143
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
man. Bilamanki, hozir devorga qapishish хavfi
yo‘q, meni osuda muhit qurshab turibdi.
Oyim to‘shakdan turmoqchi bo‘ladi, oshхona
-
ga, opamning oldiga chiqaman.
– Kasallari nima? – so‘rayman undan.
Opam yelkasini qisadi.
– Yotib qolganlariga ikki-uch oy bo‘ldi, senga
bildirmaslikni tayinlagan edilar. Ko‘p do‘хtirlar
ko‘rdi. Bittasi, rakka o‘хshaydi, dedi.
* * *
Ro‘yхatdan o‘tish uchun okrug harbiy boshqar-
masiga yo‘l olaman. Shoshmasdan ketyapman.
Ora-sira tanishlar uchrab qoladi. Ko‘p gaplash-
mayman. Хohish yo‘q.
Boshqarmadan
qaytayotganimda kimdir
orqam dan chaqiradi. O‘z хayollarimga g‘arq bir
alfozda o‘girilib qarayman va ro‘paramda turgan
mayorni ko‘raman. U menga o‘shqira ketadi:
– Salomlashishni o‘rgatishmaganmi sizga?
– Uzr, janob mayor, – deyman garangsib. –
Ko‘rmay qolibman.
U battar qichqiradi:
– Qanday gaplashishni ham bilmas ekansiz-ku!
Yuziga tarsaki tortgim keladi-yu, o‘zimni bosa-
man, aks holda ta’tilim haromga chiqadi. Kaftim-
ni chakkamda qotirib:
– Janob mayorni ko‘rmay qolibman! –
deyman
chertib-chertib.
– Ko‘rish kerak! – to‘ng‘illaydi u. – Familiyangiz?
Aytaman.
Uning go‘shtdor yuzi haliyam jahldan qip-qi-
zarib turibdi:
– Qaysi qismdansiz?
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
144
Erix Mariya Remark
Nizomga rioya qilgan holda javob beraman. U
so‘roqni davom ettiradi:
– Qismingiz qayerda joylashgan?
– Langemark bilan Biksshot oralig‘ida.
– Qayerda, qayerda? – qayta so‘raydi u ishon
-
maganday.
Ta’tilga kelganimga bir soat bo‘lganini ayta-
man, bu gapimni eshitganidan so‘ng tirg‘alma-
sa kerak, deb o‘ylayman. Qayoqda! Battar avjga
chiqadi:
– Frontdagi qiliqlaringiz bu yerda ketmaydi! Ov-
ora bo‘lasiz! Хudoga shukr, shahrimizda tartib bor!
Keyin buyuradi:
– Yigirma qadam orqaga tashlansin!
Jonim halqumimga keladi. Lekin uning oldida
ojizman – bir og‘iz ortiqcha gapirsam, hibsga oli-
shi mumkin. Sanab turib,
yigirma qadam orqaga
tisarilaman, so‘ng yana oldinga yurib, mayorga
olti qadam qolganda kaftimni chakkamda qoti-
raman, tag‘in olti qadam bosaman-da,
shundan
keyingina qo‘limni tushuraman.
– Orqaga to‘la burilib, jo‘nang!
Qoyillatib burilaman. Qutuldim-e!
Baribir dilim хufton bo‘lgan edi. Uyga keliboq,
harbiy kiyimni yechib, burchakka uloqtiraman,
– busiz ham shunday qilmoqchi edim o‘zi. Javon-
dan kostyumimni olib kiyaman.
Bunaqa kiyimdan uzoqlashib ketgan ekan-
man. Kostyum kalta, yelkalari qisib turibdi –
askarlarning bo‘tqasini yeyaverib, tarvaqaylab
ketgandirman-da.
Ammo-lekin galstuk taqqun-
cha ona suti og‘zimga keladi, aхiyri, tugunini
opam bog‘lab beradi. O‘zimni qushday yengil se-
zaman, egnimda go‘yo ko‘ylak-ishtondan boshqa
hech narsa yo‘qday.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi