Men bu ma'lumotlarni qishloqda yashovchi T.Xolboyevadan oldim. U kishi hozir 65 yoshda.
Marosim bu sog'liq to'kin sochinlik tilashuning xayptidagi muhim sanani nishonlash maqsadida o'tkaziladigan ananaga aylanib qolgan tadbirlarga aytiladi. Surxon voxasida turli xil marosimlarni uchratish mumkin. Surxondaryoda marosimlar asosan ''Baxorgi'' ''Yozgi'' Kuzgi'' ''Qishki''Kabilarga bo'linadi. Ular ham ko'plab turlarga bo'linadi. Jumladan baxorgi mavsumda o'tkaziladigan ''Loy tutish'' ''Sho'x moylar'' (Dalaga qo'sh chiqarish) '' navro'z'' ''Yomg'ir chaqirish'' va ''Sust xotin'' kabilarni uchratish mumkin. Jozibadorligi shundaki ''sust xotin''marosimi avestoda ham ko'rsatib o'tilgan ekan. Oilaviy Surxon voxasining eng sevimli marosimi bu shubxasz ''navro'z'' bayramidir. Bundan tashqari yanvar oyining o'rtalaridan boshlab 21- martga qadar surxondaryoliklar sumalak qaynatishadi bundan tashqari ulug'lar ruxini eslab duo o'qishadi. Surxon voxasida ramazon oyi juda ham iliq kutib olinadi desak xato bo'lmaydi sababi bu oyda ko'plab insonlar ro'za tutish bilan birga vafot etgan yaqinlarini eslab ''iftorlik'' qilishadi va ko'p hollarda ro'zador insonlarni chaqirishadi bundan tashqari din peshvolari kelib amru maruf qiladi va hadislar aytishadi. Surxon vohasida ramazon xayiti kuni odatda insonlar dam oladi og'ir mexnat qilishmaydi sababi'' bu kun o'lik tiriklar uchun dam " deydi ''Yangi xayot'' maxallasida istiqomad qiluvchi Bo'riyev T . Surxondaryoda ''Qurbon'' xayiti asosan 3 kun davom etadi 1 2 kunlar cho'milish inson tanasiga sovun yoki boshqa kasmetik maxsulotlar ishlatilmaydi ''Qurbon'' hayiti bayramida qilingan qurbonlik qilinib qilingan qurbonlikni 3 qismga bo'lib bir qismi kam taminlangan nochor oilalarga tarqatib beriladi. Ikkinchi qismi esa qarindosh urug'lar bilan birgalikda o'tirib tanavvul qilinadi uchinchi qismini asosan oila davrasida istemol qilinadi Hozirgi kunda to'y bazimlar nafaqat Surxondaryo balki butun o'zbekiston uchun ham achinarli axvolga kelib qolgan 10 15 talab mashina 400 500 o'ringa mo'ljallangan to'yxonalarda juda ko'p isrofgarchiliklar bo'lmoqda Bir paytlar surxon elida to'ylar juda bir ajoyib bo'lar edi yoshlik chog'imda bir to'yni guvohi bo'lgan edim bu to'yni ota bobolarimiz ''Mullacha to'y'' deb nomlashadi bu to'y asosan uyning hovlisida o'tkaziladi to'yda ko'plab baxshilar tashrif buyurib dostonlar aytishadi Mullalar kelishadi qizig'i shundaki bunaqa uslubdagi to'yda kamdan kam xolatda raqsga tushiladi to'y davrasi ham bo'lmaydi kelin qimmatbaxo libosda emas oddiy adrasda kuyovni esa boshida do'ppi bo'ladi. Muzrabot tumani ko'plab maktablarida navro'z bayrami munosabati bilan beriladigan tatildan oldin o'quvchilar maktabga turli xil taomlar olib borishadi va navro'zni shu tariqa nishonlashadi. Bahor kelishi bilan har bir qishloq ''darvesh oshi'' deb nomlangan bazim uyushtirishadi. Bunda eski adirlik yoki odamlar yashamaydigan kanal yoki ariqni bo'yiga o'tirishib palov qilib yeyishadi qilingan palovni uyga kirgizishmaydi qilingan joyda istemol qilini idish tovoqini o'sha kanal bo'yiga yuvib ulug'lar haqiga duo o'qib tarqalishadi surxon voxasida marosimlar juda ham ko'p aslida ammo hozirgilari hozirgi marosimlarni bir qancha tuman yoki qishloqlar hozirga qadar amalga oshirib kelishadi.