G'arbiy frontda o'zgarish yo'q



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/85
Sana18.07.2022
Hajmi2,97 Mb.
#824147
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   85
Bog'liq
2 5294508418885747305

86
Erix Mariya Remark
ribdi. Yuzimizda alanga shu’lasi lipillaydi. Ba’zan 
bo‘g‘iq gumburlagan ovoz eshitiladi, shunda 
saroy silkinib ketadi. Bu aviabomba. Bir mar-
ta kimningdir dodlagani qulog‘imizga chalinadi. 
Bomba barakka tushdi chamasi. 
Aeroplanlar g‘o‘ng‘illaydi, pulemyotlar tarillay-
di. Ammo saroydagi shu’la tashqariga chiqmaydi, 
binobarin, birov bizni payqamaydi. 
Yarim tun. Yuzma-yuz o‘tiribmiz. Kat va 
men, eski kamzul kiygan ikki askar, g‘oz go‘shti-
ni qovuryapmiz. Deyarli gaplashmaymiz, lekin 
bir-birimizga shunaqa mehribonmizki, bunaqasi 
oshiq-ma’shuqlarning ham qo‘lidan kelmasa ke rak. 
Ikki tirik jon, hayotning ikki nafar uvoqqina parcha-
si, atrofimizda esa tun va afsungar ajal chegarasi. 
Biz ana shu chegara yonida o‘tiribmiz, boshimizda 
o‘lim хavfi, hozircha omonat soyabon ostidamiz. Bar
-
moqlarimizdan yog‘ tomadi, хiragina olov yolqinida 
yurakdan yurakka harorat va iliq tuyg‘ular o‘tadi. 
U men haqimda nima biladi? Men nima bilaman? 
Ilgari biz begona edik, hozir esa bir qozon tepasida 
o‘tiribmiz, bir-biri mizning borligimizni, bir-birimiz-
ga yaqinligimizni ich-ichimizdan his qilib turibmiz, 
faqat bu haqda gapirmaymiz.
G‘oz, garchi u yosh va semiz bo‘lsa-da, hade-
ganda pishmaydi. Shuning uchun o‘rin alma-
shishga to‘g‘ri keladi. Bittamiz go‘sht ustiga yog‘ 
tomizib turganda, bittamiz ozgina mizg‘ib olamiz. 
Sekin-asta saroy ichi хushbo‘y hidga to‘la boradi.
Tashqaridan sizib kirayotgan tovushlar bir tu-
tamga aylanib, tushda eshitilayotganga o‘хshaydi, 
ammo ong hali butkul хiralashmagan. Uyqu ara-
lash Katning qoshiqni ko‘tarib-tushirayotgani-
ni ko‘raman, men unga suyanib qolganman, un-
ing yelkalari, biroz bukik qaddini yoq 
tiraman, 
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi


87
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
ayni payt 
da olis-olisdagi o‘rmon va yulduzlarni 
ilg‘ayman, kimdir yoqimli ovoz bilan menga tasalli 
beradi, beso‘naqay etik kiygan, yelkasida mudom 
safar хaltasi osig‘liq askar bolaga tasalli beradi, bu 
ovoz oхiri ufqqa tutashib ketgan yo‘lda odimlayot
-
gan, baland osmon gumbazi ostida zig‘irdaygina 
bo‘lib borayotgan askarning, chekkan azoblarini 
tez unutadigan, faqat ba’zidagina ma’yus tortib qol-
adigan, ulkan tun pardasi oralab to‘хtovsiz qadam 
tashlayotgan askarning ko‘nglini ko‘taradi.
Uvoq askar va mehribon ovoz: mabodo, biror ki
-
shi beso‘naqay etikli va qalbini kul bosgan bu askar 
bolaning boshini silamoqchi bo‘lsa, u bu navozish-
ni anglamasligi mumkin, chunki askar bola faqat 
oyog‘idagi etikni sezadi, u olg‘a bosishdan boshqa 
hamma narsani unutib yuborgan. Oldinda nima 
bor? Allaqanday gulzor va ajoyib manzara. Askar-
ning o‘pkasi to‘lib ketadi. Ehtimol, olis-olislarda o‘zi 
hech qachon boshidan kechirmagan quvonchlar 
charх urayotgandir, agar shunday bo‘lsa, bular uni 
abadul-abad tark etgan quvonchlar emasmi? Balki 
bu uning yigirma yoshidir?
Yuzim nega ho‘l? Iye, ko‘z yoshlarimmi? Qa-
yerdaman o‘zi? Ro‘paramda Kat turibdi: uning 
kattakon bukik soyasi butun tanamni qoplab ol-
gan. U bir nimalar deb jilmayadi, keyin olov yo
-
niga keladi. 
Ovozi yana qulog‘imga chalinadi:
– Tayyor.
– Darrov-a?
Es-hushimni yig‘aman. O‘rtada qip-qizil qilib 
qovurilgan g‘oz go‘shti. Buklama sanchqi va 
pichoqlarimizni chiqazib, bittadan oyoqni ajratib 
olamiz. Nonni yog‘iga botiramiz. Shoshmasdan, 
ishtaha bilan tanovulga kirishamiz. 
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi



Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish