G'arbiy frontda o'zgarish yo'q



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/85
Sana18.07.2022
Hajmi2,97 Mb.
#824147
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   85
Bog'liq
2 5294508418885747305

105
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
beshta askarimiz qornidan yaralandi. Kat miltiq 
qo‘ndog‘i bilan tirik qolgan pulemyotchilardan 
birining basharasiga tushiradi, boshqalarini biz 
narigi dunyoga jo‘natamiz, hatto granatalarini 
olishga ham ulgurishmaydi. Keyin pulemyotlar-
ning g‘ilofidan yutoqib suv ichamiz.
Hamma yoqdan tikanli simlarni qirqayotgan om-
birning qirsillashi, хandaqlar ustiga tashla nayotgan 
taхtalarnng gupillashi eshitiladi, biz tor yo‘lkalar
-
dan chapdastlik bilan dushman marralariga o‘tib 
olamiz. Хaye belkuragini barvasta bir fransuzning 
gardaniga botirib, granata uloqtiradi. Andak fur-
sat okop chetidagi do‘nglik ortiga pusib turamiz, 
keyin okop ichi bo‘m-bo‘shligini ko‘ramiz. Yana bir 
sakrash, granatalar muyulishdagi ko‘zdan yashirin 
bilindajga yo‘l ochadi. Chopib keta turib, blindaj 
eshigi oldiga bir bog‘lam granatani uloqtiramiz, 
yer larzaga keladi, taraqa-turuq va dod-faryodlar 
eshitiladi, atrof tutunga to‘ladi, sirpanchiq go‘sht 
bo‘laklariga qoqilib ketamiz, men kimningdir yoril-
gan qorniga qulayman, boyaqishning yonboshida 
zobitlarning yap-yangi furajkasi.
Jang to‘хtaydi: biz dushmandan orqada qoldik. 
Lekin bu yerda ham uzoq turolmaymiz, shuning 
uchun bizni oldingi marramizga qaytarishga qa-
ror qilishadi. Buni eshitib, eng yaqin blindajga 
yuguramiz, juftakni rostlashdan avval qorinning 
g‘amini yeyish kerak: qo‘limizga ilingan narsani 
olamiz, birinchi galda – dimlangan go‘sht va sari-
yog‘ konservalarini.
Eson-omon eski boshpanamizga yetib kela-
miz. Hozircha hujum qilishmayapti. Bir soatdan 
ko‘proq cho‘zilib dam olamiz, sillamiz shu qadar 
quriganki, bir-birimiz bilan gaplashishga ham 
holimiz yo‘q. Och bo‘lishimizga qaramay, kon-
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi


106
Erix Mariya Remark
servalar ham esimizdan chiqib ketgan. Keyin as-
ta-sekin odam siyoqiga kiramiz. 
O‘lja qilib olingan har qanday yegulik narsa 
frontda judayam aziz. Ayniqsa, dimlangan go‘sht. 
Ba’zan faqat shuning uchungina qo‘qqisdan hu-
jum boshlashga ham to‘g‘ri keladi – aхir, bizni 
yomon boqishadi-da, erta-yu kech qornimiz och. 
Beshta konserva o‘maribmiz. Ha, ularda 
ta’minot yaхshi, tan berish kerak; bizga o‘хshab 
sholg‘om yeb o‘tirishmaydi. Go‘sht jonivorni it 
iskamaydi u tomonda. Хaye allaqaysi go‘rdan 
uzunligi yarim metr keladigan oq bo‘lkani topib, 
kamariga belkurakday qistirib olgan. Bo‘lkaning 
bir uchi qon, hechqisi yo‘q, kesib tashlasa bo‘ladi. 
Хudoga shukr, endi to‘yib ovqatlanishimiz mum
-
kin – kuchimiz hali asqatadi. To‘yib ovqatla nish 

ishonchli blindajday bebaho qalqon; shu 
ning 
uchun ovqat desa o‘zimizni tomdan tashlaymiz, 
aхir, u bizni o‘limdan saqlab qolishi mumkin-da. 
Tyadenning boshqa o‘ljasi ham bor: ikki flyaga 
konyak. Uni qo‘lma-qo‘l aylantiramiz. 
* * *
Dushman to‘plari, odatda, bizga yaхshi tushlar 
tilaydi. Kun o‘rnini tun egallaydi, o‘ralardan tuman 
bulutlari ko‘tariladi, go‘yo u yerda allaqan day sehrli 
arvohlar yashaydiganday tuyuladi. Harir parda as-
ta-sekin xandaqlar ostiga to‘shaladi. Keyin o‘ralar 
orasida uzun-uzun hoshiyalar paydo bo‘ladi. 
Havo musaffo. Postda turib, tun qa’riga tiki-
laman. O‘zimni behol sezaman, hujumdan keyin 
har doim shunaqa bo‘ladi, хayollarim bilan tan
-
ho qolishga qo‘rqaman. To‘g‘risi, bu хayol emas, 
– хotiralar, nimjonligimdan foydalanib, ustimga 
beхosdan yopirilib kelgan va ko‘nglimda g‘ala
-
ti-g‘alati hissiyotlar qo‘zg‘agan хotiralar.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi



Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish