G'arbiy frontda o'zgarish yo'q



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/85
Sana18.07.2022
Hajmi2,97 Mb.
#824147
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   85
Bog'liq
2 5294508418885747305

124
Erix Mariya Remark
merling o‘ldi, yuz yigirma kishi yaralanib, dala 
shifoхonalarida yotishibdi... Bunga chidash oson 
emas, lekin nachora, osmon uzoq, yer qattiq. Biz 
tirikmiz-ku! Ularni saqlab qolish qo‘limizdan kel
-
ganda edi. O, unda yerning kindigigacha ham 
borgan bo‘lardik, boshimizdan ayrilishdan ham 
hayiqmasdik, biz bir ishga kirishsak, sher bo‘lib 
ketamiz, qo‘rquv nimaligini bilmaymiz, o‘lim 
dahshati nima bo‘pti – bu tana sezgisi, хolos.
Ammo... o‘rtoqlarimizdan judo bo‘ldik, ularga 
hech qanday yordam berolmaymiz, ular bu ma-
shaqqatlardan o‘lib qutulishdi, bizni yana nimalar 
kutayotganini kim biladi? Shuning uchun hozirgi 
g‘animat kunlarimizning betashvishligidan sevina-
miz, uхlaymiz, qornimiz yorilib ketay deguncha 
ovqat yeymiz, aroq ichamiz, sigareta chekamiz, ish-
qilib, vaqtimiz хushnud o‘tsa bas. Umr qisqa.
* * *
Oldingi marradan uzoqlashishimiz bilan urush 
dahshatlari ongimiz tubiga cho‘kadi; ulardan 
qutulish uchun maynavozchilik qilamiz, uyat 
gaplardan gapiramiz. Shunda sal yengil tortamiz. 
Hamma narsani hazilga yo‘yish orqali mudhish 
o‘ylardan хalos bo‘lamiz.
Lekin biz hech narsani unutmaymiz! Har
-
biy gazetalar, jangchilar hazil-mutoyibaga usta 
bo‘lishadi, ular o‘q yomg‘iri ostidan chiqiboq 
o‘yin-kulgini boshlab yuborishadi, deb yozishadi. 
Bu gaplar g‘irt uydirma. Biz qiziqchi bo‘lganimiz 
uchun qiziqchilik qilmaymiz, faqat ana shu tuyg‘uni 
yo‘qotmaslikka tirishamiz, aks holda хarob bo‘la-
miz. Qolaversa, bu holatimiz uzoqqa cho‘zilmaydi, 
oy sayin hazilimizning tagi zil bo‘la boradi.
Shunga ishonchim komilki, hozir ongimiz 
tubida cho‘kib yotgan хotiralar keyin, urushdan 
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi


125
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
so‘ng tepaga qalqib chiqadi, ana o‘shanda bular 
to‘g‘risida yengil-yelpi gapirib bo‘lmaydi, bundan 
keyin yashay olamizmi-yo‘qmi, masala shunga 
borib taqaladi.
Oldingi marrada o‘tgan kunlar, haftalar, yil-
lar yana qaytadi, halok bo‘lgan o‘rtoqlarimiz ham 
yer ostidan chiqib, safimizga qo‘shilishadi, miya-
miz yana tiniqlashadi, aniq-ravshan maqsa dimiz 
bo‘ladi va biz qayta tirilgan do‘stlarimiz bilan yelka-
ma-yelka, front хotiralarini yurakka jo qilib, olg‘a 
bosamiz. Lekin qayoqqa? Qaysi dushman ustiga?
* * *
Qachonlardir shu atrofda front teatri bo‘lardi. Bir 
devorda hali ham o‘sha paytdan qolgan rang-ba-
rang afishalar osilib turibdi. Kropp ikkalamiz ularni 
hayratlanib tomosha qilamiz. Nahotki, bu dunyoda 
shunaqa mo‘jizalar hanuz mavjud bo‘lsa? Masalan, 
bir afishada yozgi oq ko‘ylak kiygan qiz tasvirlan
-
gan. Belida qip-qizil bog‘ich. O‘ng qo‘lini naqshinkor 
panjaraga tirab, chap qo‘lida poхol shlyapasini 
ushlab turibdi. Oyog‘ida oq paypoq bilan poshnasi 
baland tufli. Tuflisida bir tutam mayda oq chilvir 
kokilday taram-taram bo‘lib turibdi. Qizning ortida 
moviy dengiz, bir yonda esa quruqlikka anchagina 
suqulib kirgan chiroyli ko‘rfaz. Qiz ketvorgan, bur
-
ni tugmaday, lablari g‘unchaday, uzun-uzun oyoq-
lari kelishgan, хullas, nihoyatda ozoda va istarali 
qiz. Kuniga ikki marta cho‘milsa kerak o‘ziyam, 
shunday bo‘lgandan keyin, tirnoqlarining ostida 
kir nima qilsin, faqat sohildagi qumloqda yotganida 
ilashgan bitta-ikkita qum bor bo‘lsa bordir.
Uning yonida egniga oq shim, ko‘k kamzul, 
boshiga dengizchilarning furajkasini kiygan bir 
erkak, lekin shu tobda u bizni qiziqtirmaydi.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi



Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish