3.5 O‘zbekistondachizmageometriyavamuhandislikgrafikasifaniningtaraqqiyot yo‘nalishlari Har bir fan tarixi va rivoji umum dunyoviy, hududiy, mamlakatlararo va mahalliy
ma‟lumotlarga asoslanshi lozim. Mamlakatimiz shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda ilmiy tadqiqot ishlari quyidagi mavzularda olib borilishi maqsadga muvofiq: 1. Egri chiziqlar hosil bo„lishining yangi usullarini yaratish yoki ma‟lum geometrik yoki
muhandislik masalalarini echishda biror shartni qanoatlantiruvchi egri chiziqlarni hosil qilish.
2. Qurilish yoki mashinasozlikda oldindan berilgan biror muhandislik shartni
qanoatlantiruvchi sirtlarni hosil bo„lishining yangi geometrik apparatini yaratish.
3. Differensial geometriya va matanaliz kabi fanlarda yaratilgan fundamental nazariyalarni chizma geometriya usullari bilan interpoliatsiya qilish usullari bilan echish.
4. O„zbekistonda paxtachilik va boshqa dehqonchilik sohalari bilan bog„liq bo„lgan mashina-mexanizmlarining ishchi organlarini geometrik tahlili va ularni mamlakatimiz sharoitiga mos keladigan yangi konstruktsiyalarini yasashda qo„llash.
5. O„rta Osiyodagi qadimiy arxitektura yodgorliklarida qo„llangan sirtlarni geometrik tahlil qilish va ularni ta‟mirlash ishlarida geometrik asoslangan nazariyalar yaratish.
6. Qadimgi yodgorliklarni qayta tiklash ishlarida ularning yo„qolib ketgan tarixiy chizmalarini izlash va taqqoslash asosida ularni tiklash.
7. Zamonaviy binolarni qurishda oynalar uchun quyoshni to„suvchi sirtlar shakllarini
iqlim sharoitiga moslash.
8. Milliy kiyimlar andozalarini yaratishda odam gavdasi va uning elementlari
geometriyasini o„rganish.
9. Kompyuter grafikasini chizma geometriya sohasida pozitsion va metrik masalalarni eshishdagi qulay usul ekanligini asoslash.
10. Kompyuter grafikasi chizmalar chizish metodikasini ishlab chiqish.
11. Oliy o„quv yurtlarida o„qitiladigan chizma geometriya va muhandislik grafikasi fanlarining har bir bobida komyuterli grafikasini qo„llash metodikasi afzalligini ko„rsatish.
12. Maktab o„quvchilari uchun dars ishlanmalari yaratish.
13. Kollej o„qituvchilari uchun dars ishlanmalari yaratish.
14. Oliy o„quv yurtlarida chizma geometriya fanini o„qitish ahvolini o„rganish va uni takomillashtirish yo„nalishlarini izlash.
15. Oliy o„quv yurtlarida chizmachilik fanini o„qitishning yangi usullarini joriy qilish.
16. Oliy o„quv yurtlarida kompyuter grafikasining turli dasturlarini geometrik grafika
sohasida qo„llash.
17. Umumta‟lim maktablari va kollejlarda o„qitiladigan chizmachilik fani bo„limlari bo„yicha ilmiy-metodik tadqiqotlar olib borish.
18. Chizma geometriya fani hususiyatlarini, fan bo„limlar mazmun-mohiyatini hisobga
olgan holda ularni amaliyotga qo„llash, axborot texnologiyalarini qo„llash.
Fan tarixini o„rganish bo„lajak mutaxassisning ilmiy dunyoqarashini takomillishtirib, uning fikrini ta‟rixiy ma‟lumotlar bilan boyitadi.