bo„lingan hisob (arifmetika), handasa (geometriya), astronomiya va
musiqa;
4) Metafizika yoki ilohiyot. Bu asarning ayrim qismlari lotin, suryoniy, ibroniy, nemis,
ingliz, fransuz, rus, fors va o„zbek tillarida nashr etilgan.
Ibn Sinoning dunyo qarashi Aristotel ta‟limoti va Forobiy asarlari ta‟sirida shakllanadi. Materiyaning eng sodda bo„linmas shakli 4 unsur: havo, olov, suv, tuproqdan iborat. Ularning turlicha o„zaro birikuv natijasida murakkab moddiy narsalar tashkil topadi. Murakkab narsalar shaklan o„zgarish mumkin, lekin ularning moddiy asosi bulgan 4 unsur yo„qolmaydi, abadiy saqlanadi. Ibn Sinoning fikricha, avval tog„u-toshlar, so„ng o„simlik, hayvonot va taraqqiyotning yakuni sifatida boshqa jonzotlardan aqli, tafakkur qilish qobiliyati va tili bilan farq qiluvchi inson vujudga kelgan.
«Mantiq, - deb yozadi ibn Sino, - insonga shunday bir qoida beradiki, bu qoida yordamida inson xulosa chiqarishda xatolardan saqlanadi». U mantiqiy usullar, ta‟riflash, xukm, xulosa chiqarish, isbotlash masalalarini chuqur o„rgandi, mantiq fanini Forobiydan so„ng bilishning to„g„ri metodi sifatida rivojlantirdi. Uningcha, vulqonlar aslida tog„ paydo bo„lishi va zilzilalar bilan bog„liq. Tog„ paydo bo„lishining o„zi esa 2 yo„l bilan bo„ladi:
1) Kuchli yer qimirlashi vaqtida yer qobig„ining ko„tarilishi;
2) Suv orqali va havoning asta-sekin ta‟siri natijasida chuqur jarliklar paydo bo„lib, natijada, ularning yonida balandlik hosil bo„lib qolishi. Zilzilaning paydo bo„lishiga ham bir necha sabablar bor.
Ibn Sino mineralogiya (madanshunoslik) sohasida ham salmoqli ishlar qilgan.U minerallarning original sinfini taklif etdi. Unga ko„ra, barcha madanlar to„rt guruhga: toshlar, eriydigan jismlar (metallar), oltingugurtli yonuvchi birikmalar va tuzlarga bo„linadi. Bu tasnif to
19-asrgacha deyarli o„zgarishsiz saqlanib keldi. Ibn Sinoning geologiya va minerologiyaga oid fikrlari uning «al Af‟ol va-l-infiolot» (Ta‟sir va ta‟sirlanish) asarida ham uchraydi.
Ibn Sino yoshligidan astronomiyaga qiziqqan va bu qiziqish umrining oxirigacha saqlangan. U 8ta mustaqil risola hamda “Kitob ash-shifo” va “Donnishnoma” ning riyoziyot qisimlarida astronomiyaga alohida boblarni bag„ishlagan. Ptolemeyning “Almagest”ini qayta ishlab, shuning asosida amaliy astronomiya bo„yicha qo„llanma yaratgan. Ibn Sino Jurjon shaharining geografik uzunligini o„z davri uchun butunlay yangi bo„lgan usul-Oyning eng baland nuqtasini kuzatish orqali aniqlab bergan. Beruniy “Geodeziya”asarida bu usulning to„g„riligi haqida gapirib, uni faqat Ibn Sino nomi bilan bog„laydi. Bu usul Yevropada 500 yildan keyin (1514-yil) astronom Verner tomonidan yangidan kashf qilindi.
Matematika sohasida Ibn Sino Evklidning “Negizlar” kitobini qayta ishlab, unga sharh va to„ldirishlar kiritdi, geometrik o„lchamlarga arifmetik terminologiya qo„lladi, ”son” tushunchasi doirasini «natural son» dan ancha kengaytirdi [27.54-60].
Yevropada allomaning asarlari XII asrdan boshlab lotin tiliga tarjima qilinib, un-tillarda o„qitila boshlandi. Yevropaning mashhur faylasuf va tabiatshunos olimlaridan Jordano Bruno, Gundisvalvo, Vilgelm Overnskiy, Aleksandr Gelskiy, Albert fon Bolshtedt, Foma Akvinskiy, Rojer Bekon, Dante va boshqalar Ibn Sinoning ilg„or fikrlaridan o„z ijodlarida foydalandilar va uning nomini zo„r hurmat bilan tilga oldilar.
O„zbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida ham alloma qalamiga mansub 50 asarning 60 ta ko„lyozmasi mavjud.
Mirzo Ulug‘bek (1394-1449) Temurning nabirasi buyuk o„zbek olimi, astronom va matematiki, davlat arbobi Ulug„bek Muhammad Tarag„ay Markaziy Osiyo xalqlari ilm fani va madaniyatiga katta hissa qo„shdi. Uning otasi Shoxrux otasining davlati urnida ikkita mustaqil davlat tuzdi: birI Xuroson (markazi Xirot)ni o„zi boshqardi va ikkinchisi - Movarounnaxr (markazi Samarqand)ni Ulug„bekka topshirdi. U avvalo, ilm fanga qiziqqanligi sababli, Buxoroda (1471), Samarqandda (1420), G„ijduvonda (1432-1433) madrasalar qurdiradi. Taxminan 1420-1429- yillari Samarqand yaqinidagi Obi Rahmat tepaligida o„zining uch qavatli,
diametri 46-50 metrli, balandligi 50 metrcha bo„lgan Rasadxonani qurdirib, unga o„zi
rahnamolik qilgan.
Bobosi Temurning aksi sifatida Ulug„bek xarbiy yurishlarni yoqtirmas edi. U juda zarur bo„lsagina, biror xon uning davlati chegarasini buzsa, unga qarshi yurish qilar edi. Uni ilm- fan, qurilish, shahar va qishloqlarni obodonlashtirish ko„proq, qiziqtirar edi. U 1417y. Buxoroda, 1420-y. Sa marqandda, 1432 -1433-y.y. G„ijduvonda Madrasa qurdirdi.
«Bibixonim» masjidi, «Go„ri Amir» maqbarasi va «Shohi Zinda» ansambli qurilishini
nihoyasiga yetkazdi. Taxminan 1425-1428-yillari u Samarqand yaqinidagi Obi Rahmat tepaligida o„zining rasadxonasini qurdirdi. Rasadxonaning binosi uch qavatli bo„lib, uning asosiy qurolI sekstantning balandligi 50 metrcha edi.
Ulug„bekning ilm-fanga qiziqishida, birinchidan, bobosi Temur bilan o„zga yurtlarga qilgan safarlari, bobosi saroyidagi shoirlar va olimlar bilan o„tkaziladigan suhbatlar, ota sI Shohruhning noyob kitoblarini sevishi va yig„ishi, yunon olimlari Platon, Aristotel, Gipparx, Ptolemey, Menelayning, shuningdek, o„z vatandoshlari - Xorazmiy, Ahmad Farg„oniy, Xujandiy, Beruniy, Ibn Sinolarning asarlari bilan yaqindan tanish bo„lishi, o„sha zamonda O„rta Osiyoda matematika, astronomiya va boshqa aniq fanlardan yetuk asarlar mavjudligi sabab bo„lgan. Bu shart-sharoitlarning hammasi Ulug„bek ilmiy yunalishining shakllanishiga, Samarqandda «Astronomiya maktabi» ning vujudga kelishiga sabab bo„ldi.
Ulug„bek maktabining muhim ilmiy ishlaridan biri Ulug„bek Zijning amaliy astronomiyaga taalluqli, osmon yoritqichlarining koordinatalarini aniqlash, yerdagi ixtiyoriy punktning geografik uzunligi va kengligini aniqlash, yulduzlar va sayyoralar orasidagi masofalarni aniqlash kabi masalalar bor.
Ulug„bek oy va quyosh tutilishlarini ikki usulda: birinchidan, o„zi tuzgan jadvallar yordamida, ikkinchidan, bevosita hisoblab aniqlash mumkinligini aytadi va bu usullarga doyr misollar keltiradi.
Ulug„bekning yulduzlar ro„yxati 1 0 1 8 yu l du z da n i bo ra t bo „ l ib , ular yulduz turkumlari
bo„yicha joylashtirilgan. Ro„yxatda har bir yulduzning turkumdagi raqamidan tashqari, uning yulduz turkumidagi o„rnining qisqacha t a v s i f i , 1 4 3 7 - y i l d a g i t e n g kunlik nuqtasiga nisbatan uzunligi va kengligi berilgan [26.374-375].
Reaksion doiralar tazyiqi ostida Ulug„bekning o„g„li - Abdulatif 1449-yil kuzida otasini
Makkaga safari bahonasida Samarqand yaqinida qatl ettirdi. Ulugbek Samarqandda dafn etilgan.
U m a r X a y y o m (1048-1123) Qadimda va O„rta Asrlarda yashagan olimlarning ko„pchiligi fanning turli sohalarida muv a f f aq i ya t l i i j od e t i sh ga n. Shoir Umar Xayyom ana shular jumlasiga kiradi. Uning tuliq ismi G„iyosiddin Abulfath Umar ibn Ibrohim al Hayyom. U Xuroson viloyati kuchmanchi turk qabilalaridan biri - saljukiylarning markaziy viloyatiga aylangan davrda Nishopurda chodrachi ( X a yyo mi - c h od r ac h i d e ga n i) oilasida tug„ildi.
Umar Hayyomning bolalik yillari haqida ma‟lumot yuq, ammo u haqida ba‟zi rivoyatlar saqlanib qolgan. Tarixchi Bayhakiy Umar Hayyom mustahkam xotiraga ega bo„lganligini yozgan.
Shunday xotira egasi, albatta, bolalik yillarida ko„p narsalarni o„rgana olgan.
Umar Hayyom matematika sohasida, ayniqsa algebra va geometriya sohasida katta kashfiyotlar qilgan olim. U birinchi bo„lib son tushunchasini haqiqiy musbat songacha kengaytirgan. Bu hakda u o„zining «Al jabr va almuqobala isbotlari haqida risola» asarida quyidagilarni yozadi:
«Hindlarda kvadratlarning tomonlarini va kublarning qirralarini unchalik katta bo„lmagan ketma-ket tanlashga va tp„qqizta raqam - bir, ikki, uch va h.k. sonlarning kvadratlarini hamda ulardan birini ikkinchisiga, ya‟ni ikkini uchga va h.k. ko„paytmasini bilishga asoslangan metod mavjud. Bu metodlarning tug„rI ligini isbotlashga va bu metodlar haqiqattan ham maqsadga etkazishiga doyr risola bizga tegishli. Bundan tashkari, biz oldin bilmagan sonlar turini ham ort- tirdik, ya‟ni biz kvadrat -kvadrat, kvadrat-kub, kub-kub va h.k. asosini aniqlashni ko„rsatdik». Hayyom saljukiylardan ancha aziyat tortadi va ulardan qochib Movarounnaxrga keladi. Avval Samarqandda yashaydi. Keyin u Buxoroda Shams al Mulk saroyI da, 1074-yildan esa Isfahonda Malikshox saroyida ishlaydi.
Umar Hayyom kub tenglamalarni geometrik usulda yechish va ularni klassifikatsiya qilish bilan shug„ullandi. Kub tenglamalarni yechish usuli uning yuqorida aytilgan asarida keltirilgan. O„sha asarida Hayyom noma‟lumning darajasi uchdan ortiq bo„lganda ularning ildizlari haqiqiy miqdorlarga to„g„ri kelmasligini uqt i r a d i . A l l o m a b u a s a r i d a t o „ l i q kub tenglamalarni yecha olmaganini, ammo keyingi avlod orasidan bunday tenglamani yecha oladiganlari chiqishini aytadi. Darhaqiqa t , H a yyo m d a n 4 0 0 yi l keyin italiyalik matematiklar N.Tartalya va J.Kardano kub tenglamalarni kub radikallarda yechish formulasini topdi.
Umar Hayyom geometriyaga ham katta hissa qo„shgan. Uning Evklidning V postulatini
«Isbotlash» sohasidagi ishi juda mashhur. Evklid o„zining «Negizlar» a s a r i d a V p o s t u l a t n i
« I k k i to„g„ri chiziqni uchinchi to„g„ri chiziq, bilan kesganda, uning ichki bir tomonli burchaklarining yig„indisi qaysi tomonda ikki to„g„ri burchakdan kichik bo„lsa, ular o„sha tomonda kesishsin», - deydi. Evklidning bu ta‟rifi unchalik ayoniy bo„lmaganidan qadim zamonlardan boshlab matematiklarda shubha to„g„dirgan. Ular bu postulat emas, teorema bo„lishi kerak, yanglish holda postulatlar qatoriga kiritilgan deb o„ylashgan v a u ni i s bo t la sh ga u r in ish g an (Lobachevskiy geometriyasi).
Hayyom «Evklid kitobining kirish qismidagi qiyinchiliklarga sharxlar» asarining parallellik nazariyasiga bag„ishlangan qismida o„sha V postulatga to„xtalgan. U Evklidning postulati teorema ekanligini isbotlash uchun pastki asosidagi ikki burchagi to„g„ri bo„lgan to„g„ri to„rtburchakni qaragan va agar uning pastki ikki burchagi to„g„ri bo„lsa, yuqoridagi ikki burchagi ham to„g„ri bo„lishi lozim degan xulosaga kelgan. Umar Hayyom «Bitta to„g„ri chiziqda perpendikulyar bo„lgan ikki to„g„ri chiziq to„g„ri chiziq ning ikkala tomonida ham kesisha olmaydi-ku» deydi [26.83-84]. Umar Hayyomning bu ishlaridan b e x a b a r i t a l i ya l i k m a t e m a t i k J.Sakkeri (1667-1733) ham V postulat bilan shug„ullanib, to„g„ri to„rtburchakka murojat qilgan. Geometriya asoslariga bu to„g„ri to„rtburchak «Hayyom - Sakkeri to„rtburchagi» nomi bilan kirgan. Ikki hadning darajasini yakka hadlar yig„indisi ko„rinishida ifodalovchi formula «N‟yuton binoni» nomi bilan yuritiladi. Bu formula XI-XII asrda Umar Xayyom tomonidan so„ngra, 1265-yilda O„rta Sharq matematiki Nasritddin G„usiylar tomonidan ham berilgan. Hozirgi davrda Xayyom
- N‟yuton binoni deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |