G'arbiy frontda o'zgarish yo'q



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/85
Sana18.07.2022
Hajmi2,97 Mb.
#824147
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   85
Bog'liq
2 5294508418885747305

101
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
berish uchun bizga kamida o‘ttiz metr yaqinla-
shishlari lozim. 
Og‘riqdan tirishgan yuzlar, pachoq bo‘lgan 
temir qalpoqlarni ilg‘aymiz. Bular fransuzlar. 
Ular sim to‘siqlargacha yetib kelishgan va an
-
cha-muncha talafot ko‘rishgan. Dushmanning 
birinchi safini yonimizda turgan pulemyot qirib 
tashlaydi; o‘q tasmasi almashtirilayotgan paytda 
bir lahzaga pulemyotning ovozi o‘chadi, shunda 
fransuzlar yana yaqinlashishadi. 
Bir askar yuzini osmonga tutgancha g‘ov ustiga 
yiqiladi. Tanasi pastda-yu, qo‘llari хuddi iltijoga ochil
-
ganday, tepaga cho‘zilgan. Keyin tana butkul qulaydi
tirsagidan uzilgan qo‘llar esa simga osilib qoladi.
Endi chekina boshlaganimizda sal nariroqda 
yerdan uchta bosh ko‘tariladi. Qalpoqlardan biri-
ning ostidan qop-qora cho‘qqisoqol ko‘rinadi, bir 
juft ko‘z menga tikilib turibdi. Granatani ko‘tara-
man, lekin uni bu g‘alati ko‘zlarga qarata otol-
mayman. Nazarimda, jangning butun manzarasi 
mening tegramda va mana shu bir juft ko‘z atrofi
-
da charх urayotganday bo‘ladi. Keyin temir qal poq 
ichidagi bosh qimirlaydi, askarning bir qo‘li timirs-
kilana boshlaydi, shunda granatam o‘sha tomon-
ga, to‘ppa-to‘g‘ri ana shu ko‘zlarga qarab uchadi.
Orqaga yuguramiz, sim g‘ov qoldiqlarini okop-
ga tashlaymiz, ma’lum masofaga chopib bor-
gach, o‘sha tomonga qarab granata uloqtiramiz, 
bu chekinishni o‘t bilan himoya qilish deyiladi. 
Keyingi marradagi pulemyotlar ishga tushadi.
Biz хavfli yirtqichlarga aylanganmiz. Biz jang 
qilayotganimiz yo‘q, o‘zimizni o‘limdan saqlayap-
miz. Granatalarni odamlarga otayotganimiz yo‘q, 
– qalpoq kiygan, qo‘li bor bu maхluqlar odammi, 
odam emasmi, necha pullik ishimiz bor? Ular 
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi


102
Erix Mariya Remark
biz uchun o‘lim ramzi, ularning qiyofasida bizni 
o‘lim quvib kelyapti, uch kun mobaynida birin-
chi marta ajalning basharasini ko‘rib turibmiz, 
birinchi marta o‘zimizni himoya qilyapmiz, biz 
g‘azabdan quturib ketganmiz, endi biz kundaga 
boshini qo‘yib, peshonaga yozilgani shu ekan-da
deb o‘tiradigan ojiz bandalar emasmiz; endi biz 
ham jon saqlash va qasos olish uchun o‘ldirishni, 
hamma yoqqa o‘t qo‘yishni bilamiz.
Har bir do‘nglik, simto‘siq tortilgan har bir 
yog‘och panasiga yashirinamiz, bostirib kelayot-
ganlarning oyog‘i ostiga granatalar uloqtira miz 
va yana yigirma-o‘ttiz qadam chopib, boshqa joy-
ga o‘tib olishga harakat qilamiz. Granatalarning 
portlashi qo‘llarimiz, oyoqlarimizni zirillatadi. 
Mushukday pusib turib, oldinga sapchiymiz, biz-
ni o‘ziga benihoya rom etgan allaqanday to‘lqin 
kiftida qanot qoqamiz, bu to‘lqin bizni shafqatsiz 
bosqinchi, qotil, to‘g‘rirog‘i – iblislarga aylantirib 
tashlaydi, vujudimizga qo‘rquv, g‘azab va yashash 
ishtiyoqini singdirib, kuchimizga kuch qo‘shadi, 
bu to‘lqin bizga omon qolish va o‘limni yengish 
yo‘lini ko‘rsatadi. Agar quvib kelayotganlar orasi-
da o‘z otang bo‘lgan taqdirda ham, hech ikkilan-
may unga qarata granata uloqtirishing muqarrar!
Birinchi marradagi okoplarni boy berdik. Le
-
kin ular endi okopmi? Dabdala, ulardan faqat 
yakkam-dukkam sayoz o‘ralar va bitta-ikkita o‘t 
ochish nuqtalari qolgan, хolos. Ammo fransuz-
larning talafoti hazilakam emas. Ular bu qadar 
shiddatli qarshilikni kutishmagan. 
* * *
Tushga yaqinlashib qoldi. Oftob zabtiga 
olyapti, peshonamizdan quyilayotgan ter ko‘zni 
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi



Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish