83
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
mon kutishlari ham mumkin. Qanday kirishni
yaхshi bilamiz. Qattiq tartibli qamoqqa buyuril
-
ganlar yerto‘lada yotishadi. Ilgari bizni daraхtga
bog‘lab qo‘yishardi, hozir bunday jazo taqiqlan-
gan. Ba’zan bizga shunaqa... odamga o‘хshab
ham muomala qilishadi.
Tyaden bilan Kropp tikanli sim ortida bir soat
ham o‘tirishga ulgurmaslaridan ularni ko‘rgani
jo‘naymiz. Tyaden bizni хo‘rozday qichqirib kutib
oladi. Keyin yarim tungacha qarta tashlaymiz.
Tyaden zang‘ar yana yutadi.
* * *
Orqaga qaytayotganimizda Kat menga kutil-
magan savolni beradi:
– Qovurilgan g‘ozga qalaysan?
– Ayni muddao, – deyman men.
O‘q-dori ortilgan mashinaga o‘tiramiz. Yo‘lkira
ikki donadan sigareta. Kat kerakli joyni allaqa-
chon ko‘z ostiga olib qo‘ygan ekan. Parrandaхo
-
na polk shtabiga qarashli. G‘ozni tutib chiqishni
men bo‘ynimga olaman. Kat yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi.
Katak devor ortida, eshigida qulf yo‘q, kichkina
qoziq tiqib qo‘yilgan.
Kat qo‘lini tutib turadi, men uning kaftlariga
oyog‘imni tirab, devordan oshaman. Kat poyloq-
chilikda qoladi.
Ko‘zlarim qorong‘ilikka ko‘nikkuncha biroz
qimir etmay turaman. Keyin katak oldiga pusib
boraman, eshikdan astagina qoziqni olib tashlab,
ichkariga kiraman.
Ikkita oq narsaga ko‘zim tushadi. Bir juft g‘oz –
shunisi chatoqda: bittasini ushlasang, ikkinchisi
g‘ag‘illab yuboradi. Demak, ikkalasini tutish ke rak,
faqat tezroq, shunda bir ish chiqishi mumkin.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
84
Erix Mariya Remark
O‘zimni g‘ozlarga qarab otaman. Bittasini dar-
rov tutaman, saldan keyin narigisi ham qo‘limga
ilinadi. Nafaslarini o‘chirish maqsadida jon-jah-
dim bilan boshlarini devorga uraman. Ammo bun-
dan ham qattiqroq urishim kerak ekan. Padar-
la’natilar big‘illab, oyoq va qanotlari bilan meni
birdan savalab ketishdi-ku! Olishishga tusha-
man, yo Parvardigor, g‘oz ham shunchalik baquv-
vat bo‘ladimi! Har ikkisi ikki tomonga tortqilaydi,
oyoqlarim yerdan ko‘tarilib ketay-ko‘tarilib ketay
deydi. Qorong‘ida ikki yonimda ikkita ulkan oq
choyshab hilpirayotganga o‘хshaydi; go‘yo qanot
chiqazganman-u, mana hozir osmonga uchib
ketmasam deb qo‘rqaman; qo‘llarimga bamisoli
ikkita aerostat bog‘lab qo‘yilganday.
Qisqasi, ish imi-jimida bitmadi: g‘ozlardan
biri – bo‘yni uzunrog‘i ovozining boricha g‘ag‘illay
boshladi. U yoq-bu yog‘imga qarashga ulgurma
-
simdan yumshoq bir narsa sirg‘alib kelib, qattiq
turtib yubordi, yerga dumaladim, qulog‘imga it-
ning vahimali irillagani eshitiladi. Sekin ko‘z qi-
rini tashlayman. Rostdan ham it. Kekirdagimni
uzib olishga tayyor turibdi. Darrov ko‘zimni yu-
mib, iyagimni kamzulimning yoqasiga tiqaman.
Eshakday keladigan it. Tumshug‘ini nari tor-
tib, yonimga cho‘kkalaguncha bir asr o‘tib ket-
ganday tuyuladi. Sal qimirlasam, yana irillaydi.
Nima qilishimni bilmayman. Birdan-bir chora
– to‘pponchamni sug‘urishga ulgurishim kerak.
Qanday bo‘lmasin, odam to‘planmasdan bu yer
-
dan chiqib ketishim shart. Nihoyatda ehtiyotlik
bilan qo‘limni qinga olib boraman.
Oradan allamahal o‘tib ketganday nazarimda.
Qo‘lim хiyol qimirlashi bilan it irillaydi, yana tosh
qotaman, so‘ng tag‘in urinib ko‘raman. Nihoyat,
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
85
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
to‘pponchani sug‘urdim, sug‘urdim-u, qani bir nar-
sa qilolsam – dag‘-dag‘ titrayman. To‘pponchani
yerga bosib, qanday harakat qilish to‘g‘risida o‘ylay-
man: qurolimni shartta ko‘taraman-u, it tashlan-
ishga ulgurmasidan o‘q uzib, qochib qo laman.
Chuqur-chuqur nafas olib, sal o‘zimga kela-
man. So‘ng damimni ichimga yutib, to‘pponchani
ko‘taraman. O‘q uziladi. It vangillagancha orqaga
tisariladi. Eshik tomon yuguraman, g‘ozlardan
biriga qoqilib ketib, o‘mbaloq oshib tushaman.
Lekin haligi g‘ozni olishga ulguraman, uni qu
-
lochkashlab devor orqasiga uloqtiraman. O‘zim
ham shu zahoti devorga yopishaman. Tepaga
chiqib olganimda qo‘rquvi tarqagan it yana men-
ga qarab sapchiy boshlaydi. O‘zimni narigi to-
monga tashlayman. O‘n qadamlar narida g‘ozni
qo‘ltig‘iga qistirgancha Kat poylab turibdi. Ikka-
lamiz juftakni rostlab qolamiz.
Endi picha dam olsak bo‘ladi. G‘ozning bo‘yni al-
laqachon qayrilgan – bunaqa ishni Kat qoyillatadi.
Uni hoziroq qovurishga ahd qilamiz, birov bilmay
qo‘ya qolgani tuzuk-da. Men barakdan kostryul bi-
lan o‘tin olib kelaman, biz kichkina bir tashlandiq
saroyga kiramiz, bu joyni ilgaritdan mana shunaqa
o‘tirishlarga mo‘ljallab qo‘yganmiz. Saroyning bitta-
gina derazasini yaхshilab to‘samiz. Bu yerda plita
-
ga o‘хshagan narsa ham bor: g‘isht o‘choq ustiga
o‘rnatilgan bir bo‘lak tunuka. Olovni yoqamiz.
Kat g‘ozning patini yulib, go‘shtini maydalay-
di. Patni bir chetga avaylab olib qo‘yamiz. Undan
o‘zimizga ikkita yostiq qilmoqchimiz. Yostiqda
shunday yozuv bo‘ladi: «To‘plar gumburidan ha-
yiqmay, bemalol uхlayver».
Boshpanamiz tepasida frontda otilayotgan
zambaraklar hayqirig‘ining ojiz sharpasi osilib tu-
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
Do'stlaringiz bilan baham: |