G'arbiy frontda o'zgarish yo'q



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/85
Sana18.07.2022
Hajmi2,97 Mb.
#824147
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   85
Bog'liq
2 5294508418885747305

103
 G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
achishtiradi, yengimiz bilan artamiz, ba’zan qon-
ga nigohimiz tushadi. Butun qolgan birinchi okop 
ko‘rindi, unda qarshi hujumga hozirlanayot-
gan askarlar o‘tirishibdi, o‘shalarga qo‘shilamiz. 
To‘plari miz qattiq o‘t ochishadi, o‘rnimizdan jilol-
maymiz. Bizni ta’qib etayotganlar ham to‘хtashadi. 
To‘plarimiz tufayli hujum barbod bo‘ladi. Kutyap-
miz. O‘q yo‘nalishi хiyol o‘zgarishi bilan yana ol-
dinga tashlanamiz. Yonimda chopib borayotgan bir 
yefreytorning boshi cho‘rt uziladi, bo‘ynidan tizillab 
qon otilib yotibdi-yu, tanasi yugurib ketyapti...
Ish qo‘l jangigacha borib yetmaydi, fransuzlar 
shoshilinch ravishda orqaga chekinishga maj-
bur bo‘lishadi. Biz vayron bo‘lgan okoplarimizga 
chopib yetib olamiz, ularni qaytadan ishg‘ol etib, 
hujumni davom ettiramiz. 
O, chekinishdan keyingi hujum! Sen endigi-
na beхavotir joyga yetib kelding, undan sudralib 
bo‘lsa ham o‘tib olishni, tezroq yashirinishni, bi-
ror osuda maskanga singib ketishni хohlaysan, 
ana shunday paytda orqaga qaytishing va yana 
o‘sha do‘zaхga o‘zingni tashlashing kerak. Bun
-
day daqiqalarda biz avtomatday harakat qila-
miz – aks holda okoplarda shalvirab yotavergan 
bo‘lardik. Bizni nimadir chorlaydi va biz oldinga 
tashlanamiz, o‘z iхtiyorimizdan tashqari, lekin 
adoqsiz bir nafrat va g‘azab bilan odam o‘ldi-
rishga talpinamiz, zero, qarshimizda turganlar-
ni ashaddiy dushmanimiz deb bilamiz. Ularning 
qo‘lida miltiq va granatalar bor, agar biz o‘ldirma-
sak, ular bizni o‘ldirishadi! 
Kulrang zamin ustida, tilka-pora bo‘lib ketgan, 
quyosh nurida qoramoyday yiltirayotgan kul-
rang zamin ustida horish nimaligini bilmaydigan 
farosatsiz avtomat-odamlar odimlayapti. Nafas 
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi


104
Erix Mariya Remark
olishimiz g‘ichirlayotgan purjinani eslatadi, lab-
larimiz quruqshab ketgan, boshimiz qo‘rg‘o shin 
quyilganday zil-zambil. Oyoqda zo‘rg‘a turib-
miz-u, nuqul olg‘a intilamiz, g‘alvirga aylangan 
shuurimizga esa ingrayotgan yoki allaqachon 
jon bergan askarlar yotgan kulrang zamin tim-
soli o‘zini uradi; askarlar, хuddi shunday bo‘lish 
ke 
rakday, yer bag‘irlab olishgan, tepalaridan 
sakrab o‘tayotganimizda ba’zilari oyoqlarimizga 
yopishib, nola qilishadi. 
Biz bir-birimizga mehr-oqibatni butkul unut-
dik, bo‘m-bo‘sh nigohimiz o‘rtoqlarimizdan bi-
rortasiga qadalganda uni zo‘rg‘a taniymiz. Biz 
qandaydir ko‘zboylog‘ich, allaqanday afsungar 
yugurish va o‘ldirish qobiliyatini qaytargan hissi-
yotsiz murdalarmiz.
Bir fransuz yigiti orqada qoldi. Biznikilar uni 
quvib yetishadi, u qo‘llarini ko‘taradi, bir qo‘lida 
to‘pponcha. Nima qilmoqchi – otmoqchimi yoki 
taslim bo‘lmoqchimi – anglash qiyin. Belkurak bilan 
urib, yuzini tilib tashlashadi. Buni ko‘rgan ikkinchi 
askar qochishga urinadi, ammo orqasiga g‘irchillab 
nayza sanchiladi. U oldin bir sakrab tushadi, keyin 
qulochini yozadi-da, u yoqdan-bu yoqqa chayqa-
lib, dod-voylagancha chopaveradi; orqasida nay-
za tebranib ketyapti. Uchinchisi miltig‘ini tashlab, 
cho‘nqayib o‘tirib oladi, qo‘llari bilan ko‘zini berki-
tadi. Yana bir necha asirlar bilan birga orqada qola-
di, ular endi yaradorlari mizni tashishadi.
Ta’qibni susaytirmay, kutilmaganda dushman 
o‘rnashgan joy ustidan chiqib qolamiz.
Chekinayotgan fransuzlar bilan deyarli iz-
ma-iz borardik. Shuning uchun talafotimiz ko‘p 
emas. Qandaydir pulemyot o‘q uza boshlagan
-
di, granata shu zahoti ovozini o‘chiradi. Baribir 
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi



Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish