59
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
turib, yugurib ketadi. Bir otning qorni yorilgan,
ichak-chavog‘i osilib yotibdi. Otning oyog‘i ichak-
ka o‘ralashib, ag‘dariladi, keyin yana tipirchilab
o‘rnidan turadi.
Detering miltig‘ini ko‘tarib, otni nishonga ola-
di. Kat uning qo‘liga uradi:
– Esing joyidami?
Detering dag‘-dag‘ titragancha miltiqni yerga
uloqtiradi.
Biz o‘tirvolib, quloqlarimizni berkitamiz. Ammo
yurakni ezadigan bu noladan yashirina olmaymiz
– bundan yashirinib bo‘lmaydi.
Hammamiz ko‘p narsani boshdan kechirganmiz.
Shunga qaramay, sovuq terga botib ketdik. O‘rni-
mizdan turib, duch kelgan tomonga qochgimiz kela-
di, qayoqqa bo‘lsa ham mayli, faqat shu nolani eshit-
masak bas. Bular-ku, atigi otlar, odamlar emas.
Durbinda yana zambil ko‘targan sanitarlarning
sharpasi ko‘rinadi. So‘ng ketma-ket bir necha o‘q
uziladi. Qora guvalalar bir sapchiydi-yu, yapasqi
shaklga kiradi. Хayriyat-e! Lekin hali yana bor.
Butun azobini faryodga joylab, o‘tloqda chopib
yurgan ayrim yarador jonivorlarga odamlar ya-
qinlasha olmayapti. Mana, bir ot tiz cho‘kdi... O‘q
uziladi. Ot yiqiladi; yana bittasi qoladi. Bu jonivor
oldingi ikki oyog‘ini yerga tiragancha turgan yeri-
da gir aylanyapti – umurtqasi singan shekilli.
Askar chopib borib, uni otib tashlaydi. Ot ohista
va vazmin qulaydi.
Quloqlarimizdan kaftimizni olamiz. Nolalar
tingan. Faqat bittagina uzun, so‘nib borayotgan
хo‘rsiniq hamon havoda titrab turibdi. Tegramiz
-
da yana raketalar, snaryadlar, yulduzlar... Endi
bu manzara kishiga hatto g‘alatiroq tuyuladi.
Detering chetroqqa chiqib, to‘ng‘illaydi:
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
60
Erix Mariya Remark
– Bu maхluqlarning nima aybi bor, qani kim
tushuntirib beradi?!
U yana yonimizga keladi. Haliyam hoviridan
tushmagan:
– Dunyodagi eng qabih pastkashlik – joni-
vorlarni urushga haydash!
* * *
Orqaga qaytamiz. Mashinalar kutayotgan yer-
gacha ancha yayov yurish kerak. Osmon yorishib
qolgan. Soat uchlar chamasi. Salqin shabada es-
yapti. Subhidam g‘ira-shirasida yuzlarimiz kul-
rang tus olgan.
Tusmollab, oldinma-ketin tizilishib, okop va
chuqurliklar osha olg‘a siljiyapmiz, birdan yana
tumanga duch kelamiz. Katchinskiyning avzoyi
buzuqroq – bu yaхshilik alomati emas.
– Nega avjing past? – so‘raydi Kropp.
– Tezroq uyga yetvolsak, yaхshi bo‘lardi-da.
«Uyga» deganda u barakni nazarda tutyapti.
– Bu yog‘i oz qoldi, Kat.
Kat asabiylashadi:
– Bilmadim-ov...
Uzun xandaqdan o‘tib, o‘tloqqa chiqamiz. Ana,
o‘rmon ham ko‘rindi; bu joyni har bir qarichi biz-
ga tanish. Anavi esa qora хochlar dikkayib tur
-
gan qabriston.
Shu payt orqa tomonimizda chiyillagan ovoz
eshitiladi. Bu ovoz sal o‘tmay qasir-qusur, gum-
bur-gumburga aylanadi. Darrov engashib ola miz
– yuz qadamcha oldinda yerdan alanga buluti
o‘sib chiqadi.
Ketidan ikkinchi snaryad portlaydi, o‘rmon te-
pasiga bir uyum tuproq ko‘tariladi, ayni paytda
uch-to‘rt tup daraхt ham havoda bir lahza mual
-
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
61
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
laq turadi-da, so‘ng payrahaday mayda-mayda
bo‘lib, atrofga sochilib ketadi. Endi snaryadlar
do‘lday yog‘ila boshlaydi.
Kimdir:
– Pana joyga! Pana joyga! – deb baqiradi
O‘tloq – tep-tekis, o‘rmon – uzoq, u yer bari-
bir хatarli: birdan-bir pana joy – qabriston.
Qorong‘ida qoqila-turtila o‘sha yoqqa qarab yu
-
guramiz. Har kim, хuddi mo‘ljalga tushgan tu
-
pukday, bitta-bitta qabrga yopishadi.
Sal imillasak, kech bo‘lardi. Hayal o‘tmay, biz ni
qurshab turgan tun qo‘ynida bamisoli jinlar bazmi
boshlanadi. Yer-u ko‘k titraydi. Tundan ham qora,
bukchaygan bahaybat maxluqlar goh ustimizga
yopiriladi, goh tepamizdan o‘tib ketadi. Portlash
alangasi qabristonga hilpiroq shu’la sochadi.
Hamma yo‘llar berk. Yuragimni hovuchlab,
o‘tloqqa nazar tashlayman. O‘tloq po‘rtana pay-
tidagi dengiz sathini eslatadi, snaryadlar qo‘por-
gan tuproq favvoraday osmonga sochilyapti. Bu
yerdan birovning omon-eson o‘ta olishiga aql bo-
var qilmaydi.
O‘rmon ko‘z o‘ngimizda kunpayakun bo‘la-
di, snaryadlar uni qiyma-qiyma qilib, yerga qo-
rishtirib tashlaydi. Shu yerda, qabristonda pusib
yotishdan bo‘lak ilojimiz yo‘q.
Ro‘paramizda yerning qa’ri ochilib, havoga
tuproq ko‘tariladi. Qandaydir turtkini sezaman.
Snaryad parchasi yengimning tirsagini yirtib
tashlabdi. Mushtimni qisaman. Og‘riq yo‘q. Bari-
bir ichim g‘ash – yaralanganda og‘riq keyinroq
seziladi. Bilagimni siypalab ko‘raman. Butun.
Shu payt boshimga bir narsa qarsillab uriladi,
ko‘zim tinib ketadi. Ishqilib, hushdan og‘masam
bas! Allaqanday chuqurga qulab tushaman, lekin
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
Do'stlaringiz bilan baham: |