QIZLAR BAZMI BILAN BOG‘LIQ URF-ODAT VA DASTURLAR
Men bu ma'lumotlarni qishloqda yashovchi B. To'rayevadan oldim. U kishi hozir 60 yoshda.
Qizlar bazimi to'ydan bir kun oldin o'tkaziladigan bazim bo'lib keng hovlida yoki katta to'yxonada o'tkaziladigan ziyofat. Bu bazim odatda sozandalar , nog'orachilar , surnaychilar , raqqos va raqqosalar ishtirokida o'tkaziladi. Bu bazmda ko'p holatda kelinni dugonalari ishtirok etadi qadimda qiz bazmiga 30 40 qiz ishtirok etgan bo'lsa hozirgi kunda bu bazm xuddiki nikoh to'yi singari erkak kishilar ham tashrif buyurgan holatda o'tmoqda. Qadimda qiz bazmi askiyalar , sozlar , doiralar jo'rligida olib borilgan.
Surxon vohasida asosan qiz bazimida asosan tojikzabonlar orasida mexmonlar chaqirilmaydi o'zidan bilib boraveradi. Bu qizlar bazmida odamlar doirani ovozini eshitib kelaveradi. Qiz bazmida qadimda turli lapar aytishuvlar ham bo'lgan. Ammo hozirgi kunga kelib lapar aytishlar kamayib ketdi qizlar bazimi nikoh to'yi kabi marosimlar zamonaviy musiqa jo'rligida o'tmoqda.
NIKOH TO’YI BILAN BOG’LIQ URF-ODAT VA DASTURLAR
Men bu ma'lumotlarni qishloqda yashovchi S. Qayumovadan yozib oldim. U kishi hozir 67 yoshda.
Surxondaryoda nikoh to'yi bilan bog'liq ko'plab urf odatlar bor bularning bazilari bir necha asrlardan beri davom etib kelayabdi. Misol uchun kelin kelganda ostonani ikki tarafidan quruq somon yoqiladi yoki bo'lmasa kelin va kuyov zinapoyadan chiqishganda poyandoz qilib gilam yoki qimmatbaxo mato tashashadi kelin kuyov yurib o'tgandan so'ng kuyovning jo'ralari matoni tortib olisj uchun kuch sinashadi agarda kim kuchli bo'lsa o'sha inson matoni o'zi bilan olib ketadi. To'y kuni kelinni uyidan olib kelish uchun kuyov borganda kelin kutib olishga chiqadi ammo ''tojik'' millatiga mansub axolida buni teskarisini kuzatish mumkin. Kelinni olib ketayotganda odatga ko'ra yoshi kichik bolalar yani kelinni maxalladoshlari kelinni yo'lini to'sib pul olishadi pulni esa kuyovning jo'ralari beradi. Bundan tashqari to'y o'tgandan keyin ertasi kuni kelinni ko'rgani uzoq va yaqin qarindoshlar va qo'shnilar chiqishadi kelin tazim qilib ularga salom beradi va har bir kelgan mexmonga sovg'alar beradi nikoh to'ydan keyin kelin bilan kuyov 40 kun davomida chilla saqlashadi undan keyin kuuovning hamma qarindoshlari kelinni uyiga chaqirishadi bu marosim ''chaqirdi'' deb nomlanadi kelin kelgandan so'ng uyidan quriq chiqmaslik uchun mezbon sovg'alar bilan kuzatib qoladi.
Bu marosim vaqt o'tishi bilan qisman o'zgarib bordi. Har bir viloyatda o'ziga xosligi bilan farq qiladi surxon vohasining nikoh to'yida bir qancha marosimlar mavjud. Ularning aksaryati hozirga qadar saqlanib amal qilib kelinadi. To'y marosimidan bir kun oldin qizning otasinikida nikoh marosimi o'tkaziladi. Kuyov yaqun jo'rasi va tog'asi bilan bo'lajak kelin xonadoniga boradi. Imom kuyovga er hotinlik burchini tushintirgach qizning yangasi orqali ruhsat olib keyin '' xutbai nikoh''(nikoh haqidagi duoni o'qigan). Qadimgi udumga ko'ra to'y marosimi kuyovning uyida o'tkazilgan. To'y oqshomi kuyov jo'ralari bilan karnay-surnay,childirma,nog'oralar sadolari ostida sho'x o'yin kulgu va zavqli qiyqiriqlar bilan to'yni o'tkazishgan.
H I S O B O T
2022 - yil 14 fevraldan 12 mart kunigacha o'z hududimda amalyot o'tadim. Bu vaqt oralig'ida qishlog'imizda yashovchi yoshi ulug' otaxonlar va onaxonlar bilan suhbat o'tkazib o'z qishlog'im haqida malumot va afsona rivoyat va turli xil marosim haqida malumotlarga ega bo'ldim bundan tashqari shu vaqt oralig'ida turli xil marosimlar va o'z qishlog'imda faoliyat olib boruvchi folklor jamoasidan ko'plab video malumotlar to'pladim.
Do'stlaringiz bilan baham: |