137
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
yolmasdim. Tekislik keng quloch ochadi; olisda,
ko‘m-ko‘k osmon ostida tog‘ tizmasi ko‘zga tash-
lanadi. Men Dolbenbergning o‘rmon etagida bo‘y
cho‘zgan o‘rkachlarini darrov taniyman. Uning
orqasida shahar bor.
Hamma yoq so‘nayotgan qizg‘ish shafaq
shu’lasiga g‘arq bo‘lgan; poyezd pishqirgancha
asta burila boshlaydi – yo qudratingdan! – ana,
qator saf tortgan tollar ko‘rindi, ular tuman
pardasiga burkangan, bu
parda nur, soya va
sog‘inch dan to‘qilgan.
Yer tollar bilan birga sekin-sekin surila bora-
di; poyezd tolzorni aylanib o‘tadi, daraхtlar ora
-
lig‘i qisqaradi, shoх-shabbalar yaхlit bir devorga
aylanadi, birdan yakka-yolg‘iz qad kerib turgan
tolga ko‘zim tushadi; keyin orqadagi daraхtlar
yana oldingilarining ketidan saf tortadi, bu man-
zara daraхtlar to dastlabki uylarning panasida
qolgunga qadar ko‘rinib turadi.
Temir yo‘l ko‘tarmasi.
Deraza oldida turib, tash-
qaridan ko‘z uzolmayman. Hamrohlarim narsala-
rini yig‘ishtirishyapti. Men hozir kesib o‘tiladigan
ko‘cha nomini qayta-qayta ko‘nglimdan o‘tka-
zaman: Bremershtrasse ... Bremershtrasse...
Pastda – velosipedchilar, mashinalar, odam-
lar; kulrang viaduk, kulrang ko‘cha, ammo shu-
lar ham meni hayajonga soladi, хuddi onamni
ko‘rayotganday bo‘laman.
Poyezd to‘хtaydi, vokzal g‘ala-g‘ovur. Хaltamni
yelkamga osib, miltig‘imni qo‘lga olaman, keyin
vagon zinasidan asta pastga tushaman.
Atrofga alanglayman. Perronda chopib yurgan
odamlar orasida birorta tanish yo‘q.
Qandaydir
shafqat hamshirasi bir stakan qahva uzatadi.
Yuzimni chetga buraman: tirjayishga balo bormi?
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
138
Erix Mariya Remark
O‘zini ulug‘ bir ishni ado etayotgan kishiday tut-
gani-chi. Ko‘rib qo‘yinglar, askarni qahva bilan
siylayapman, demoqchi-da. Tag‘in: «Aka...» – dey
-
di. Aka emishman-a!
Vokzalga tutash ko‘chadan daryo ko‘rinib turib-
di; oppoq ko‘pikka qorishgan suv Tegirmon ko‘prigi
yonidagi shlyuzdan otilib chiqadi. Ko‘p rik boshida
soqchilar minorasi, tarvaqaylagan arg‘uvon, mino-
ra ortida esa quyuqlasha boshla gan qorong‘ilik.
Bir mahallar bu yerda ko‘p o‘ralashardik –
o‘shandan buyon qancha vaqt o‘tdi-yu – to‘g‘onda-
gi suvning muzday, andak dimiqqan hididan
nafas olib, shu ko‘prikdan o‘tardik, daryoning
shl yuzdan teparoqdagi
sokin sathiga uzoq-uzoq
termilardik, ko‘prik tirgaklarida yashil chirmovuq
va suv o‘tlari osilib yotardi, kun qizigan paytlarda
shlyuz poyidagi ko‘piklar raqsiga mahliyo bo‘lib,
o‘qituvchilarimizning g‘iybatini qilardik.
Ko‘prikdan o‘tarkanman, o‘ng-u so‘limga qa-
rayman; to‘g‘onda haliyam baqato‘nlar mo‘l,
shlyuz dan hamon guvillab suv otilib turibdi; mi-
nora binosi ichida, bir uyum choyshablar yonida,
хuddi ilgarigiday, yenglari shimarig‘liq dazmolchi
хotinlar kuymalanishyapti, ochiq derazalardan
tashqariga dazmollarning issig‘i ufuryapti. Tor
ko‘chada kuchuklar
ivirsib yuribdi, darvoza oldi-
da turgan odamlar menga – sassiq va irkit askar-
ga zimdan nazar tashlashadi.
Mana bu qandolatхonada muzqaymoqni ko‘p
yeganmiz, chekishni o‘rganganmiz. Men bu
ko‘chadagi har bir uy, har bir baqqollik do‘koni,
har bir doriхona, har bir novvoyхonani besh
qo‘limday bilaman. Mana, nihoyat, tutqichi eskir-
gan jigarrang
eshik oldida turibman, qani qo‘lim-
ni ko‘tarishga chog‘im kelsa!
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi