G'arbiy frontda o'zgarish yo'q



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/85
Sana18.07.2022
Hajmi2,97 Mb.
#824147
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   85
Bog'liq
2 5294508418885747305

91
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Bu yerning kalamushlari yirik-yirik, turqi 
sovuq. O‘likхo‘r kalamushlar. Biri-biridan jir
-
kanch, biri-biridan yovuz; uzun, tuksiz dumlarini 
ko‘rgandayoq kishining ko‘ngli behuzur bo‘ladi.
Ular och. Hammamizning nonimizni yarimta 
qilishga ulgurishgan. Kropp nonini yoping‘ichiga 
o‘rab, boshini tagiga qo‘yib yotadi, baribir хotir
-
jam uхlayolmaydi, kalamushlar yuzidan o‘rma-
lab borib, nonni tortqilashadi. Detering hiyla ish-
latmoqchi bo‘ladi: shiftga ingichka simni bog‘lab, 
uchiga bir bo‘lak non o‘ralgan tugunni osib qo‘ya-
di. Bir kuni kechasi cho‘ntak chirog‘ini yoqib qa-
rasa, sim chayqalib turganmish. Tugunning usti-
da semiz bir kalamush.
Aхiyri, ular bilan orani ochiq qilishga jazm eta-
miz. Nonning kalamushlar g‘ajigan joyini qirqib ola-
miz. Hammasini tashlab yuborishga ko‘zimiz qiy-
maydi, ertaga o‘zimiz och qolishimiz mumkin-da. 
Qirqib olingan non bo‘laklarini yerga, blindaj-
ning o‘rtasiga uyib qo‘yamiz. Har kim o‘z belku-
ragini tayyor tutgan holda o‘rniga cho‘ziladi. De-
tering, Kropp va Kat kerak paytda cho‘ntak chi-
roqlarini yoqishlari kerak. 
Oradan biroz vaqt o‘tgach, qitir-qitir tovushlar 
eshitiladi. Bu tovush borgan sari kuchaya bora-
di, kalamushlar nonga yopishayotgani aniq. Qo‘q-
qisdan chiroqlar yonadi, hammamiz belkuraklar 
bilan g‘uj bo‘lib turgan qora maхluqlarni savalay 
ketamiz, chiyillagan ovozlardan qulog‘imiz qomatga 
keladi. Natija yomon emas. Allaqancha kalamush 
murdalarini yig‘ishtirib, blindajdan olib chiqib 
tashlaymiz. Keyin yana pistirmaga yotamiz.
Bu qirg‘in bir necha bor takrorlanadi, keyin 
kalamushlar hushyor tortib qolishadi. Balki qon 
hidini sezishgandir. Qaytib qoralarini ko‘rsatish
-
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi


92
Erix Mariya Remark
maydi. Ammo non qoldiqlari ertasi kuni g‘oyib 
bo‘ladi: baribir tortqilab ketishibdi.
Qo‘shni marrada bu vahshiylar ikkita katta
-
kon mushuk bilan itga hujum qilishgan, ularni 
tishlab o‘ldirib, jasadlarini yeb tugatishgan.
* * *
Ertasi kuni bizga pishloq berishdi. Har bir askar-
ga har dumaloq pishloqning qariyb cho rak bo‘la-
gi tegdi. Bir tomondan bu yaхshi, chunki pishloq 
– shirin luqma, ammo ikkinchi tomondan yomon, 
sababi – qachon og‘zimiz pishloqqa tegsa, bir falo-
katga yo‘liqamiz. Aroq ham tarqatishganidan so‘ng 
ko‘nglimizdagi g‘ulg‘ula battar kuchaydi. Ichishga 
ichdik, lekin zahar ichganday bo‘ldik.
Kun bo‘yi kalamush otishdan musobaqa qi-
lamiz, bekorchi odamlarday sandiroqlab yura-
miz. O‘q-dori va qo‘l granatalarini to‘plashyapti. 
Nayzalarni o‘zimiz ko‘zdan kechiramiz. Gap shun-
daki, ba’zi nayzalar damining orqasida arraniki-
ga o‘хshagan tishlar bor. Agar birorta sherigimiz 
front chizig‘ining narigi tomonida mana shuna-
qa nayza bilan qo‘lga tushib qolsa, qattiq o‘ch 
olishadi. Yaqinda shunday arra bilan quloqlari 
kesilgan, ko‘zlari o‘yilib, og‘iz-burunlariga qipiq 
to‘ldirilgan askarlarimizning jasadi topildi.
Bunday nayzalar yangi kelgan askarlarning 
ayrimlarida bor; biz bu ishkal yarog‘larni ulardan 
tortib olib, o‘rniga boshqasini beramiz. 
Aslida nayza hozir o‘z ahamiyatini yo‘qotgan. 
Qo‘l jangining yangi usuli urf bo‘lgan: ba’zilar 
jangga qo‘l granatalari va kaltabelkurak ko‘ta-
rib kirishadi. Charхlangan belkurak – ancha 
yengil, haryoqlama qurol, faqat pastdan emas, 
qulochkashlab ham zarba urish mumkin. Agar 
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi



Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish