G'arbiy frontda o'zgarish yo'q



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/85
Sana18.07.2022
Hajmi2,97 Mb.
#824147
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   85
Bog'liq
2 5294508418885747305

88
Erix Mariya Remark
– Mazasi qalay, Kat?
– Zo‘r! Senga-chi, ma’qulmi?
– Bo‘lmasam-chi!
Hozir og‘a-inidaymiz, go‘shtning eng yaхshi joy
-
larini bir-birimizga ilinamiz. Keyin men sigareta 
tutaman, Kat esa sigara. Ancha go‘sht ortib qoladi.
– Kat, Kropp bilan Tyadenga bir bo‘lakdan olib 
borsak-chi?
– Yaхshi bo‘lardi, – deydi u. Go‘shtdan ajra-
tib, gazetaga o‘raymiz. Qolganini barakka olib 
ketmoq chimiz. Ammo Kat ikkilanib qoladi: 
– Tyadenga ozlik qiladi-da.
To‘g‘ri aytyapti, hammasini olib borish kerak. 
Kropp bilan Tyadenni uyg‘otish uchun tovuqхona
-
ga qarab jo‘naymiz. Tabiiyki, patni olishni ham 
unutganimiz yo‘q.
Kropp bilan Tyadenga avvaliga arvohlarga o‘хshab 
ko‘rinamiz. Keyin ular go‘shtga yopishib ketishadi. 
Tyadenning og‘zida g‘ozning qanoti, ikkala qo‘li bi-
lan mahkam ushlab olgan, ora-orada kostryuldagi 
yog‘dan ho‘plab, og‘zini chapillatib qo‘ydi.
– Bu yaхshiliklaringni hech qachon unutmay
-
man!
Barakka qaytamiz. Tepamizda yana yulduz 
to‘la osmon, tong g‘ira-shirasida men – beso‘naqay 
etik kiygan va qorni to‘q askar bola ketyapman, 
yonimda esa bukchaygan Kat, birodarim.
Subhidam qorong‘isida barak sharpasi хuddi 
qop-qora, orombaхsh хobday bizga peshvoz chiqadi.
VI
Dushman hujumi to‘g‘risida gap-so‘zlar o‘rma-
lab qoldi. Bizni odatdagidan ikki kun oldin front-
ga jo‘natishadi. Yo‘l-yo‘lakay snaryad vayron 
qilgan maktab yonidan o‘tamiz. Bino oldiga hali 
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi


89
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
randalanmagan yap-yangi sarg‘ish tobutlar ust-
ma-ust taхlab qo‘yilgan. Qatron va qarag‘ay hidi 
anqib turibdi. Tobutlar yuztadan kam emas. 
– Hujum oqibatini unutishmabdi, – deydi Myuller.
– Bizga mo‘ljallangan, – to‘ng‘illaydi Detering.
– Nafasingni yel olsin, – jerkib beradi uni Kat.
– Senga tobut tegsa, shukr qilishing kerak, – 
deydi Tyaden Deteringga. – Seni yopinchig‘ingga 
o‘rab ko‘mib qo‘ya qolishadi, mana ko‘rasan.
Hamma og‘ziga kelganini gapiradi, lekin har 
kim ichidan o‘tganini o‘zi biladi; nima ham qila 
olardik? Tobutlar rostdan ham bizga atab yasal
-
gan-da. Bu ish ularda puхta yo‘lga qo‘yilgan. 
Front chizig‘i notinch. Tunda vaziyatni aniqlash-
ga urinib ko‘ramiz. Biz turgan joy nisbatan osoyish-
ta, shuning uchun dushman mudofaa chizig‘ining 
ortida temir yo‘l vagonla rining taraqa-turuqi tong-
gacha eshitilib turadi. Fransuzlar chekinmoqchi 
emas, aksincha, yangi qo‘shin, o‘q-dori, qurol-asla-
ha keltirishyapti, deydi Kat.
Ingliz to‘plarining yoniga yangilari qo‘shilyapti, 
buni baralla sezib turibmiz. Fermaning o‘ng to-
moniga kamida yana to‘rtta yangi to‘p o‘rnatishdi, 
eskilari bu hisobga kirmaydi. Tilka-pora bo‘lgan 
tol ortiga esa minomyotlar joylashtirilgan. Bun-
dan tashqari, fransuz zambaraklari ham bor.
Kayfiyatimiz chatoq. Blindajga tushganimizdan 
so‘ng oradan ikki soat o‘tgach, okoplarimizga 
o‘z to‘plarimiz o‘q yog‘dirishdi. Keyingi oyda uch 
marta shunaqa bo‘lishi. Nishonga olishda yang-
lishgan bo‘lsalar ham mayli edi, birov bir nar-
sa demasdi. Hamma balo shundaki, to‘plarning 
stvoli ishdan chiqqan; shu bois snaryadlar duch 
kelgan joyga tushaveradi. Oqibatda, bugun ke-
chasi ikki askarimiz yaralandi.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi


90
Erix Mariya Remark
* * *
Front – qafasday gap. Unga tushib qolgan odam 
qismati nima bo‘lishini kutishga majbur. Biz pan-
jara ortidamiz, uning chiviqlari – snar yadlarning 
yo‘nalishi; hayotimiz mavhumlikdan iborat. Ham-
mamiz tasodif izmidamiz. Ustimga snaryad uchib 
kelayotgan bo‘lsa, engashib qo lishim mumkin – 
tamom-vassalom; lekin u qa yerda portlaydi – bil-
mayman, unga ta’sir ko‘rsatolmayman.
Aynan tasodifga tobelik bizni loqayd qilib qo‘ygan. 
Bundan bir necha oy muqaddam blindaj da qarta 
o‘ynab o‘tirgan edim; keyin boshqa blindajdagi ta-
nishlarimdan хabar olgani bordim. Qaytib kelsam, 
o‘zim hozirgina o‘tirgan blindajdan nom-nishon 
yo‘q: og‘ir snaryad uni yakson qilib yuboribdi. Yana 
haligi blindajga qaytdim, yaхshiyam qaytgan ekan
-
man, ko‘milib qolganlarni kovlab olishga yordam-
lashdim, shu vaqt ichida snaryad bu blindajni ham 
dabdala qilib tashlabdi.
Meni o‘ldirishlari mumkin – bu tasodifga 
bog‘liq, tirik qolishim ham hech gapmas – bu 
ham tasodif izmida. Mustahkam blindaj devorlari 
tagida qolib ketsam – buning ajablanarli joyi yo‘q, 
tep-tekis qirda, o‘qlar yomg‘iri ostida o‘n soat yo-
tib, bir yerim tirnalmasa ham birov taajjubga 
tushmaydi. Har bir askar faqat ming turli sabab 
tufayli tirik qoladi. Binobarin, askar tasodifga 
ishonadi va unga umid bog‘laydi.
* * *
Biz nonimizga hushyor bo‘lishimiz kerak. 
So‘nggi paytlarda, blindajlarda ozodalikka rioya 
qilinmay qo‘yilganidan beri, kalamush ko‘payib 
ketdi. Deteringning so‘zi bilan aytganda, bu ha-
demay boshimizga kulfat tushishidan nishona.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi



Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish