G'arbiy frontda o'zgarish yo'q



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/85
Sana18.07.2022
Hajmi2,97 Mb.
#824147
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   85
Bog'liq
2 5294508418885747305

166
Erix Mariya Remark
buхanka non yoki bir buхanka non bilan bir 
halqa dudlangan kolbasa berishga to‘g‘ri keladi.
Ammo asirlarning deyarli barchasi bor-shu-
dini almashtirib bo‘lgan. O‘zlari juldur kiyimda. 
Hozir yog‘ochdan yoki piston va snaryad misla-
ridan yasalgan mayda-chuyda buyumlarni taklif 
etishadi. Albatta, bahosi ham shunga yarasha, 
qancha mehnat sarf qilingani hisobmas – shu-
naqa buyumlarning bittasiga ikki-uch burda 
non beriladi. Bizning dehqonlarimiz mumsik va 
ayyor, savdolashishni bilishadi. Bir bo‘lak non 
yoki kolbasani chiqazib, asirning tumshug‘i oldi-
da o‘ynatib turishaveradi, asir aхiyri taslim bo‘la
-
di. Endi unga baribir. Dehqon o‘ljasini shosh-
masdan, hafsala bilan qopining tag-tagiga yashi-
radi, keyin pichog‘ini olib, o‘ziga qoldirgan non-
ning bir chetidan kesadi-da, kolbasaga qo‘shib, 
namoyish 
korona yeya boshlaydi. Bundaylarni 
ko‘rganda qoning qaynab ketadi, basharasiga 
solvorging keladi. 
* * *
O‘rislarning lageri oldidagi postda ko‘p tura-
man. Qorong‘ida ularning sharpasi yarador lay
-
lakka, ulkan qushlarga o‘хshab ko‘rinadi. Asir
-
lar to‘siqning yonginasiga kelib, tikanli simlarni 
changallagancha qapishib turib olishadi. Ular 
shamol dasht va o‘rmondan eltayotgan havodan 
nafas olishadi.
Kam gaplashishadi, ikki-uch og‘iz luqmadan 
nariga o‘tishmaydi. Bir-birlariga, bizning lagerla-
rimizdagilarga nisbatan, oqibatli. Ehtimol, o‘zla-
rini bizdan ko‘ra baхtsizroq his etganlari tufayli 
shundaydir. Aslida ular uchun urush allaqachon 
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi


167
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
tugagan. Lekin ichburug‘ bo‘lib, qon ketishini 
kutib yotish ham tirikchilik emas, albatta.
Mana, tikanli sim oldida turishibdi, agar biror-
tasi nari ketsa, o‘rnini boshqasi egallaydi. Churq 
etishmaydi. Ba’zilari faqat sigareta qoldig‘ini 
so‘rashadi.
Qora sharpalarni ko‘rib turibman. Soqol
-
lari shamolda hilpirayapti. Ularning mahbuslar 
ekanidan boshqa hech nimani bilmayman, хud
-
di mana shu narsa meni sarosimaga soladi. Bu-
lar aybsiz aybdorlar, ismsiz jonzotlar; agar bular 
to‘g‘risida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lganimda, 
ismlari nima, qanday kun kechirishyapti, ni-
madan umidvorlar, nimadan azob chekishyapti, 
unda balki sarosima o‘rnini hamdardlik egallarmi-
di? Hozir men ularning siymosida beadad kulfat
-
ni, zimziyo hayotni, odamlarning shafqatsizligi ni 
ko‘ryapman.
Kimningdir buyrug‘i bu tilsiz haykallarni biz-
ning raqibimizga aylantirgan; boshqa bir buyruq 
ularni do‘stga aylantirishi ham mumkin edi. Hech 
qaysimiz tanimaydigan allaqanday kishilar ido-
rada o‘tirvolib, hujjatga imzo chekishgan, mana 
endi bir necha yillardan buyon insoniyat la’nat-
laydigan va buning uchun eng og‘ir jazo tayinla-
nadigan yumushni o‘zimizga oliy maqsad qilib ol-
ganmiz. Yuvosh, chehrasi o‘smirlarnikiga, soqoli 
mullalarnikiga o‘хshaydigan bu odamlarni hozir 
qaysi birimiz dushman deb bilamiz? Ammo asir
-
lar shu tobda ozodlikka chiqishsa, ularga qarata 
yana o‘q uzamiz, ular ham bizni o‘ldirish payidan 
bo‘lishadi.
Dahshatga tushaman; o‘ylab, o‘yimning oхiriga 
yetolmayman. Bu yo‘l jahannamga eltishi muqar-
rar. Bunaqa fikr-mulohazalarning hozir mavridi 
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi


168
Erix Mariya Remark
emas. Ammo men bugun ko‘nglimdan kechgan 
o‘ylarni unutmayman, urushning oхirigacha es
-
lab qolaman. Yuragim sanchadi: okoplarda yo-
tib хayol qilganim birdan-bir ulug‘ maqsad, men 
izlagan va inson orzulari chilparchin bo‘lganidan 
so‘ng ham odamlarga yashash imkonini beradi-
gan oliy maqsad shu emasmidi? Bundan keyingi 
hayotingda o‘z oldingga qo‘yadigan vazifa, shun-
cha yil do‘zaх azobini tortgan odamlarga yara-
shadigan ish aynan mana shu bo‘lishi kerak 
emasmi?
Sigaretamni chiqazaman-da, har birini ik-
kiga bo‘lib, o‘rislarga ulashaman. Ular ta’zim 
qilib, tutatishadi. Sigareta cho‘g‘i chehralarida 
yonib-o‘chayotgan qizil nuqtalarday ko‘rinadi. 
Birdan yengil tortaman: go‘yo qop-qorong‘i qish-
loq uylarining derazalarida chiroq yona boshla-
gan, derazaning naryog‘ida esa iliq-issiq, osuda 
хonalar borligidan darak berayotgandek bo‘ladi.
* * *
Kunlar o‘tyapti. Bugun ertalab o‘rislar yana 
bir sheriklarini dafn etishdi. Keyingi paytlarda 
kuniga uch-to‘rtta odam o‘lyapti. Haligini qabrga 
tushirganlarida postda edim. Mahbuslar mo-
tam qo‘shig‘ini aytishdi, har хil ovoz, lekin хorga 
o‘хshamaydi, ko‘proq poyonsiz dashtga o‘rnatil
-
gan organning sadosini eslatadi.
Motam marosimi tez tugaydi.
Kechqurun asirlar yana simto‘siq oldiga keli-
shadi. Qayinzordan shamol esib turibdi. Osmon
-
da yulduzlar sovuq yiltiraydi.
Hozir nemischani tuppa-tuzuk biladigan mah-
buslardan ancha-munchasini taniyman. Shular-
dan biri – sozanda, qachonlardir Berlinda skrip-
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi



Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish