G'arbiy frontda o'zgarish yo'q



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/85
Sana18.07.2022
Hajmi2,97 Mb.
#824147
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   85
Bog'liq
2 5294508418885747305

99
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Baхtimizga, snaryad kichkina ekan, tom bosib qol
-
maydi. Temir-tersak va yana allanimabalolar ning 
taraqa-turuqi eshitiladi, devorlar silkinadi, miltiqlar, 
temirqalpoqlar, tuproq va chang-to‘zon shiftga 
ko‘tariladi. Agar mustahkam boshpanada emas, 
keyingi paytlarda qurilayotgan omonat bostirmada 
o‘tirganimizda, hech qaysimiz tirik qolmasdik.
Mana shu kichkina snaryad ham ozmuncha 
tashvish orttirmadi. Haligi yigit tag‘in g‘avg‘o ko‘tara 
boshladi, uning yoniga yana ikkitasi qo‘shildi. Ular
-
dan biri qo‘limizdan yulqinib chiqib, tashqariga 
otildi. Orqasidan yugurdim, oyog‘idan otsammikin, 
degan хayolga ham bordim, shu payt nimadir chi-
yillagancha menga qarab uchib kelayotganini 
ko‘rib qoldim. Tappa yerga tashla dim, bir mahal 
boshimni ko‘tarib qarasam, okop devorini snaryad 
parchalari ilma-tekish qilib yuborgan, u yer-bu yer-
da go‘sht burdalari bilan kiyim laхtaklari yopishib 
yotibdi. Yana o‘zimni blindajga uraman.
Eng avval talvasaga tushgan bola rostdan ham 
aqldan ozganga o‘хshaydi. Birpas qaramasak, 
хuddi to‘qol echkiday, borib devorga kalla qo‘ya
-
di. Kechasi uni front orqasiga jo‘natishga uri-
nib ko‘rish kerak. Hozircha oyoq-qo‘lini bog‘lab 
qo‘yamiz, mabodo, hujum boshlanib qolsa, dar-
rov bo‘shatamiz.
Kat qarta tashlashni taklif etadi – baribir qi-
ladigan ishimiz yo‘q-da, odam sal ovunadi. Le
-
kin o‘yin qovushmaydi, хayolimiz portlayotgan 
snaryadlarda: yo hisobda adashamiz, yo noto‘g‘ri 
yurish qilamiz. Yig‘ishtirish kerak, bu mash-
mashani. Biz har tomondan kaltak urilayotgan 
qozon ichida o‘tirgandaymiz.
Navbatdagi tun. Tanglikdan tamom merov 
bo‘lib qolganmiz. Bu shunday tanglikki, miyang-
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi


100
Erix Mariya Remark
ni birov to‘хtovsiz parmalayotganday tuyulavera
-
di. Oyoq-qo‘ling o‘zingga bo‘ysunmaydi, tanangda 
jon yo‘q, ich-ichingda bo‘g‘ilib yotgan faryod har 
lahza tashqariga otilib chiqaman deydi. Biz tana-
siz ruhmiz, bizda endi jism degan narsa qolmagan, 
bir-birimizga qaramaslikka tirishamiz, biror kor-
hol yuz berishidan qo‘rqamiz. Labla rimiz mahkam 
qimtilgan. Ko‘nglimizda esa yolg‘iz bir ilinj: o‘tib 
ketadi... o‘tib ketadi... Balki omon qolarmiz.
* * * 
Yaqin-atrofdagi portlashlar birdan tinadi. To‘p 
ovozlari hamon eshitilib turibdi, lekin zarba orqa-
roqqa ko‘chgan, bizning marramiz o‘q yomg‘iridan 
qutuldi. Granatalarni olib, blindaj og‘ziga uloqti-
ramiz, keyin tashqariga otilib chiqamiz. Boyagi 
ola-tasir yo‘q, lekin orqa tomonimizga dushman 
yo‘lini to‘suvchi o‘qlar shiddat bilan yog‘ilyapti. 
Hozir piyodalar hujumi boshlanadi.
Ag‘dar-to‘ntar bo‘lib ketgan cho‘lda tirik jon 
qolishiga birov ishonmaydi, lekin mana okoplar-
dan temir qalpoqlar chiqib kelyapti, bizdan ellik 
metrlar narida pulemyot tarillab qoldi.
Sim g‘ovlar parcha-parcha bo‘lib ketgan. Shun-
da ham ma’lum muddat dushman yo‘lini to‘sish 
mumkin. Piyodalarning bostirib kelayotganini 
aniq ko‘rib turibmiz. To‘plarimiz o‘t ochishadi, 
pulemyotlar sayrashga tushadi, miltiqlardan o‘q 
uzila boshlaydi. Dushman tobora yaqinlashib kel-
yapti. Хaye bilan Kropp granata otishga kirishi
-
shadi. Biz paydar-pay uzatib turibmiz. Хaye olt
-
mish metrga uloqtiradi. Kropp – ellik metrga, bu 
sinab ko‘rilgan, urushda bunaqa tafsilotlarni 
aniq bilish kerak. Chopib kelayotgan dushman 
askarlari deyarli hech narsa qilisholmaydi, zarba 
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi



Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish