HIKMATLI SO‘ZLAR, MAQOL VA MATALLAR
Men bu malumotlarni qishloqda yashovchi O.Oyjamoldan yozib oldim. U kishi hozir 50 yoshda.
Durdona fikrlar, aforizmlar, xalq maqol va matallari, hikoyatlar, rivoyatlar, donishmandlardan meros hikmatli so‘zlar va hadislardan jamlangan ushbu guldasta o‘z ifori bilan ko‘ngil uyingizni obod, kitob javoningizni muzayyan etadi. Qarisi bor uyning parisi bor», deydilar. Darhaqiqat, keksalar – uyimizning ko‘rki, qalbimizni munavvar qilib turguvchi chiroq, beminnat duogo‘yimiz, pand-nasihatlari bilan umrimizni yoritguvchi quyosh, tajribayu maslahatlari bilan yoshlarimizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi yo‘lchi yulduz .
.Hikmatli so'zlar - bu insonni yaxshilikga yetaklovchi so'zlardir. Anashunday hikmatlardan bir nechtasini etiboringizga havola etamiz.
- Baxtli sevgi o'n kun davom etadi, o'n birinchi kun ko'zingiz ochiladi.
- Dard kuchli irodaga ega insonlarni o'ldirishi mumkin, ammo sindirolmaydi.
- Men tildan qolgan emasman, biroq hech o'zim istagan gaplarimni gapira olmayman.
- G'azab vaqti qabul qilingan qarorlar vaziyatni faqatgina yomonlashtiradi.
- Hamma ayb tarbiyada emas, inson aqlini tanigach har qanday holatda ham o'z-o'zini qayta tarbiyalab olishi mumkin.
- Bugun bajarmaslik ertangi huzur-halovatni yo'qqa chiqarishdir.
- Maqsadga yarasha intilish ham bo'lishi zarur.
- Inson ongli mavjudod, chegara esa hayvonlarga kerak.
- O'zingizni ko'p qiynamang, ba'zi bir odamlar hech qachon o'zgarmaydi, ularni o'zgartirish uchun qalbini almashtirish kerak.
Kabi hikmatlar surxon vohasini naqadar folklor manbalarga boyligidan dalolat beradi.
BOLALAR FOLKLORI
Men bu ma'lumotlarni qishloqda yashovchi X. Choriyevdan oldim. U kishi hozir 35 yoshda.
oqibatida folklori kichkintoylar olami bilan kattalar dunyosining ug’unlashuvi oqibatida yuzaga kelgan o’yinlar, qo’shiqlar va muzikali poetik janrlarning butin bir tizimi tarzida tarkib topgan. Kattalar bolalarni erkalash poeziyasini yaratishganki , alla, aytim -olqish , erkalama, ovutmachoq , qiziqmachoq, qaytarmachoq singari erkalash motiviga limo- lim janrlar tizimi onalik folklori tarzida xarakterlanadi.
BOLALAR QO’SHIQLARI
Boychechagim boylandi
Qozon to’la ayrondi. Ayroningdan bermasang. Qozonlaring vayrondi. Qattiq yerda qazalab chiqqan boychechak Yumshoq yerdan yumalab chiqqan boychechak Boychechakni tutdilar, Tut yog’ochga osdilar. Qilich minan chopdilar , Baxmal minan yopdilar.
Qo’shiq tugagach, boychechakchilarga sovg’a- salomlar berishgan, bolalar bularni bo’lib olishgan yo hammalari birgalikda mehmonnavozlik qilishgan.
OFTOB CHIQDI OLAMGA
Oftob chiqdi olamga Yugurub bordim xolamga Xolam: - Ana yer, - dedi, Borib o’tin ter – dedi. O’tin terdim bir quchoq, Non yopdi o’choq – o’choq Menga berdi elakday, O’ziga oldi gilakday. Otib urdi eshikka, Boshim tegdi teshikka.
Mohiyatan tabiat hodisalari bilan bog’liq bo’lib , ibtidoiy animistik qarashlar zamirida vujudga kelgan va yagona vazifadoshlik kasb etgan holda shakllangan bolalarning mavsum – marosim qo’shiqlari yalinchoqlar hisoblanadi. Bu qo’shiq shunga misol bo’la oladi.
BOLALAR O’YINLARI
Bolalar o’yinlarining turlari juda ko’p shulardan biri OQ TERAKMI KO’K TERAK o’yini hisoblanadi . Uning o’ynalishi quydagicha : Bolalar ikki guruhga bolinishadi, har bir guruhda o’ntadan o’n beshtagacha bo’lgan ishtirokchilar qatnashadi . Bu o’yinning sharti shundan iboratki jamoadan bir kishi yuguri borib nargi jamoaning qo’lini uzishi kerak agar uza olmasa o’zi shu yoqda qoladi , agar uzsa raqib jamoada bir kishini olib kelib o’z jamoasiga qo’shadi va shunday davom etadi. O’yin shu zailda jamoada ishtirokchi qolmagunch davom etadi. Bu o’yinning o’z aytimlari mavjud.
“Oq terakmi ko’k terak bizdan sizga kim kerak” – deb so’raladi , shunda raqib jamoa ishtirokchining ismini aytib chaqiradi . Shu zailda o’yin davom etadi
Do'stlaringiz bilan baham: |