BESHIK TO’YI BILAN BOG’LIQ URF-ODAT VA DASTURLAR
Men bu ma'lumotlarni qishloqda yashovchi A. Xolboyevdan oldim. U kishi hozir 80 yoshda.
Chaqaloqni birinchi marta beshikga solish bilan bo'g'liq marosim bu beshik to'yi xisoblanadi. Bu eng qadimdagi urf-odatlardan biri bo'lib hozirgi kunda butun o'zbekiston bo'ylab nishonlanadi. Surxon vohasida odatda chaqaloqni 7 , 9 , 11 , kunligida beshikga belanadi. Vohada har bir tumanida bu marosim o'zgacha nishonlanadi. Bunda asosan oilaning boyligiga qaraladi boy xonadonda bu marosim dabdabali o'tadi. Kambag'al xonadonda esa oddiy kamtarona tarzda o'tkaziladi. Beshikni chaqaloqga belash uchun barcha zarur
anjomlarni chaqaloqning onasini qarindoshlari olib keladi. Dasturxon, non,
shirinliklar, o,yinchoqlar, hamma hammasi olib kelinadi. Chaqaloqning ota onasiga buvi buvasi tomonidan sovg'a tayyorlanadi muzrabot tumanida sovg'alardan tashqari chaqaloqning ona tomondan buvasi ''Mol boshi'' qilib
Sigir va qo'y yoki echki beradi. Ananaga ko'ra olib kelingan beshik chaqaloqning bobosio'ng yelkasiga qo'yadi keyin og'lining o'ng yelkasiga uzatadi keyin esa og'il beshikni chaqaloqni onasiga uzatadi.
Ko'p hollarda chaqaloqni keksa kishilar yoki martabasi ulug' insonlar belaydi sababi chaqaloq ulg'ayganda xuddi ular sungari martabasi ulug' bo'lsin degan maqsadda shunday qilinadi. Chaqaloqni beshikga belagandan so'ng ustidan
shirinliklar saqich yoki pul sochiladi yosh bolalar terib olishadi. Chaqaloq
beshikga belangandan so'ng kelgan mehmonlar dasturxonga taklif qilinadi va
bazm bo'ladi bazm tugagach chaqaloqning onasi va otasi buvi buvalarini
sovg'a salomlar bilan kuzatadi.
SUNNAT TO’YI BILAN BOG’LIQ URF-ODAT VA DASTURLAR
Men bu ma'lumotlarni qishloqda yashovchi H. Alimovdan yozib oldim. U kishi hozir 78 yoshda.
Sunnat to'y yoki bolani xatna qilish bu islom dinida ham muqaddas hisoblanadi. Har bir mo'min musilmon bu marosimni amalga oshiradi. Surxon vohasida sunnat to'y asosan 6 7 8 9 10 yoshgacha kamdan kam holatda 11 12 yoshdda o'tkaziladi. O'g'il bola bir muncha katta bo'lib qplgandan so'ng ota onasi bolani sunnat to'yiag tayyorgarlik ko'rib boshlaydi. Ko'p hollarda oddiy kichikroq to'y bo'ladi bunda faqat bolaning og'a inilari qo'shnilar kelishadi ammo o'ziga to'q va boy oilalar esa bu to'yni dabdabali tarzda o'tkaziladi.
To'ydan avval bolaga zar to'n va boshqa qimmatbaxo kiyimlarini kiydirishadi. O'tmishda surxon vohasida bolaga toy ham sovg'a qilishgan lekn hozirgi kunda bunaqa qilinmaydi. Ot sovg'a qilishdan maqsad bola baquvvat jangchi bo'lsin degan manoda amalga oshiriladi. Xatna qilingandan keyin hamma
o'g'il bolaga pul va shirinliklar beradi. Keyin bularning hammasi ayollar xonasida davol etadi. Sunnat to'yi marosimi ''naxor oshi'' deb ham ataladi so'ng sunnat to'y bazimi tugaydi bolani xatna qilib bo'lgach xatnani quruq cho'pga uyni burchagiga ilib qo'yadi malum vaqtdan keyin olib mwvali daraxtni tagiga ko'mishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |