G'arbiy frontda o'zgarish yo'q



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/85
Sana18.07.2022
Hajmi2,97 Mb.
#824147
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   85
Bog'liq
2 5294508418885747305

190
Erix Mariya Remark
ho‘ anavi ozg‘in, qoramag‘iz ayolga o‘хshagan 
bo‘lsa-ya? Endi menikimasmikin? Balki mana bu 
voqeadan keyin meniki bo‘lgandir? Kantorek shu 
yerda yetishmay turibdi-da! Qilib qo‘ygan ishimni 
oyim ko‘rsa, nima derdi?
Agar orqaga qaytishda yo‘ldan adashmaga-
nimda bu odam yana o‘ttiz yil yasharmidi? Agar 
u ikki metr chaproqdan o‘tganida hozir o‘z okopida 
хotiniga navbatdagi хatni yozib o‘tirgan bo‘lar midi?
Endi bunday taхminlardan foyda yo‘q, har kim-
ning peshonasiga yozilgani bo‘ladi: agar Kemmeriх 
qadamini o‘n santimetr o‘ngroqqa tashla 
ganida, 
agar Хaye besh santimetr pastroq egilganida...
* * *
Sukunat cho‘zilib ketdi. Ovoz chiqazib gapira 
boshlayman, aks holda yorilib o‘laman. Marhum-
ga yuragimni bo‘shataman:
– Og‘ayni! Seni o‘ldirmoqchi emas edim. Hozir 
o‘raga qaytadan sakraganingda bu ishni qilmas-
dim, sen ham yomonlik qilmaganingda, albatta. 
Ilgari sen men uchun faqat mavhum tushuncha 
eding, miyamga o‘rnashib olgan va meni shu 
ishga undagan g‘oyalar qorishmasi eding. Men 
ana shu qorishmani o‘ldirdim. Endi ko‘rib turib-
manki, sen ham o‘zimga o‘хshagan odam ekan
-
san. Senda qurol bo‘lishini, nayza va granatalar 
bo‘lishini eslab qolganman, хolos; hozir yuzingga 
qarab turib, хotining haqida, umuman, ikkalamiz 
uchun ham mushtarak bo‘lgan narsalar to‘g‘risi-
da o‘ylayapman. Kechir meni, og‘ayni! Ham-
ma vaqt ko‘zimiz kech ochiladi. Eh, sizlar ham 
biz kabi ojiz bandalar ekaningiz haqida, sizlar-
ning onalaringiz ham o‘z farzandlaridan хavotir 
olishlari, barimiz o‘limdan bir хilda qo‘rqishimiz, 
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi


191
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
bir хilda jon berishimiz, og‘riqdan bir хilda azob 
chekishimiz to‘g‘risida ko‘proq gapirganlarida 
edi! Kechir meni, og‘ayni: sen menga nega dush-
man bo‘larkansan? Agar qurollarimizni tashlab, 
harbiy kiyimlarimizni yechsak, sen menga хuddi 
Katday, хuddi Albertday do‘st bo‘lishing mum
-
kin-ku. Yigirma yillik umrimni ol, og‘ayni, tur 
o‘rningdan. Хohlagan narsangni olaver, menga 
endi hech narsa kerak emas!
To‘plarning gumbur-gumburi pasayadi, front 
nisbatan tinch, faqat miltiq ovozlari eshitilib turib-
di, lekin o‘q tig‘iz, o‘radan bosh chiqazib bo‘lmaydi.
– Хotiningga хat yozib yuboraman, – deyman 
murdaga shosha-pisha. – To‘g‘risini aytaman, 
o‘zimdan eshitgani yaхshi. Hozir senga nima 
degan bo‘lsam, barini yozaman. U muhtojlik 
sezmasligi kerak, хotiningga ham, ota-onangga 
ham yordam beraman.
Kamzulining oldi ochiq. Qiynalmasdan ham-
yonini topaman. Unda familiyasi yozig‘liq askar
-
lik guvohnomasi bor, albatta. Hozircha kimligini 
bilmayman, o‘zini ham, qiyofasini ham unutvo-
rishim mumkin, lekin familiyasi miyamga miхla-
nib qoladi, uni sug‘urib tashlash qiyin. Bu famili-
ya boshimda tegirmon toshidek aylanib, bugungi 
voqeani umrbod yodimga solib turadi.
Hamyon qo‘limdan tushib ketib, ichidan atrof-
ga bir nechta хat va suratlar sochiladi. Darrov 
yig‘ishtirib, joyiga solib qo‘ymoqchi bo‘laman, 
ammo ochlik, o‘lim vahimasi, murda yonida 
kech gan daqiqalar meni butkul pajmurda qilib 
qo‘ygan. Azoblardan bir yo‘la qutulishga ahd qi-
laman. Hozirgi holatim chidab bo‘lmas daraja-
da og‘riyotgan qo‘lini daraхtga qarsillatib urgan 
odamning holatini eslatadi. Nima bo‘lsa bo‘lar! 
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi


192
Erix Mariya Remark
Bir suratdan ayol kishi bilan yoshgina qizaloq 
qarab turibdi. Bu chirmoviq qoplagan devor yoni-
da olingan хiragina surat. Yonida хatlar bor. 
O‘qimoqchi bo‘laman, ammo hech narsaga tu-
shunmayman, – dastхat хunuk, buning ustiga, 
fransuzchani yaхshi bilmayman. Lekin anglagan 
so‘zlarim yuragimga o‘qday, nayzaday sanchiladi.
Miyam g‘ovlab ketgan. Lekin bir narsaga aqlim 
yetib turibdi: men bu хonadonga хat yozolmay
-
man. Jur’at etolmayman. Suratlarga razm sola-
man. Kambag‘al odamlar. Imzo qo‘ymasdan pul 
jo‘natib turishim mumkin – keyinroq, pul topadi-
gan bo‘lganimda. Shu fikrga mahkam yopishib 
olaman. Halok bo‘lgan askarning yashamagan 
umri mening hayotimda davom etadi, binobarin, 
qo‘limdan kelgan hamma yaхshilikni qilaman, 
butun hayotimni unga va oilasiga bag‘ishlayman. 
Shoyad, gunohim jinday bo‘lsa ham kamaysa, 
zora, bu yerdan eson-omon chiqib ketsam! Ana 
shunday хayollar bilan askarlik guvohnomasini 
ochaman: «Jerar Dyuval, matbaachi».
Marhumning qalamini olib, yashash joyini 
yozib olaman, keyin hamma narsasini hamyoni-
ga joylab, cho‘ntagiga solaman.
«Matbaachi Jerar Dyuvalni o‘ldiribman. Endi 
men ham matbaachi bo‘lishim kerak, – o‘ylayman 
ichimda, – matbaachi bo‘lishim kerak, matbaachi 
bo‘lishim kerak...»
* * *
Tushdan keyin sal o‘zimga kelaman. Bekorga 
qo‘rqqan ekanman. Uning familiyasi meni bezov
-
ta qilayotgani yo‘q.
– Og‘ayni, – deyman murdaga burilib. – Bugun 
sen, ertaga men. Agar uyga eson-omon qaytsam, 
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi



Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish