Tirik hujayralarning uchli naylarga yoki traxeidlarga aylanishi juda
tez, bir necha soat davomida sodir bо‘ladi.
Buning asosiy sababi
shundan iboratki, hujayra pо‘stini tashkil etishda qatnashadigan
retikulum (diktiosoma, mikronaychalar) faol ishtirok etadi. Shundan
sо‘ng protoplast nobud bо‘ladi va uning xususiyati ham о‘zgaradi.
Yon devorlarning qalinlashishi va kо‘ndalang devorlarning erishidan
keyin protoplast ichida kuchli ravishda vakuolalar paydo bо‘ladi va
yiriklashadi. Natijada nay yoki traxeid ichidagi bо‘shliq suyuqlik bilan
tо‘ladi. Naylar singari, traxeidlardan, oddiy poralarga ega bо‘lgan va
kuchli ravishda liglinlashgan yog‘och tolalar rivojlanadi. Ammo ular
takomillashish jarayonida о‘tkazuvchanlik xususiyatini yо‘qotib,
kо‘proq mustahkamlik berish vazifasini bajarishga moslashgandir.
Yog‘och tarkibida tolalar bо‘lganligi sababli bu tо‘qimalar
ancha
mustahkam bо‘ladi.
Evolyutsiya jarayonida ksilema elementlari eng qadimgi
qurug‘ushkda о‘sishga moslashgan yuksak о‘simliklardan riniyada
yuzaga kelgan. Ularda ksilema elementlari halqali va spiral
traxeidlardan iborat bо‘lgan.
Traxeidlar yuksak sporofit
(qirqbо‘g‘imlar, plaunlar, qirqkuloqlar va ochiqurug‘li) о‘simliklarda
uchraydi va yagona о‘tkazuvchi elementlardan hisoblanadi.
Evolyutsiya jarayonida yopiqurug‘li о‘simliklarda traxeidlardan
tashqari, teshikli libriform tolalaridan о‘tkazuvchi naylar paydo
bо‘lgan. Yopiq urug‘li о‘simliklarda naylarning hosil bо‘lishi
evolyutsiyaning progressiv (lot. progress – oldinga intilish) yо‘lidir.
Bu yо‘l kuruqlik sharoitida о‘sishga moslashgan о‘simliklarda suv
harakatini tezlashtirgan. Bu jarayon fiziologik ahamiyatga ega.
Floema
(yunon. floyos – pо‘stloq)ning asosiy tarkibiy qismi naylar,
lub (yо‘ldosh hujayralar, lub parenximalari va lub tolalari) dan iborat
bо‘lib, organik moddalarni о‘tkazish uchun xizmat qiladi. Shulardan
eng muhimi elaksimon naylar va yо‘ldosh hujayralardir. Floema
birlamchi (boshlangich) va ikkilamchi bо‘lishi mumkin. Boshlang‘ich
yoki birlamchi floema о‘simlik organlarining о‘sishi davrida juda tez
chо‘ziladi va tez buziladi. Ikkilamchi
floema yoki lub kambiydan
vujudga keladi. Elaksimon naylarning devorlarida juda mayda
teshikchalar (tо‘rlar) bо‘ladi. “Tо‘r” sо‘zi naylarda uchraydigan
teshikchalar tо‘plamini bildiradi. Bu teshikchalar poralar deb ataladi.
Elaksimon naylarda poralar juda ham tor, hamma tо‘rsimon naylarda
bir xil shaklda bо‘ladi.
86
Poralar yonma-yon joylashgan hujayralarning perforasiyalanishi
natijasida hosil bо‘ladi va ularni tashib о‘tadi. Shu poralar orqali yon
hujayralarning tirik moddasi va assimilyasiya
mahsuloti harakat etib
turadi. Perforasiya bir necha hujayralar guruhidan tashkil topgan
bо‘lib, elaksimon pardalar shaklida joylashadi (40-rasm).
Yuksak sporali sodda tuzilgan, ochiqurug‘li о‘simliklarda tо‘rsimon
pardalar yon devorlarda tarqoq va qiyalangan holda joylashadi.
Yopiqurug‘li о‘simliklarda perforasiya ancha rivojlangan bо‘lib,
pardalar tо‘rsimon naylarning oxirida joylashadi va plastinka (orqa
tо‘siq) hosil qiladi. Tо‘rsimon plastinkada bitta parda bо‘lsa oddiy,
agar bir necha parda bо‘lsa murakkab plastinka deb ataladi. Odatda,
elaksimon naylar va elaksimon hujayralar bо‘ladi. Elaksimon
hujayralar yuksak sporali va ochiqurug‘li о‘simliklarga xos sodda
tuzilgan. Bu hujayralar uzun va о‘tkir uchli, elaksimon pardasi tarqoq
bо‘lib, yon devorlarda joylashadigan bо‘ladi. Bundan tashqari, ularda
yо‘ldosh hujayralar bо‘lmaydi, takomillashganlarida
yadro hosil
bо‘ladi, bu belgilar ularni sodda tuzilganligini bildiradi. Elaksimon
elementlarning ikkinchi turi, uzunasiga ketgan hujayralar (bо‘g‘imlar)
qatoridan iborat bо‘lib, plastinkalari bir-biri bilan tutashib elaksimon
naylarni hosil qiladi. Naylarning uzunligi 150–300 mkm, eni 20–30
mkm. Elaksimon naylar, elaksimon hujayralardan yuzaga keladi.
Naylar floema bog‘lamlarining uzunligi bо‘ylab joylashadi (40-rasm).
Ontogenezida elaksimon naylar va ularning elementlari meristema
hujayralaridan tashkil topadi. Bunda meristema hujayralari uzunasiga
tо‘siq bilan ikkiga bо‘linadi, hosil bо‘lgan ikkita qiz hujayralar bir-biri
bilan har tomonlama plazmodesma bilan bog‘lanadi. Iirikroq
hujayradan
elaksimon naycha, kichigidan yо‘ldosh hujayra paydo
bо‘ladi. Ayrim hollarda ona hujayra bо‘yiga ikki yoki uchga bо‘linadi.
Natijada elaksimon nayma yonida ikkita yoki uchta yо‘ldosh hujayra
vujudga keladi. Hosil bо‘lgan elementlar о‘sib chо‘ziladi, qobig‘i
biroz qalinlashadi, hujayraning oxiridagi plazmodesmalari о‘rniga
perforasiyalangan plastinka hosil bо‘ladi.
Plastinka poralari atrofida kimyoviy tarkibi jihatidan sellyulozaga
yaqin bо‘lgan polisaxarid – kalloza tо‘planadi
va poralarning
torayishiga sabab bо‘ladi. Elaksimon naylar о‘z faoliyatini
tugatgandan keyin kalloza poralarni berkitadi. Yosh elaksimon nay
elementlarining tarkibida bir nechta vakuola bо‘ladi. Ularning har
qaysisi tonoplast bilan о‘ralib, sitoplazmadan ajraladi.
87