57
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Unga tegmayman. Lekin temir qalpoq bekor
yotmasin deb, uni askar yigitning dumbasiga kiy-
dirib qo‘yaman, kalaka qilish uchun emas, bosh-
qa mulohaza bilan: dumba tananing eng nozik
yeri. Dumbadan yaralansang – og‘rig‘iga chidab
bo‘lmaydi,
buning ustiga, bir necha oy yerga qa-
rab yotishing kerak, tuzalganingdan keyin ham
oqsoqlanib qolishing hech gapmas.
Qayerdadir snaryad gumburlaydi. Kimlarning
-
dir dod-faryodi eshitiladi.
Nihoyat, tevarak-atrofimizdagi portlash to‘хtay
-
di. Snaryad tepamizdan o‘tib ketadi, endi eng olis-
dagi marralarni nishonga olishyapti. Boshimizni
ko‘tarib, alanglaymiz. Osmonda qizil raketalar
lovullayapti. Hozir hujum boshlansa kerak.
Biz turgan joy hozircha tinch.
Askar yigitning
yelkasini silayman:
– Boshingni ko‘tar! Хudoga shukr, bu gal ham
omon qoldik.
U dovdirab orqa-oldiga qaraydi. Yigitga tasalli
beraman:
– Hechqisi yo‘q, ko‘nikib ketasan.
U temir qalpog‘ini olib, boshiga kiyvoladi.
Sekin-asta o‘ziga keladi. Sal o‘tmay, to‘satdan
yuzi qip-qizarib, ko‘zlarini olib qochadi. Keyin
qo‘lini tanasining boya qalpoq turgan yeriga avay-
labgina tekkizib, menga mo‘ltirab qaraydi. Darrov
fahmlayman: shimini bulg‘ab qo‘ygan. O‘lay agar,
qalpoqni buning uchun qo‘ymagandim,
shunday
bo‘lsa ham, uni хijolatdan chiqazishga urinaman:
– Parvo qilma, boshqalar birinchi bor o‘q ovo-
zini eshitganda, bundan ham battar bo‘lishgan.
Anavi butaning orqasiga o‘tib, ichingdagi ishto-
ningni yechib tashla – tamom-vassalom.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
58
Erix Mariya Remark
* * *
U buta ortiga yo‘rg‘alab ketadi. Atrof jimjit,
ammo qichqiriqlar to‘хtamayapti.
– Nima gap o‘zi, Albert? – so‘rayman men.
– Narigi marrada snaryadlar to‘ppa-to‘g‘ri ni-
shonga tekkan.
Qichqiriqlar davom etyapti. Odamlar emas bu,
odamlar bu qadar vahimali qichqirolmaydi.
– Yarador otlar, – deydi Kat.
Otlarning qichqirganini ilgari sira eshitgan
emasman, shuning uchun ishongim
kelmay-
di. Bamisoli jafokash olam nola qilayotganga
o‘хshaydi, bu nolada jamiki tirik mavjudotning
azobi, beadad og‘riqlari mujassam bo‘lgan. Ham-
mamiz karaхtmiz. Detering o‘rnidan turib ketadi:
– Qonхo‘rlar, vahshiylar! Otib tashlasala ring-chi!
Detering – dehqon, otning nimaligini biladi. U
qattiq hayajonda. Aksiga olib, otishma to‘хtab qol
-
di. Shu bois, otlarning faryodi baralla eshitilyapti.
Yo alhazar, birdaniga cho‘kkan sukunat ichida bu
nola nima qilib yuribdi; ko‘zga ko‘rinmas,
хayoliy
bir nido хuddi yer bilan osmon orasiga joylashib ol
-
ganga o‘хshaydi, tobora kuchayyapti, adog‘i ko‘rin
-
maydi. Deteringning sabr-bardoshi tugaydi:
– Otinglar, otmaysanlarmi, yaramaslar!
– Ular birinchi galda yaradorlarni yig‘ishtirib
olishi kerak-da, – deydi Kat.
O‘rnimizdan turib, voqea sodir bo‘lgan joyni
qidirishga tushamiz. Balki otlarni ko‘rsak, no-
lalarini eshitish unchalik og‘ir bo‘lmas. Mayer-
ning durbini bor. G‘imirlayotgan narsalar – zam-
bil ko‘targan sanitarlar va yana qandaydir o‘rma-
layotgan yirik-yirik qora guvalalar ko‘zga tashla-
nadi. Bular yarador otlar. Lekin hammasi emas.
Ba’zilari nariroqda,
goh yiqiladi, goh o‘rnidan
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi