XALQ QO’SHIQLARI (MEHNAT, DEHQONCHILIK, CHORVACHILIK, HUNARMANDCHILIK VA H.K.) Men bu malumotlarni qishloqda yashovchi Ch. To'raqulovdan oldim u kushi hozir 70 yoshda.
Surxondaryo vohasi o'ziga hos etnik tarkibi musiqiy folklorning ayrim turi va janrlarga malum darajada tasir ko'rsatgan. Ko'pchilik tuman va qishloqlarda
marosim va mexnat qo'shiqlari alohida o'rin tutadi ularni to'y tantanalarda surnay va doira jo'rligida aytishadi. Ayrim tumanlarda esa o'ziga xos qo'shiq turlari mavjud. Xususan , Boysun tumani qishloqlarida kasallikni haydash bilan bog'liq so'fiylar urf odatiga hos ''jaxr'' qo'shig'i saqlanib keladi kuchli hissiyot va jazava bilan Quron suralari va Yassaviy sherlari cholg'u asbobisiz aytilgan holda ijro etiladi. Surxon vohasida muayyan mehnat jarayoni bilan bog'liq ko'plab qo'shiqlarni uchratish mumkin. Boysun tumanining tog'li hududlarida hozirgi kunda ham omoch bilan yer xaydaladi.Qo'l tegurmon yirg'ichoq suv tegirmon Moyjuvozlar ishlatib kelinadi. Ayollar qo'y echki sigir sog'ishda cholg'uda aytiladigan "xo'sh xo'sh'' ''qurey qurey'' ''churey churey''kabi qo'shiqlari qadimiyligi bilan ajralib turadi. To'qish junga ishlov berish qo'l tegirmonini ishlatish paytida ijro etiladigan '' charx'' ''yorg'ich'' '' oq''
''O'rmak'' kabilar ham ayollar qo'shig'i hisoblanadi. Surxon vohasining bir qator mexnat va mavsum qo'shiqlarini totemizm shamanizm bilan bog'liq otashparastlik animistik afsun sexr jodu qo'shiqlariga kirgizish mumkin.
Bu qo'shiqlar tabiat qudrati va afsonaviy mavjudotlarni madh etadi ''sadr''
va ''jaxr'' kabi turli yig'inda ijro etilgan qo'shiqlar baxshiyona oxangda kuchli
his hayajon bilan aytiladi. Qatiy oxang qo'shiqning musiqiy jihatini o'ziga hos
belgilaydi.
Muayyan bir kasb bilan bog'liq '' Novvoylar qo'shig'i'' '' zan zan'' '' xavor xavor''
''Tegirmon qo'shig'i'' kabi mexnat qo'shiqlari ham anchagina qadimiy xisoblanadi '
''Turnalar keldi'' va ''Qor yog'di kabi Mavsumiy qo'shiqlar ham keng tarqalgan.
''Yigi'' ''yoqlov'' '' ovoz solish'' ''ovoz barovardi'' ''nola''kabi motam qo'shiqlari
Hudud axolisi orasida xozir ham qo'llanib kelinadi. Ularni ayollar faqatgina motam marosimlarida emas boshqa qayg'uli munosabatlarda ham alamli oxangda kuylaydi.
Surxon vohasida ayollar badiha tarzda cholg'u asbobisiz alla aytishadi.
Musiqa to'y tantanalar paytida muxim o'rin tutadi. ''Yor yor'' '' O'lan'' ''To'y''
'' Al muborak'' '' kelin salom'' yoki ''Hazor ali'' kabilar hozirgi kunda ham bazi qishloqlarda kuylanib kelinadi.
Shoxlaring bir minora churey-churey.
Minoraga qush qo'nara churey-churey.
Bolang olib iskasanga churey-churey.
Olgan shu echkim yaxshi echki churey churey.
Bu qo'shiq asosan echkilarni sog'ishda aytiladi. Agarda echkini sog'ish jarayonida echki qarshilik qilmay jim tursa sog'uvchi uni erkalab bazan maqtab quydagi baytlarni aytadi.
Tikraygan qulog'i bor churey-churey.
Chashmadek bulog'i bor churey-churey.
Ichida egiz ulog'i bor churey churey'
Olgan shu echkim yaxshi echki churey churey.
Kabi shu va shunga o'xshash ko'plab qo'shiqlarni misol qilib keltirish mumkin.