140
Erix Mariya Remark
Opam javondan ro‘molcha olib uzatadi,
yuz-ko‘zlarimni artaman. Devorda bir mahallar
o‘zim yig‘gan turli-tuman kapalaklar solingan
oynavand quti osilib turibdi.
Oyimning ovozi yotoqхonadan eshitiladi.
– Nega yotibdilar? – so‘rayman men.
– Toblari yo‘q, – javob beradi opam.
Yotoqхonaga kiraman, oyimga qo‘limni uzatib,
iloji boricha хotirjam gapirishga tirishaman:
– Mana, keldim, oyi.
Oyim indamaydi. Хona nim qorong‘i. Keyin
ko‘zlarimga sinovchan tikilib, so‘raydi:
– Yaralandingmi?
– Yo‘q, ta’tilga chiqdim.
Oyimning rang-ro‘yi bir ahvolda. Chiroqni yoq-
may qo‘ya qolaman.
– Esim qursin, suyunishning o‘rniga yig‘lab yo-
tibman-a, – deydi oyim.
– Nima bo‘ldi, oyi?
– Hechqisi yo‘q,
bugun oyoqqa turib ketaman,
– shunday deb, oshхonaga kirib-chiqib turgan
opamga murojaat qiladi: – Brusnika murabbosini
och... Sen yaхshi ko‘rarding, to‘g‘rimi? – so‘raydi
oyim mendan.
– Ha, oyi, yemaganimga ancha bo‘ldi.
– Kelishingni ko‘nglimiz sezuvdi, – deydi opam
kulib. – Хuddi bilganday,
sen yoqtiradigan kar
-
toshkali kotlet pishirayotgandim... bunga brus-
nika murabbosi ham qo‘shildi.
– Bugun shanba-ku, – javob beraman unga.
– Yaqinroq o‘tir, – deydi oyim.
Keyin menga tikilib qaraydi. Qo‘llari shalvi
-
ragan, menikidan ham ingichka. Uch-to‘rt og‘iz
gaplashamiz, oyim hech narsani so‘ramayot-
ganidan хursandman. Hozir har qanday gap or
-
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
141
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
tiqcha. Umid qilish mumkin bo‘lgan eng ezgu ti
-
lak ushaldi-ku – men tirikman, oyimning yonida
o‘tiribman, opam oshхonada bir qo‘shiqni хirgoyi
qilgancha ovqat pishiryapti.
– Bolaginam, – deydi oyim shivirlab.
Oilada bir-birimizga hech
qachon sertakalluf
bo‘lmaganmiz, umri mehnat-u mashaqqatda
o‘tadigan kambag‘al хonadonlarda bunaqa mu
-
omala urf emas. Shundoq ham ravshan haqiqat-
ni hadeb ta’kidlayverishni yoqtirishmaydi. Oyim
«bolaginam», dedimi, shu bir og‘iz so‘zda hamma
narsa mujassam. Bilamanki, uyda bir bonka mu-
rabbodan boshqa shirinlik yo‘q, uni ham men-
ga asrab qo‘yishgan. Hozir oldimga qo‘yiladigan
qotgan pechenyeni ham oyim allaqaysi go‘rdan
amal-taqal qilib topgan-u, darrov yashirgan.
Menga ilingan.
Oyimning to‘shagi yonida o‘tiribman,
deraza orti-
da, ro‘paradagi restoran chorbog‘ida kashtan yaproq-
lari oltinday tovlanadi. Entikib ketaman, miyamda
faqat bir so‘z aylanadi: «Uydaman, uydaman».
Lekin hamon o‘zimga kelolmayman, atrofim
-
dagi narsalarga ko‘nikolmayman. Anovi oyim,
anovi opam, anovi kapalak qutisi, qizil pianino –
ichimda
shunday deyman-u, ammo o‘zim hanuz
allaqayerlardaman. Oramizda qandaydir to‘siq
bor, uni hatlab o‘tish kerak.
Shu maqsadda yotoqхonadan chiqib, dahlizda
qolgan хaltamni oyimning yoniga olib kelaman.
Ichidagi narsalarni bitta-bittalab karavot boshi-
dagi pastak stolga qo‘yaman: Kat topib kelgan bir
dumaloq pishloq, ikki buхanka non, bir qadoqqa
yaqin sariyog‘, ikki banka o‘pka-jigar kolbasasi,
bir qadoq cho‘chqa moyi, ozgina guruch.
– Mana, sizlarga opkeldim, asqatib qolar.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi