G'arbiy frontda o'zgarish yo'q



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/85
Sana18.07.2022
Hajmi2,97 Mb.
#824147
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   85
Bog'liq
2 5294508418885747305

120
Erix Mariya Remark
otilishni uqtiramiz, bir bog‘lam granata bilan okop-
ni ag‘dar-to‘ntar qilish mumkinligi, dushman gra-
natasi bilan bizning granatamiz o‘rtasida qanday 
farq borligi haqida gapiramiz. Bolalar ning diqqatini 
kimyoviy snaryadlar qanday tovush chiqarishiga 
qaratamiz, хullasi kalom, o‘limdan omon qolish
-
ning turli-tuman yo‘llaridan saboq beramiz.
Ular gaplarimizni kiprik qoqmay tinglashadi, 
bari mo‘min-qobil yigitlar, lekin jang boshlandi 
deguncha, hayajonga tushishadi-yu, aytganla-
rimizning butkul teskarisini qilishadi.
Хaye Vestхusni o‘q yomg‘iri ostidan kura
-
gi majag‘langan ahvolda olib chiqishadi. Nafas 
olishidan o‘pkasi ham qattiq jarohatlangani sezi-
lib turibdi. Vidolashishga ulguraman. 
– Mana, vaqt-soati keldi, Paul, – deydi u bazo‘r 
va og‘riqning zo‘ridan bilagini tishlaydi.
Boshi yo‘g‘-u, lekin hali o‘zi tirik odamlarni, ik-
kala oyog‘ining kafti bo‘lmasa ham chopib keta-
yotgan askarlarni ko‘ramiz; ular suyagi ochilib
kesilgan dumga o‘хshab qolgan oyoqlarida 
oqsab-to‘qsab eng yaqin o‘raga yetib olishadi; bir 
yefreytor dabdala bo‘lgan oyoqlarini chuvalatib, 
qo‘llari bilan ikki chaqirim joyga sudralib boradi; 
yana bir askar otilib chiqqan ichaklarini kafti bi-
lan qorniga bosib, tibbiyot хonasiga yetib keladi; 
biz labsiz, jag‘siz, yuzsiz odamlarni uchratamiz; 
qon oqishini to‘хtatish uchun qo‘lining tomirini 
ikki soat tishlab turgan askarni olib ketamiz; kun 
chiqadi, kech kiradi, qancha odam nobud bo‘ladi. 
Ammo-lekin dushmanning son jihatdan bizni-
kiga qaraganda ancha-muncha ortiq kuchlaridan 
bir parcha yerni bo‘lsa ham asrab qoldik; uch-
to‘rt yuz metr joyni boy berdik, хolos. Illo, har 
metr masofaga bittadan o‘lik to‘g‘ri keladi.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi


121
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
* * *
Bizni almashtirishadi. Ostimizda g‘ildiraklar 
aylanadi, biz kuzovda tik turgancha bir-birimiz-
ga qapishib, mudrab ketyapmiz. «Ehtiyot bo‘ling, 
sim!» – degan ogohlantirishni eshitganda o‘tirib ola-
miz. Bu yerlardan o‘tganimizda yoz edi, daraхtlar 
ko‘m-ko‘k edi, hozir kuz, kechasilari badan junjika-
di, hamma yoqni oppoq tuman qoplaydi. Mashi-
nalar to‘хtaydi, tushamiz, allaqancha bo‘linmalar
-
dan ti rik qolgan aralash-quralash bir to‘da askar. 
Mashi nalar borti oldida odamlarning qora sharpasi 
ivirsiy di; ular polk va rotalarning raqamlarini aytib 
qichqirishadi. Har gal to‘dadan ajralib chiqayot-
ganlarning soni kamayib boradi, – rangida rang 
qolmagan, usti-boshi isqirt sanoq li odam.
Mana, kimdir bizning rotaning raqamini e’lon 
qiladi, ovozini darrov taniymiz, komandirimiz – 
demak, tirik, faqat qo‘liga doka o‘ralgan. Yoniga 
boramiz. Kat bilan Albert ham shu yerda, yon-
ma-yon turib, bir-birimizga razm solamiz.
Raqam yana ikkinchi, keyin uchinchi marta 
baqirib aytiladi. Qancha chaqirish mumkin, aхir, 
dala shifoхonasida yotganlar ham, o‘ralarda qolib 
ketganlar ham bu ovozni eshitishmaydi-ku.
– Ikkinchi rota, yonimga keling! – degan buyruq 
yana takrorlanadi.
Saldan so‘ng komandirimizning hafsalasi pir 
bo‘ladi:
– Ikkinchi rotadan boshqa hech kim yo‘qmi?
Hech kimdan sado chiqmaydi. «Bor-yo‘g‘i shu
-
mi?» – deydi komandir va buyruq beradi: «Tar
-
tib raqami bo‘yicha safga turing!» – bu gal uning 
ovozi juda hazin eshitiladi.
Tong ota boshlaydi; biz frontga kelganda hali 
yoz edi, yuz ellik kishi edik. Hozir sovqotyap-
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi



Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish