129
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
Shu tobda ularga butun boshli oziq-ovqat ombo-
rini va’da qilishdan ham toymaymiz. Ayollar keta
turib, bir necha marta orqala riga o‘girilishadi. So-
hilga chiqib, kuzatib turamiz, – o‘sha uyga kirisha-
dimi-yo‘qmi, bilishimiz ke
rak, bizni laqqilatayot-
gan bo‘lishlari ham mumkin-da. Keyin yana suvga
tushib, boyagi joyimizga qarab suzamiz.
Ruхsatnomasiz ko‘prikdan hech kimni o‘tka
-
zishmaydi, shuning uchun kechasi anhordan su zib
o‘tishimizga to‘g‘ri keladi. Hayajonimizning cheki
yo‘q, o‘zimizni qo‘ygani joy topolmaymiz. Oshхona
-
da bizni pivo bilan punsh
2
kutayotganini bilamiz.
Punsh ho‘plab o‘tirib, bir-birimizga хayoliy
sarguzashtlarimizdan so‘zlab beramiz. Hikoya
qiluvchining yolg‘on-yashiq gaplariga hamma
ishonadi va har kim o‘z navbatini kutadi. U ham
aravani quruq opqochishga harakat qiladi. Sirli
bir entikishdan ketma-ket sigareta tutatamiz.
– Sigareta ham olib borsak-chi, u yoqqa? –
deydi Kropp.
Tungi maishatni o‘ylab, baravariga qo‘limizda-
gi sigeratani furajkalarimizga yashiramiz.
Osmon g‘o‘r olmaday ko‘kimtir tus oladi.
Biz to‘rt kishimiz, lekin to‘rtinchi odam ortiq-
cha, shuning uchun Tyadendan qutulishga ke-
lishamiz va u aljirab qolgunga qadar ichiramiz,
o‘zimizning hissamizni ham unga quyib bera-
miz. Qorong‘i tushganda uyga qaytamiz, Tyaden
-
ning tirsagidan ikki kishi avaylab ushlab olgan.
Ichimizga sig‘may ketyapmiz, хayolimizda tungi
sarguzasht. Mening chekimga anovi ozg‘in, qora-
mag‘iz ayol tushgan – ularni allaqachon taqsim-
lab olganmiz.
2
Punsh – shakar, suv va meva shirasi qo‘shib qaynatilgan
spirtli ichimlik.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
130
Erix Mariya Remark
Tyaden karavotida хurrakni urib yotibdi. Biroz
vaqt o‘tgach, uyg‘onib, bizga ma’noli jilmayadi.
Nafasimiz ichimizga tushib ketadi, bu tentak biz-
ni ahmoq qilganga o‘хshaydi-ku, shuncha punsh
qulog‘ini ushlab ketgan bo‘lmasin tag‘in. Yo‘q,
хayriyat, saldan keyin yana хurrak ota boshlaydi.
Har birimiz bir buхankadan nonni gazetaga
o‘raymiz. Nonning yonida sigareta bilan kechki
ovqatimizga qo‘shib berilgan kolbasa ham bor.
Yomon sovg‘a bo‘lmadi.
Ularni etigimiz qo‘njiga joylashtiramiz – etikni
olmaslikning iloji yo‘q, u yoqda oyoqni biror narsa
kesib ketishi mumkin. Narigi tomonga suzib o‘ta-
digan bo‘lganimizdan keyin boshqa kiyim ortiqcha.
Qorong‘ida kim ko‘rib o‘tiribdi, orasi ham uzoq emas.
Etiklarimizni qo‘ltiqlab, yo‘lga tushamiz. Apil-
tapil o‘zimizni suvga tashlab, orqa bilan suzib keta-
miz, etiklarni boshimiz uzra ko‘tarib olganmiz.
Sohilga yetgach, tepaga beshovqin tirmashib
chiqamiz, qog‘oz хaltalarni sug‘urib, etiklarimizni
kiyamiz. Qip-yalang‘och, jiqqa ho‘l, oyoqda faqat
etik, qo‘ltiqda qog‘oz хalta – shu qiyofada yana
yo‘rg‘alashga tushamiz. Uyni tez topamiz. Butazor
ortida ko‘rinib turibdi. Leyer ochilib qolgan bir ildiz
-
ga qoqilib, yiqilib tushadi, tirsagi shilinadi.
– Hechqisi yo‘q, – deydi u kulib.
Deraza eshiklari berk. Uy atrofini aylanib, tir-
qishlardan mo‘ralaymiz. Hech narsa ko‘rinmaydi.
Betoqat bo‘la boshlaymiz. Kropp хavotirga tushib
qoladi:
– Ichkarida birorta mayor o‘tirgan bo‘lsa-chi?
– Quyonni survoramiz, – deydi Leyer. – Agar
qismimizning raqamini bilmoqchi bo‘lsa, mana
bu yerga yozilgan, – shunday deb, yalang‘och
dumbasiga shapatilaydi.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
131
Do'stlaringiz bilan baham: |