Muhammad al Xorazmiy (783-850) Al Xorazmiyning to„liq ismi Muhammad ibn Muso al Xorazmiy. U O„rta Osiyolik mashhur matematik va astronom olimdir. X o r a z m i y X o r a z m ( X i v a ) d a 7 8 3 - y i l d a t u g „ i l i b , 8 5 0 - y i l d a B o g „ d o d ( I r o q ) d a v a f o t e t g a n .
Al Xorazmi y V I I I a sr o x ir id a B ag „do d ga keladi. Fanlarning riv o j l a n i s h i X o r u n a r R a s h i d (786-809) va uning o„g„li al Ma‟mu n x a l i f a l i k q i l g a n ( 8 1 3 - 833) davrga to„g„ri keladi.
Al Ma‟mun Bag„dodda «Bayt al hikmat» («Donishmandlar uyi») ni qurdiradi.
«Donishmandlar uyi» qoshida yaxshi jihozlangan rasadxona va boy kutubxona bor edi. Uni o„z
davrining Fanlar Akademiyasi deb atash mumkin.
Xorazmi y Bag„dodga kelgach, ilmiy tekshirish ishlari bilan shug„ullanadi. Qadimgi yunon matematiklari Evklid, Arximed va Apolloniylarning hamda qadimgi hind astronom va matematiklarining ishlarini qunt bilan o„rganadi. Uning Bag„doddagi dastlabki tadqiqot ishi hindlarning «Sindxanta» nomli astronomik asarining arabcha tarjimasini tahrir qildi.
Tez orada al Xorazmiy matematika, astronomiya, geografiya, tarix va tabobat ilmi buyicha butun O„ rta Sharqda shuhrat qozondi. U «Bayt al hikmat» dagi kutubxona, rasadxona va barcha ilmiy tekshirish ishlariga rahbarlik qi l d i . A g a r « D o n i s h m a n d l a r uyi» ni Fanlar Akademiyasi desak, u holda Xorazmiy o„sha Akademiyaning prezidenti lavozimida
edi.
Xorazmiy ham o„zining arifmetika, algebra, astronomiya, geografiya, tarix, tibbiyot va boshqa sohalarga doyr asarlarini arab tilida yozgan, chunki bu davrda Yaqin va O„rta Sharqda fan tili arab tili edi.
Xorazmiyning matematikani rivojlantirishga qo„shgan hissasi beqiyos. Uning «Hind hisobi»
nomli risolasi o„nli sistema raqamlari (0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9) ga bag„ishlangan bo„lib «nol» sonini kiritib uni to„ldirdi. Xorazmiy Hindistonda kashf etilgan bu raqamlarni soddalashtirdi va birinchi bor arab tilida bayon etdi. Bu r a q a m l a r X I a s r d a X o r a z m i y ning risolasi tufayli xindlardan arablarga, keyinrok, Yevropaga o„tdi. Xorazmiy algebra fanining asoschisi hisoblanadi. «Algebra» termini uning «Al jabr val muqobala» nomli asaridagi «Al jabr» so„zining lotincha yozilishidan kelib chiqqan.
Bu asarida Xorazmiy birinchi bo„lib, chiziqli va kvadratik teng-l a m a l a r n i s i n f l a r g a a j r a t d i va ularni yechish usullarini ko„rsatib berdi.
Matematikadagi «algoritm» termini ham Xorazmiyning nomi bilan bog„liq, u «Al
Xorazmiy» yoki lotincha «Algaritm» so„zidan kelib chiqqan.
Xorazmiy O„rta Asr Sharqida yaratilgan eng birinchi zij-matematik va astronomik jadvallarning muallifi. U geografiyaga doyr «Er surati» noml i a s a r yo z g a n . B u a s a r X o r a z miy tomonidan chizilgan bir nechta xarita va unga yozilgan sharhlardan iborat. Amerikalik sharqshunos D. Sarton Xorazmiyni «Barcha zamonlarning eng buyuk matematiklaridan biri» deb ta‟riflaydi.
Abu Nasr al Forobiy (873-950) Forobiy O„rta Osiyolik buyuk qomuschi olim. Uning to„liq is mi - Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug„ Tarxon Forobiy. U hozirgi Qozog„istonning, Chimkent viloyatining Aris shahri yaqinida tug„ilgan. Otasi turk qabilalaridan bo„lib, harbiy xizmatchi bo„lgan. Dastlabki ma‟lumotni u o„z ona yurtida, Toshkent (Shosh), Buxoro va Samarqand shaharlarida olgan. Keyinchalik ilm ishtiyoqi o„sha davrning ilmiy markazi bo„lgan Bag„dodga etaklagan. Bag„dodda Forobiy ham boshqa olimlar singari, avval o„rta asr fani va turli tillarni o„rgangandan keyin mustaqil asarlar yoza boshlagan.
Forobi y o„rta asr fanlari ning turli sohalariga doyr 160 ga yaqin asar yozgan. Uni ko„proq bilimlarning nazariy va falsafiy jihatlari qiziqtirgan. Forobiyning tabiiy-ilmiy fanlar sohasiga va matematikaga qo„shgan hissasi kattadir. U «Ilmlarning kelib chiqishi va tasnifi» asarida o„rta asrlarda mavjud bo„lgan 30 dan ortiq fanning ta‟rifini beradi va ularning har birining tutgan o„rni haqida so„z yuritdi.
Forobiyning bu asarining birinchi bobi til haqida bo„lib, asarining i kkinchi bobi mantiq, uchinchi bobi esa matematika haqida yozilgan.
Forobiy matematikaga buyumlarning miqdoriy va fazoviy nisbatlarini o„rganuvchi fan deb t a ‟ ri f b er ad i v a uni e t t it a q ismga ajratadi.
Birinchi qismI arifmeti ka - sonlar haqidagi fan bo„lib u nazariy va amaliy qismlardan
iboratdir.
Ikkinchi qismi - geometriya mavjud narsalarning turli qismlar i turli shakld a bo„ lganidan va ularni o„lchashni o„rganadigan fan zarurligidan bu geometriya fani paydo bo„lgan. «Shunday qilib, geometriya o„lchovchi fan, biz u orqali o„lchovni bilamiz, chiziqlar, sirtlar va hajmlarni o„zaro taqqoslaymiz» deb yozadi Forobiy.
Uchinchi qismi - kuzatish haqidagi fan optika - u ham geometriyaga tegishli, u figuralarning shakllari, ob‟yektlar orasidagi masofalarni yorug„lik va nurdan foydalanib o„rganadi.
To„rtinchi qismi - yulduzlar haqidagi fanga bag„ishlangan bo„lib bu astronomiya fani
hisoblanadi.
Beshinchi qismi - musiqa ilmi. Musiqa ilmining matematikaga kiritilishining sababi Forobiy kuylar garmoniyasining matematik printsiplarini o„rganadi. «Musiqa hakida katta kitob» asarida kuylar garmoniyasining turli jadvallari va geometrik chizmalarini ham keltiradi. Bu asar faqat musiqa nazariyasidan iborat bo„lmasdan unda Sharqda ma‟lum bo„lgan rubob, tanbur, nog„ora, nay kabi musiqa asboblar va ularda kuy ijro etish qoidalari ham berilgan.
Forobiy bundan tashqari matematikaga doyr anchagina asarlar yozgan. «Hajm va miqdor
haqida so„z», «Fazo geometriyasiga kirish haqida qisqartma kitob», «Tatbiqlar kitobi» va
«Geometrik figuralarning nozik sirlari va aqliy mohir usullari kitobi» shular jumlasidandir
[26.319-320].
Forobiy «Tatbiqlar kitobi»da asosiy trigonometrik chiziq lar, ularni hosil qilish va shu chiziqlar bilan bog„liq trigonometrik jadvallarni tuzish qoidalarini beradi. «Geometrik figuralarning tabiiy nozik sirlari va aqliy mohir usullari kitobi»da esa turli geometrik figuralar: doyra, uchburchak, to„rtburchak, kvadrat, sferalarni yasash usullari bilan shug„ullanadi. Bundan tashqari, Forobiy Evklidning «Negizlar» kitobiga, Ptolemeyning «Almagest» asariga sharhlar yozgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |