Qurbonova M. "Matn tilshunosligi" Toshkent. "Universitet" nashriyoti 2014



Download 30,88 Kb.
bet1/4
Sana21.03.2022
Hajmi30,88 Kb.
#505264
  1   2   3   4
Bog'liq
Qurbonova matn tilshunosligi


Qurbonova M. “Matn tilshunosligi” - Toshkent. “Universitet” nashriyoti - 2014
KBK 81.2 o‘zb
Mazkur o‘quv qo‘Ilanmada matn kategoriyasining o ‘rganiIishi, matn va 
kommunikatsiya, matn va uning tiplari, matn va uning qismlarini bogMovchi 
vositalar, nutq uslubi va uning ko'rinishlari, badiiy matnning fonetik-fonologik, 
leksik-grammatik xususiyatlari, badiiy matnni tadqiq etish tamoyillari va usullari 
haqida so‘z yuritiladi.
Qo‘llanma magistrantlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil 
tadqiqotchilar hamda keng kitobxonalarga mo‘ljallangan.
Mas’ul muharrir: 
R.Sayfullayeva- filologiya fanlari doktori, professor 
Taqrizchilar:
A.Rafiyev - filologiya fanlari nomzodi, dotsent 
M.Saparniyazova - filologiya fanlari nomzodi, dotsent
5A 120102- Lingvistika ( 0 ‘zbek tili) mutaxassisligi magistr talabalari 
uchun o‘quv qo‘llanma
0 ‘zbekiston Milliy universiteti kengashi tomonidan nashrga tavsiya 
etilgan (2013-yil 24-aprel, bayonnoma № 12)
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 2 
yil 20-avgustdagi 312-sonli buyrug’iga asosan o‘quv qoMlanma sifa 
tasdiqlangan va nashr etishga ruxsat berilgan.
ISBN -978-9943-305-99-1

“MATN TILSHUNOSLIGI” FANINING 
0 ‘RGANISH OB’YEKTI VA MAQSAD-VAZIFALARI
“Matn tilshunosligi” fanining o'rganish ob’yekti matn hodisasi 
bo‘lib, u gapdan ko‘ra yirik hajmli aloqa vositasi, nutqiy faoliyat 
mahsuli, muayyan qonuniyatlar asosida shakllangan nutq ko‘rinishidir. 
Ayrim mutaxassislar bittagina gap ham minimal matn tushunchasiga 
teng kelishi mumkin degan fikrni ilgari surishgan. Tilshunos 
N.Tumiyozov «matn bir so‘z bilan, bir necha so‘z bilan, bir necha gap 
bilan, bir necha abzas bilan va bir necha bob bilan ifodalanishi ham 
mumkin»1 ligini aytadi. Lekin olim shuni ham ta’kidlaydiki, «matn 
lingvistikasi muammolarini bir so‘zli, birikma yoki biror sodda gap 
bilan ifodalangan matnlar asosida o'rganish maqsadga mUvofiq emas. 
Chunki bunday matnlarga tayanib, til sistemasi unsurlarining nutqqa 
ko‘chirilishiga oid masalalar tavsifmi mukammal holatda berib 
boMmaydi».
Ushbu o‘quv qo‘llanmada magistrlarhi matn tilshunoligi fanining 
maqsad va vazifalari bilan tanishtirish, ularga fanning asosiy 
tushunchalari, muammolari haqida ma’lumot berish maqsad qilib 
olingan. Oquv qo‘llanmada quyidagi masalalarga to'xtalinadi:
- matn lingvistikasi fanining paydo bo‘lishi, 
dunyo 
tilshunosligida matn kategoriyasining o'rganilishi, 
shakllanish 
bosqichlari, jahon tilshunosligida (I.R.Galperin, K.ICojevnikova, 
Ye.A.Referovskaya, 
G.Ya.Solganik, 
V.G.Gak, 
M.V.Lyapon.,
O.I.Moskalskaya, A.A.Metsler, O.L.Kamenskaya va boshqalaming 
tadqiqotlari) va o‘zbek tilshunosligida matn lingvistikasi fanining 
paydo bo‘lishi (N.M.Tumiyozov, A.Mamajonov, E.Qilichevlaming bu 
boradagi 
qarashlari. 
S.Boymirzayeva, 
M.Yo‘ldoshevlaming 
tadqiqotlari);
- matn va uning til sistemasidagi o‘mi, fanlaming sistemaviy 
tabiati, 
tilshunoslikning 
fanlar 
sistemasidagi 
o‘mi, 
tilning 
sistemalardan tashkil topganligi masalasi, matn va uning tarkibiy 
qismlari 
(fonema-leksema-morfema-gap-matn 
ierarxiyasi)ning 
sistemaviy tabiatini ochib berish;
- matnning eng asosiy kommunikativ birlik sifatidagi ahamiyati, 
matn va uning maqomini belgilash muammosi, matnning yondosh
' Турнивзов H. Мата лингвисгикаси.-Самарканд, СамДЧТИ, 2004,21-бет.
3

hodisalarga munosabati, matnning til va nutq dixotomiyasidagi o‘mini 


belgilash, matnga sof nutqiy birlik sifatida yondashish, matnning til 
va nutq birligi sifatidagi maqomi, bunday 
farazning 
falsafiy- 
metodologik asoslarini o‘rganish,
- matn va kommunikatsiya munosabati, kommunikatsiya va 
uning vositalari, nutqiy akt, kornmunikant tushunchalari, shuningdek, 
matn va uning tarkibiy qismlari, matn birliklari, gap, qo‘shma gap, 
murakkab tuzilmali gaplar, supersintaktik birliklar, period, abzas 
tushunchalari, ulaming o‘zaro munosabati, so‘z, gap va matn, matn 
birliklarining semantik-grammatik jihatlari haqida ma’lumot berish;
- matn tarkibiy qismini 
bogMovchi vositalar, teng va 
ergashtiruvchi bog‘lovchilar, yuklamalar, nisbiy so‘zlar, fe‘l shakllari, 
makon va zamon ifodalovchi so‘zlar, matn komponentlariaro semantik 
va grammatik munosabatlar, ichki sintagmatik munosabatlar(matn 
birliklarining semantik-grammatik munosabati), tashqi sintagmatik 
munosabatlar(matn birliklarining boshqa birliklar bilan munosabati), 
matnda mantiqiy izchillik, uning saqlanishi, buzilishi, ataylab 
o‘zgartirilishi. matnda modallikning ifodalanishi, paradigmatik va 
sintagmatik 
munosabatlarda estetik qarashlaming ifodalanishi 
masalalarini o‘rganish;
- matn va uning tipologik tasnifl: og‘zaki matn, yozma matn, 
minimal matn, maksimal matn, mikromatn, makromatn turg‘un 
strukturali matnlar (ma’lumotnoma, dalolatnoma, annotatsiya, patent) 
va erkin strukturali matn hikoya, muhokama matn, ilmiy matn (tezis, 
maqola, ma’ruza, taqrizlar), badiiy matn (nasriy va nazmiy asarlar), 
rasmiy 
matn 
(ma’lumotnoma, 
qaror, 
buyruq, 
tavsifhoma, 
tavsiyanomalar), ommabop matn, hikoya mazmunli matn, tasviriy 
matn, izoh mazmunli matn, didaktik matn, xabar-darak mazmunli 
matn, so‘roq mazmunli matn, buyruq-istak mazmunli matn, hissiy 
ifoda mazmunli matnlar va ulaming o‘ziga xos xususiyatlarini 
yoritish;
- matn va uslub munosabati, matnning 
funksional tasnifi 
masalasi, jonli so‘zlashuv uslubiga munosabat, jonli so‘zlashuv va 
adabiy til “zidligi”, aloqasi; adabiy nutq uslublari: rasmiy uslub, ilmiy 
uslub, publisistik uslub, uning zamon bilan bog'liqligi, hoziijavobligi, 
makon bilan aloqadorligi, o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish;
- o‘zbek tilining badiiy tasvir vositalari: troplar (ko'chim): 
metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik kabilar; sintaktik
4

figuralar: takror, ellipsis, inversiya, gradatsiya, ko‘p bog5lovchililik, 


bog‘lovchisizlik, uyushiqlik va b. haqida ma’lumot berish;
- matn va uning lingvistik tahlili, badiiy matnning lingvistik 
tahlili(fonetik tahlil, leksik-semantik tahlil, morfologik tahlil, sintaktik 
tahlil), badiiy matnning lingvistik mikroskopik tahlili(fonetik salh, 
leksik-semantik sath, morfologik sath, sintaktik sath) ni sharhlash;
- badiiy matnning lingvopoetik tahlili, badiiy matnni tahlil qilish 
tamoyillari(shakl va mazmun birligi tamoyili, makon va zamon birligi 
tamoyili, xususiylikdan umumiylikka o‘tish tamoyili); badiiy matnni 
tahlil qilish usullari(lisoniy tabdil usuli, matn variantlarini qiyoslash 
usuli, lug‘atlarga asoslanish usuli, lisoniy birliklar indeksini tuzish 
usuli) haqida ma’lumot berish.
MATN TILSHUNOSLIGI FANINING SHAKLLANISHI
T a y a n c h tu sh u n ch b l& rim a tn sh u n o slik, dixotomiya, og'zaki

Download 30,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish